РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

ENERGETIKA VA KIMYO SOHALARIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI IJROSINI JADALLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

18
Iyun 2019
759 marta ko'rildi

ENERGETIKA VA KIMYO SOHALARIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI IJROSINI JADALLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalari ijrosini yanada jadallashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Ushbu sohalar sanoat va tadbirkorlik rivoji, aholi turmush darajasiga asos boʻlishi bilan juda muhimdir. Shu bois mazkur tarmoqlarda koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda 2 milliard 730 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish hisobiga neft-gaz sohasida 16 ta, 850 million dollar evaziga kimyo tarmogʻida 17 ta, 1 milliard dollardan ziyod mablagʻ vositasida elektr energetikasi boʻyicha 28 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Yigʻilishda ushbu loyihalar muhokama qilinib, ularning ijrosi boʻyicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Davlatimiz rahbari energiya resurslari ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va yetkazib beruvchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, uglevodorodlar qazib olish hajmini koʻpaytirish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini taʼkidladi. Toʻraqoʻrgʻon, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida olib borilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlarini tezroq yakunlab, bu yil foydalanishga topshirish, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada keng joriy etish kerakligi qayd etildi. “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol, Jizzax plastmassa zavodida toʻqimachilik sohasi uchun kimyoviy qoʻshimchalar ishlab chiqarish loyihalarini foydalanishga topshirish, Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi ijrosini jadallashtirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi. – Iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshiruvchi ushbu tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish kerak. Bu boshqa turdosh va yondosh sohalar rivojini ham taʼminlab, koʻplab ish joylari yaratadi, – dedi Prezident. Yigʻilishda neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalarida yil yakunida kutilayotgan natijalar hamda kelgusi yilga moʻljallangan rejalar koʻrib chiqildi.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 258 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd