РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

19
Iyul 2019
1193 marta ko'rildi

JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

Concrete

19 iyul kuni Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov, rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha Vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi.

2017 yildan boshlab, Jahon banki iqtisodiy o'sish va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar dasturini amalga oshirish uchun moliyaviy va texnik yordamni sezilarli darajada oshirdi.

Bugungi kunda Jahon bankining O'zbekistondagi portfeli Evropa va Markaziy Osiyodagi uchta yirik kompaniyalardan biri sanaladi. U O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan 22 ta loyihadan iborat bo'lib, umumiy qiymati 4,08 milliard AQSh dollarni tashkil etadi. Mazkur loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq va suv xo'jaligi, energetika va transport sohalarini, sog'liqni saqlash tizimini, ta'lim va ijtimoiy muhofazani, shahar infratuzilmasini, suv ta'minoti va sanitariya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Concrete

Jahon banki mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlaydi, deb ta’kidladi Siril Muller. U Jahon bankining islohot dasturiga moliyaviy va konsultativ yordamini ko'rsatishni davom ettirish maqsadini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuv davomida, Jahon bankining O'zbekiston bilan iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorligini kengaytirish bo'yicha fikr almashildi.

Concrete

Tomonlar 656,85 million AQSh dollari miqdorida kredit va grant kelishuvlarini imzoladilar. Ushbu mablag'lar Jahon bankining Direktorlar Kengashi tomonidan joriy yilning may-iyul oylarida tasdiqlangan edi. Belgilangan mablag'lar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, maktabgacha ta'lim va ijtimoiy ta'minot tizimlarini rivojlantirishga, shuningdek, bozor iqtisodiyotining samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan davlat institutlarining salohiyatini oshirishga yo'naltiriladi.

* Fotomateriallar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 512 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd