РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIY RIVOJLANISH VAZIRINI QABUL QILDI

11
Mart 2019
1100 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIY RIVOJLANISH VAZIRINI QABUL QILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, koʻp qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi aloqalar va davlat rahbarlari oʻrtasidagi ishonchga asoslangan muloqot, mamlakatlarimiz idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi sheriklik va almashinuvlar jadallashgani savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi samarali hamkorlikni misli koʻrilmagan darajada faollashtirishga xizmat qildi.

Oʻtgan yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitgani alohida taʼkidlandi.

2018-yil yakunlariga koʻra oʻzaro savdo hajmi 20 foizga oshib, qariyb 6 milliard dollarga yetdi. Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida, jumladan, energetika, neft-gaz, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat va koʻplab boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Oʻzaro muloqotning yangi koʻp darajali formati, yaʼni ikki davlat Bosh vazirlari darajasidagi Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning tashkil etilishi, hech shubhasiz, koʻp qirrali sheriklikni kengaytirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar samaradorligini oshirish va ularni oʻz vaqtida roʻyobga chiqarishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari qatorida mamlakatimiz hududlarida Rossiya kompaniyalari ishtirokida agroklasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, Oʻzbekiston meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarini Rossiya bozoriga yirik hajmda ulgurji yetkazib berish boʻyicha yangi tizimni joriy etish, hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida oʻzaro almashinuvlarni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish qayd etildi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Hukumat Raisi Dmitriy Medvedevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Maksim Oreshkin Oʻzbekistonda mamlakatning barqaror taraqqiyotini taʼminlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investorlarni va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni yuksak baholadi.

Rossiya oʻzaro savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, turli sohalarda istiqbolli qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bundan buyon ham zarur choralar koʻrishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Ma'lumot manbai: president.uz

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 11 Mart 2019 10:45

1 izoh qoldirish uchun

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 311 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!