РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH KONGRESSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

20
Noyab 2018
1034 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH KONGRESSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari tarkibida AQSH Vakillar palatasi aʼzolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojer Marshall va Jennifer Gonsales Kolon ham boʻlgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQSH parlamentiga oraliq saylovning muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi. 

Keyingi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston – AQSH hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil may oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani taʼkidlandi. 

Turli yoʻnalishlar boʻyicha ikki tomonlama aloqalar faollashdi, konstruktiv siyosiy muloqot yoʻlga qoʻyildi, parlamentlararo almashuvlar, shuningdek, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda. 

Savdo-iqtisodiy sohada birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan oʻzaro savdo hajmini oshirish, Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yetakchi AQSH kompaniyalarining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish borasida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Joriy yil boshidan buyon oʻtgan davrning oʻzida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ortdi, mamlakatimizda AQSH kapitali ishtirokida 25 dan ziyod yangi korxona tashkil etildi. 
Oktyabr oyida mamlakatimizda AQSH savdo vaziri Uilbur Ross boshchiligidagi nufuzli delegatsiya ishtirokida birinchi marta Amerika biznesi haftaligining ishbilarmonlik tadbirlari oʻtkazildi. 

Davlatimiz rahbari AQSH Vakillar palatasida kongressmenlar T.Kelli va V.Gonsales rahbarligida “Oʻzbekiston boʻyicha kokus” tashkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu mexanizm har tomonlama munosabatlarni kengaytirish va aniq iqtisodiy loyihalarni ilgari surishda samarali omil boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bu boradagi qoʻshma loyihalarni, avvalo, hududlararo darajada qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. 

Kongressmenlar davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan hamda barcha soha va yoʻnalishlarni qamrab olgan islohot va yangilanishlarga yuksak baho berdi. 

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishga faolkoʻmaklashishga tayyorlik taʼkidlandi. 

Ma'lumot manbai: uza.uz

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 320 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd