РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

SHAVKAT MIRZIYOYEV BELARUSNING YETAKCHI INNOVATSION KOMPANIYALARINI OʻZBEKISTONGA TAKLIF QILDI

02
Avg 2019
4829 marta ko'rildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV BELARUSNING YETAKCHI INNOVATSION KOMPANIYALARINI OʻZBEKISTONGA TAKLIF QILDI

Concrete

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida “Belarus” yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Concrete

Ushbu park 2005-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014-yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yoʻnalishlari kengaytirilgan.

Concrete

Concrete

Bugungi kunda “Belarus” YUTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yoʻnalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi.

Prezidentimizga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida maʼlumot berildi.

Davlatimiz rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining Oʻzbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish boʻyicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Concrete

Concrete

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.Concrete

Concrete

Ma'lumot manbai: uza.uz

Oxirgi o'zgartirish Juma, 02 Avgust 2019 10:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 354 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd