РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

05
Noyab 2018
758 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi “Professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi”ning quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

I. BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


•  Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
•  Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga 
ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi);
• Ingliz, rus va o’zbek tillarini mukammal bilishi;
• Kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi.

Vazifalari:

1. Bo’lim ish faoliyatini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni sifatli bajarilishini ta’minlash;
2. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini belgilangan tartibda tashqi nazoratdan o’tkazishni tashkil etish;
3. Dasturiy mahsulotlar vositasida auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tahlil qilib borish va doimiy monitoringni tashkillashtirish;
4. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlash;
5. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vochitalariga intervyular berish; 
6. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
7. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
8. Audit sahosidagi xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish va ma’ruzalar qilish;
9. Bo’lim xodimlarining malakasini oshirishini ta’minlash, ularning faoliyatini samarali tashkil etish;
10. Lavozimga mos boshqa talablar.

II. BO’LIM BOSH MUTAXASSISI - 1 NAFAR 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• Ingliz va o’zbek tillarini bilishi;
• Kompyuterda bemalol ishlay olishi, shu jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi.
•  O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
•  Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
• Muomala va muzokara madaniyatiga, hamda jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi).

Vazifalari: 

1. O’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni sifatli bajarilishini ta’minlash;
2. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini belgilangan tartibda tashqi nazoratdan o’tkazishda ishtirok etish;
3. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlashda qatnashish;
4. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tahlil qilib borish;
5. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tekshirishda aniqlanayotgan tizimli va xarakterli qoidabuzarliklarni tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;
6. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini oshirish maqsadida profilaktika ishlarini samarali tashkil qilish bo’yicha takliflar kiritib borish;
7. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
8. Audit sahosidagi professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita ishtirok etish;
9. Audit sahosidagi xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish.;
10. Lavozimga mos boshqa talablar.

III. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

• Xodimlarning oylik maoshi nomzodning malaka va ish tajribasiga asosan belgilanadi; 
• Audit sahosida xalqaro amaliyotni o’rganish va xalqaro professional tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha tajribani o’zlashtirish; 
• Dunyoning rivojlangan davlatlarida malaka oshirish 
• Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.

IV. NOMZODLARNI TANLASH:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1 - Bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida bayon yozib joriy yilning 14 noyabriga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir. 

16 noyabrga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.

2 - Bosqich: Joriy yilning 17 noyabr kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 
    
3 - Bosqich: Joriy yilning 19 noyabr kuni ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beradi.
    
Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.

Bog’lanish uchun +998 (71) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 596 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!