РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi

11110 marta ko'rildi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamg'armasi

Investitsiyalar boshqarmasi boshlig’i – Boboev Adiz Muzafarovich

Aloqa uchun ma’lumotlar: xizmat tel.: 239-15-36, mob. 99 890-922-05-09

 El.pochta: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Investitsiyalar boshqarmasi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini boshqarish bo’limi boshlig’i – Suvonkulov Axmad Xudoyshukurovich

Aloqa uchun ma’lumolar: xizmat tel.: 239-12-57, mob. 99 898-115-39-67

El.pochta: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi 3-sonli yig’ilish bayoni bilan 2018 yil Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi hamda Jamg’arma daromadlari va xarajatlari istiqbolli ko’rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilga investitsiya va infrastruktura loyihalari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qarori bilan ham tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Komissiyaning 2017 yil 30 dekabrdagi 3-sonli yig’ilish bayoniga asosan 2018 yil uchun Jamg’arma daromadlarining istiqbolli ko’rsatkichi 319,1 mlrd.so’m, 2018 yil xarajatlari prognozi esa 234,7 mlrd. so’m miqdorida belgilandi.

Komissiyaning 2018 yil 30 apreldagi 37-sonli yig’ilish bayoni bilan 2017 yil yakunlari asosida Jamg’arma daromadlari va xarajatlariga aniqlik kiritildi, shunga asosan Jamg’armaning daromadlari 323,5 mlrd.so’m, xarajatlari prognozi esa 256,8 mlrd.so’mni tashkil etishi belgilandi.

Bunda, 2017 yil daromadlari va xarajatlarining ijrosi bo’yicha yil yakuniga, ya’ni 2018 yilning 1 yanvar holatiga Jamg’armaning o’tuvchi qoldiq mablag’ miqdori 66,5 mlrd.so’mni tashkil etdi.

2018 yilning 1 iyul holatiga Jamg’arma hisob raqamiga jami 203,3 mlrd. so’m mablag’ kelib tushdi, ushbu mablag’ning 188,3 mlrd. so’mi - O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasiga o’tkaziladigan mablag’larning o’n foizi hisobidan, 15,0 mlrd. so’mi esa avtomobillarga gaz to’ldiradigan kompressor stantsiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining o’n foizi hisobidan kelib tushgan.

2018 yilda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturiga binoan tasdiqlangan manzilli ro’yxatga asosan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 370 ta ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya, kapital ta’mirash va obodonlashtirish ishlari ko’zda tutilib, ushbu maqsadlarga 234,7 mlrd.so’m mablag’ xarajat qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu xarajatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 223 ta ob’ektlar uchun (qiymati 149,3 mlrd.so’m) va Xorazm viloyati bo’yicha 146 ta ob’ektlar uchun (qiymati 85,4 mlrd.so’m miqdorida) yo’naltirilgan.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 240-F-sonli farmoyishiga asosan Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Xorazm viloyati Urganch shahrida barpo etilayotgan “Rasmiy mehmonlar qabullar uyi” ob’ekti bo’yicha 9,9 mlrd.so’m mablag’ ajratilishi belgilab berildi.

Komissiyaning 2018 yil 30 apreldagi 37-son yig’ilish bayoniga
(2018 yil 30 apreldagi 05-05G’1-340-sonli topshiriq) asosan 2017 yilda qurilish-montaj ishlari yakuniga etkazilmagan jami 21 ta, jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 11 ta, Xorazm viloyati bo’yicha 11 ta ob’ektlarni 2017 yildan 2018 yilga o’tkazish uchun ruxsat berildi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining 2018 yilda yangidan kiritilgan ob’ektlar, shuningdek, 2017 yildan 2018 yilga o’tuvchi ob’ektlar uchun mablag’lar o’rnatilgan tartibda moliyalashtirib berildi. Jumladan, 2018 yilning 1 iyul holatiga Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan jami 110,5 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirildi. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi ob’ektlari uchun 68,4 mlrd.so’m, Xorazm viloyati ob’ektlari uchun 42,1 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirildi.

Jadval ilova etilmoqda.

0.35MB /

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasining 2018 yil daromadlar va xarajatlar rejasi

0.3MB /

Moliya vazirligi huzuridagi Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 19 Iyul 2018 14:28

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 529 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd