РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

SHAVKAT MIRZIYOYEV “MASDAR CITY” TEXNOPARKI BILAN TANISHDI

28
Mart 2019
1390 marta ko'rildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV “MASDAR CITY” TEXNOPARKI BILAN TANISHDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparkiga tashrif buyurdi.

“Masdar City” zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yutuqlari asosida bunyod etilgan innovatsion shaharchadir. 600 gektarni egallagan texnopark ekologik toza hudud hisoblanib, bu yerda faqatgina muqobil energiya – quyosh batareyalari va fotoelektr qurilmalaridan foydalaniladi. Hududga avtomobillar kirishi taqiqlangan. Manzillarga haydovchisiz boshqariladigan elektr transportlarida boriladi.

Tashrif chogʻida texnoparkning oʻziga xos jihatlari haqida soʻzlab berildi. Aytib oʻtilganidek, bu yerda innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan turli sohalarda foydalanish uchun zarur ilmiy-ijodiy muhit yaratilgan. Koʻchalarda moʻtadil iqlimni taʼminlab turadigan ventilyatorlar, favvora va havzalar barpo qilingan.

Shavkat Mirziyoyev quyosh panellari ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Bunday maskanlar fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalangan holda insoniyatning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, mamlakatlar oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Xalifa universitetida mazkur sohada ilmiy izlanish olib borayotgan oʻzbekistonlik talaba qiz bilan suhbatlashdi. Bu yerda olgan bilim va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etib, yurtimizda muqobil energetikani rivojlantirishga hissa qoʻshish muhimligini taʼkidladi.

Ma'lumot manbai: president.uz

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Mart 2019 10:19

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 410 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd