РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Investitsiyalar boshqarmasi

166 marta ko'rildi

INVESTITSIYALAR BOSHQARMASI

 

Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish bo’limi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilgi infratuzilma va investitsiyaviy loyihalar ro’yxatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan investitsion loyihalar tasdiqlangan.

Mazkur qarorga asosan Davlat byudjetining markazlashgan kapital qo’yilmalari hisobidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan ijtimoiy soha, suv xo’jaligi, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlariga 3 048,0 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan. Jumladan:

Suv xo’jaligi tizimidagi 211 ta ob’ektga, shu jumladan magistral kanallarni, suv omborlarini va irrigatsiya tizimlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlariga 537,9 mlrd.so’m;

respublikamizdagi temir yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda vagonlarni modernizatsiya qilish ishlariga 428,4 mlrd.so’m;

hududiy ahamiyatdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish uchun 572,8 mlrd.so’m miqdoridagi kapital qo’yilmalar ajratilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga asosan, ijtimoiy soha, suv xo’jaligi, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ishlariga Respublika byudjetidan qo’shimcha 92,4 mlrd.so’m mablag’ yo’naltirilishi belgilandi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida quyidagi yirik ob’ektlar foydalanishga topshirildi:

Chilonzor Cho’pon ota va Bunyodkor ko’chalari kesishmasida yo’l o’tkazgich qurildi;

42 km uzunlikdagi irrigatsiya lotok tarmoqlari, 180 km uzunlikdagi kanallar va 30 dan ortiq gidrotexnik inshootlar foydalanishga topshirilib, 95,8 ming gektardan ortiq sug’oriladigan ekin maydonlari kafolatlangan suv resurlari bilan ta’minlandi;

Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari uchun 400 ga yaqin xizmat uy-joylari qurilib, foydalanishga topshirildi;

12 dona metro vagonlari modernizatsiya qilindi.

Kapital qurilish dasturlari ekspertizasi sektori

 

2018 - 2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevral kuni PQ-3502-son qaror qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq 2018 yilda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida Davlat byudjeti mablag’lari xisobidan respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig’inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig’inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish uchun 33,4 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi bo’yicha manziliy ro’yxatlar tasdiqlandi.

Shu bilan birga ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishni uchun har yili Davlat byudjeti va O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi loyihalarini shakllantirishda mablag’lar ko’zda tutiladi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini boshqarish bo’limi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi 1-sonli, 2018 yil 23 apreldagi 37-sonli yig’ilish bayonlariga asosan Jamg’armaning 2018 yil uchun daromadlari istiqbolli ko’rsatkichi 323,5 mlrd.so’m (bunda, Jamg’arma yil yakuniga mablag’ qoldig’i 66,5 mlrd.so’m qolishi ko’zda tutilgan), xarajatlari prognozi esa 256,8 mlrd.so’m miqdorida belgilangan.

Haqiqatda 2018 yilning 1 iyul holatiga Jamg’arma hisob raqamiga jami 203,3 mlrd.so’m mablag’ tushgan bo’lib, ushbu mablag’ning 188,3 mlrd. so’mi - O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasiga o’tkaziladigan mablag’larning o’n foizi hisobidan, 15,0 mlrd. so’mi esa avtomobillarga gaz to’ldiradigan kompressor stantsiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining o’n foizi hisobidan kelib tushgan.

2018 yilda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturiga binoan tasdiqlangan manzilli ro’yxatga asosan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan jami 391 ta (shu jumladan 21 ta o’tuvchi ob’ekt) ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirash va obodonlashtirish ishlari ko’zda tutilib, ushbu maqsadlarga 256,8 mlrd.so’m mablag’ xarajat qilinishi rejalashtirilgan (Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 235 ta ob’ektlar uchun 154,2 mlrd.so’m va Xorazm viloyati bo’yicha 156 ta ob’ektlar uchun 102,6 mlrd.so’m).

Jamg’arma mablag’lari hisobidan 2018 yilning 1 iyul holatiga o’tuvchi ob’ektlarga moliyalashtirilgan mablag’lar bilan birgalikda jami 110,5 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirib berildi.

 

0.2MB /

 

 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 08 Oktyabr 2018 10:38

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 940 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd