РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

11
Dek 2018
1593 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSH Prezidenti yordamchisining oʻrinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari AQSH delegatsiyasini samimiy qutlar ekan, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani va izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida AQSHga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani taʼkidlandi. Turli darajadagi aloqalar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashuvlar jadallashmoqda. Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi har tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan anʼanaviy yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratayotgani, ushbu mamlakatda tez fursatda tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishi, izchil taraqqiyotni taʼminlash tarafdori ekanini qayd etdi. Oʻzbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan infratuzilmaga oid qator ahamiyatli loyihalar bu jarayonga muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. Mozori Sharif – Hirot temir yoʻli va Surxon – Puli Humri elektr uzatish liniyasining qurilishi shular jumlasidan. Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo hajmi va tranzit yuk oqimini oshirishga xizmat qiladigan bojxona terminalini oʻz ichiga olgan “Termiz-Kargo-markaz” xalqaro logistika markazi tashkil etildi. Bundan tashqari, Termiz shahrida afgʻon yoshlari taʼlim olayotgan va kasb-hunar egallayotgan Taʼlim markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda Afgʻonistonda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashda afgʻon xalqining bosh va hal qiluvchi rolini nazarda tutgan butun xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini yanada uzviy muvofiqlashtirish, ushbu mamlakatga iqtisodiy koʻmak loyihalarini ilgari surishda amaliy yordam koʻrsatish zarurligi qayd etildi.

Concrete

Zalmay Xalilzod va Liza Kyortis samimiy qabul uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni mamlakatlar, jumladan, Afgʻonistonga nisbatan tashqi siyosatiga yuksak baho berildi. Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya yakunlari afgʻon masalasini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha koʻp jihatdan xalqaro choralar yoʻnalishlarini belgilab bergani va bu boradagi qoʻshma harakatlar uchun asos boʻlgani taʼkidlandi. Tomonlar Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash maqsadida Afgʻonistondagi vaziyatni hal etish masalalarida oʻzarohamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdilar.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 440 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd