РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

LOGOTIP YARATISH UCHUN TANLOV E’LON QILINMOQDA!

25
Iyun 2018
666 marta ko'rildi

LOGOTIP YARATISH UCHUN TANLOV E’LON QILINMOQDA!

0.2MB / 0.01MB / 0.05MB /

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zamonaviy, original, osonlik bilan tan olinadigan logotipini yaratish uchun professional grafik dizaynerlar, rassomlar hamda rassomlik mahoratga ega bo'lgan kreativ shaxslar uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Logotipning mafkuraviy va g'oyaviy tarkibi vazirlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga, shuningdek qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo’lishi lozim.

Ishtirokchi boshqa birovlarning mualliflik va turdosh huquqlarini tanlov ishlarida buzgan taqdirda, barcha huquqbuzarlikka shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlov ishi o’zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi lozim.

Grafik qism tasvirdan iborat, osonlik bilan o’qiladigan, “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” yozuvli original  logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo’lib, u taqdim etilgan vazirlik logotipi konsepsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.

Barcha materiallar Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi:

I bosqich: 2018 yil 25 iyundan 5 iyulgacha - tanlov ishlari ko’rib chiqiladi;

II bosqich: 2018 yil 6 iyuldan 11 iyulgacha - ishlarni baholash.

Tanlov g'olibi eng kam ish haqining 25 barovar miqdorida mukofotlanadi.

Tanlov tashkilotchisi - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot xizmati.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 13 Avgust 2018 11:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1470 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!