РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATNING VAKANT LAVOZIMLARIGA TAKROR TANLOV E’LON QILADI

24
May 2019
654 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATNING VAKANT LAVOZIMLARIGA TAKROR TANLOV E’LON QILADI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti tarkibidagi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

1. BO’LIM BOSHLIG’I

Talablar:
1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi (staj)ga ega bo’lish.
2. Moliya, statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:
1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonini tegishliligi bo’yicha mufoviqlashtirish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Xodimlar malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borishni ta’minlash.
5. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

2. BOSH MUTAXASSIS 

Talablar:
1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:
1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlash.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonida tegishliligi bo’yicha ishtirok etish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarish.

3. ETAKCHI MUTAXASSIS 

Talablar:
1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:
1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlash.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonida tegishliligi bo’yicha ishtirok etish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarish.

4. BOSH YURIST-KONSULTANT 

Talablar:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq bo’yicha etarli darajada bilimga ega bo’lish.
2. Davlat va xo’jalik yurituvchi organlarida, shuningdek, qo’shma korxonalarda va korxonalarda yuridik xizmat sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
    
Vazifalar:
1. Boshqarmaga taqdim etilgan loyiha va buyruqlar, normativ-huquqiy va boshqa turdagi xujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;
2. Boshqarmada shartnoma tuzish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni yuritish: shartnoma loyihalarini ishlab chiqish, kontragentlar tomonidan taqdim etiladigan shartnomalarning qonun xujjatlariga muvofiqligini tekshirish, ayrim turdagi shartnomalar bo’yicha yuridik xulosalar tayyorlash va ularni davlat ro’yxatidan o’tkazilishini tashkillashtirish;
3. Davlat mulkini muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha huquqiy va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda (moddiy javobgarlik bo’yicha shartnomalar; davlatga moddiy boyliklarning kelib tushishi, qabul qilinishi va ularning hisobini yuritish bo’yicha yo’riqnomalar, loyihalarni ishlab chiqish va hisobini yuritish qoidalarini o’rnatuvchi yo’riqnomalar tuzish) ishtirok etish.
4. Boshqarma hodimlariga turli huquqiy masalalarda yozma va og’zaki maslahatlar berish, huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish va boshqa huquqiy vazifalarni bajarish.
5. Yuqoridagi masalalar bo’yicha Moliya vazirligining Huquqiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda ish olib borish.

BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR:
 

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, huquq, xalqaro huquq, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi).
2. Ingliz, rus va o’zbek tillarini mukammal bilish (ingliz tilida IELTS sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar).
3. Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini bilishi.
4. Vatanparvarlik, sodiqlik.
5. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash.
6. Og’ir mehnatdan qochmaslik va belgilangan muddatda vazifani bajara olish.
7. Muomala madaniyati.
8. Jamoada ishlash qobiliyati.

XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

1. Xodimlarning oylik maoshi nomzodning malaka va ish tajribasiga asosan belgilanadi.
2. Evrobondlar chiqarish va xorijiy banklar va moliya tashkilotlari bilan ishlash bo’yicha noyob tajribani o’zlashtirish.
3. Dunyoning turli ilg’or davlatlarida malaka oshirish.
4. Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.
 

NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’i hamda 2019 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatiga xodimlarni tanlov asosida yollash komissiyalarini tasdiqlash to’g’risida”gi № 53-son buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan komissiya va ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
    
1 - Bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida bayon yozib joriy yilning
31 mayiga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir.

5 iyunga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida xabar beriladi.

2 - Bosqich: ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 

3 - Bosqich: komissiya uchinchi bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi.

 

NOMZODLAR ANKETALARNI YUBORISHDA O’Z INSHOLARIDA
ALBATTA QAYSI BOSHQARMA VA BO’LIMDA HAMDA LAVOZIMDA ISHLASH ISTAKLARINI ANIQ KO’RSATIB O’TISHLARI LOZIM

AKS HOLDA ANKETALAR KO’RIB CHIQILMAYDI !!!

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.

Bog’lanish uchun: +998 (71) 239-17-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 24 May 2019 17:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 328 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd