Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi. Shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi bilan Oʻzbekiston – Hindiston hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazadi.
Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan Gandinagar shahrida 2003 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan “Joʻshqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro tashkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakchi tahlilchilar, ekspertlar qatnashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Joʻshqin Gujarat – 2019” xalqaro investitsiya sammitida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan asosiy mehmon sifatida ishtirok etadi.
Anʼanaga koʻra, global iqtisodiyotni rivojlantirish, savdo sohasidagi sheriklikni kengaytirish, investitsiyalar jalb qilish, ilgʻor texnologiyalar va bilimlar almashishga doir dolzarb masalalar forum ishtirokchilari diqqat markazida boʻladi.
Ma'lumot manbai: uza.uz