РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

19
Apr 2018
852 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Suhbatda 2017-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy tashrif hamda uning yakunida erishilgan muhim kelishuvlar O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘zaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani alohida qayd etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Janubiy Koreya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. “Posko-DEU”, “DjiES”, “Evergrin”, “Yanguan” va boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan birgalikda qiymati 5 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda yangi formatda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha birinchi qo‘shma hukumatlararo uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, shahar boshqaruvi, energetika, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi, ilmiy yutuqlari va texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan qo‘shma dasturlar faol amalgaoshirilmoqda.

Koreya Respublikasining yetakchi mutaxassislari mamlakatimiz vazirliklari, idora va hokimliklari tomonidan maslahatchi sifatida jalb etilmoqda. Gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida almashinuvlar kengaymoqda.

Uchrashuvda davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Prezidentimiz rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi va yangi istiqbolli kelishuvlarga erishishni ta’minlashiga ishonch bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Janubiy Koreya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashini, ushbu anjuman, shubhasiz, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishini ta’kidladi.

Vazir O‘zbekiston Prezidentiga Janubiy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, bu sayyohlar oqimini salmoqli darajada oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Uchrashuv so‘nggida Kan Gyon Xva Janubiy Koreya ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:19

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1264 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!