РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

04
May 2018
999 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

ConcreteO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27-aprel kuni Pxanmunjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli o‘tgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Ushbu tarixiy tadbir Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning KXDR bilan munosabatlarni yaxshilash, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, ishonch muhitini mustahkamlashga qaratilgan “Yangi shimoliy siyosat”ni ro‘yobga chiqarish borasidagi qat’iy pozitsiyasi va sa’y-harakatlari tufayli samarali natijalar berayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

2017-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuksak darajaga olib chiqib, sifat jihatidan yangi mazmun, turli sohalarga doir aniq loyihalar va dasturlar bilan boyitdi.

Suhbatda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Son Yon Gil davlatimiz rahbariga samimiy qabul va tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Koreya Respublikasi bepoyon mintaqaning tinchligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli va ko‘p formatli sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 May 2018 09:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 758 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!