РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA

22
May 2018
1075 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi. 

Davlat rahbarlari oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. 

O‘zaro savdo hajmi barqaror sur’atlarda ortib, nomenklaturasi kengayib borayotgani, bu joriy yilning o‘zidayoq o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichini 3 milliard dollarga, yaqin yillarda esa 5 milliard dollarga yetkazish imkonini berishi chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Mamlakatlarimizning iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligida mavjud ulkan salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan hududlararo aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar sanoat, energetika, transport sohalarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Davlat rahbarlari Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatini, shuningdek, Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlarni yuksak baholadilar. 

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Muloqot so‘nggida Prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishda intilishi qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar. 

Ma'lumot manbai: uza.uz

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 22 May 2018 09:49

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 839 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd