РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON – SHHT: XALQARO MIQYOSDAGI TASHABBUSLAR ROʻYOBI

13
Iyun 2019
174 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON – SHHT: XALQARO MIQYOSDAGI TASHABBUSLAR ROʻYOBI

Concrete

Xitoyda 2001-yil 15-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti deklaratsiyasi qabul qilindi va dunyo siyosiy tarixida yangi mintaqaviy tuzilmaga asos solindi.

Oʻzbekiston tashkilot aʼzosi va asoschilaridan biri sifatida SHHT doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdoridir. Mamlakatimiz bugungi kunda SHHTning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy savdosi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Bugungi kunda tashkilotning salmoqli shartnomaviy-huquqiy bazasi shakllantirilgan, 30 ga yaqin ishchi organi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. SHHT Yevroosiyo mintaqasi umumiy hududining 60 foizini tashkil qiladi. Unga aʼzo davlatlar hududida 3 milliardga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu esa uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari – iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Buni SHHTga aʼzo davlatlar iqtisodiyoti dunyo iqtisodiyotining 20 foizini tashkil qilayotgani ham tasdiqlaydi.

Jahonda nufuzi ortib borayotgan tashkilotning turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, tinchlik, farovon hayotga erishishdek ezgu maqsadlarini roʻyobga chiqarishda qarorgohi Toshkentda joylashgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyati ham muhim oʻrin tutmoqda.

SHHTga har yili aʼzo mamlakatlardan biri raislik qiladi. Oʻzbekistonning tashkilotga raisligi davrida koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvlari mexanizmi yaratildi, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga raislik qilish tartibi va SHHT kuzatuvchilarining tashkilotdagi maqomi belgilandi. Shuningdek, BMT bilan aloqalar oʻrnatildi, tashkilotga yangi aʼzolar qabul qilish qoidalari tasdiqlandi, Hindiston va Pokistonning SHHT aʼzoligi maqomini qabul qilishlaridagi majburiyatlari aks etgan memorandum imzolandi.

Bugun dunyo terrorizm va ekstremizm xavfi bilan yuzlanmoqda. Aksar hollarda yosh avlod vakillarining ushbu tahdidlar girdobida qolayotgani uning xavfini yanada oshirayotir.

Shu maʼnoda Prezidentimiz 2017-yil iyun oyida Nur-Sulton shahrida oʻtgan sammitda yosh avlodni turli terroristik va radikal tuzilmalar faoliyatiga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq qoʻshma chora-tadbirlarni qabul qilish, ularning maʼnaviy-axloqiy barkamol avlod boʻlib voyaga yetishiga alohida eʼtibor berish zarurligini taʼkidladi.

Sof islom maʼrifatini keng yoyish maqsadida Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti koʻmagida tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ishida tashkilotga aʼzo davlatlar diniy idoralarini ishtirok etishga chaqirdi. Buning millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi oʻrni yuqori ekani barcha ishtirokchilar tomonidan eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston SHHTga aʼzo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori. Mamlakatlarning jahon bozoriga qisqa yoʻllar orqali chiqish imkoniyatlarini kengaytirish esa bu kabi maqsadlarni roʻyobga chiqarishda alohida ahamiyatga ega.

SHHT doirasida ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ammo koʻp tomonlama hamkorlik aloqalarida bunday oʻsish surʼati kuzatilmaydi. Ayni shu jihatlar transport-logistika imkoniyatlarini birlashtirishdagi intilishlarning mutanosib emasligida ham yaqqol namoyon boʻladi. Shu bois davlatimiz rahbari sammitda SHHT davlatlari temir yoʻl sohasi rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil qilish zarurligini qayd etdi. 2018-yilning sentyabr oyida esa ushbu formatdagi ilk uchrashuvga Toshkent mezbonlik qildi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yili Nur-Sulton shahrida oʻtgan sammitda Xalq diplomatiyasining muntazam faoliyat olib boruvchi institutlarini tashkil etish taklifini ilgari surganda ana shunday maqsadlarga erishishni koʻzda tutgan edi.

2018-yil 10-iyun kuni Xitoyning Sindao shahrida oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga muvofiq, SHHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoʻshma murojaati qabul qilindi.

Toshkent shahrida SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi taʼsis etilgani, Samarqand shahrida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti tashkil qilingani mamlakatimizning SHHT majlislarida ilgari surgan tashabbuslari natijasidir.

Mamlakatimiz tinchlik, hamkorlik va integratsiya gʻoyalariga asoslanib yuritayotgan faol tashqi siyosatning amaliy natijalari uning jahondagi nufuzi oshib, xalqaro tashkilotlar boshqaruv tizimidagi oʻrni kengayib borayotganida ham oʻz ifodasini topmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov 2019-yil 1-yanvardan SHHT Bosh kotibligiga tasdiqlangani buning yorqin dalillaridan biridir.

Shu kunlarda Bishkekda SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga katta hozirlik koʻrilmoqda. Uchrashuv Oʻzbekistonning xavfsizlikni mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, turizm, qishloq xoʻjaligi hamda mintaqalararo hamkorlik sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarini roʻyobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash imkonini berishiga shubha yoʻq.

Ma'lumot manbai: uza.uz

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 317 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd