Tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ushbu maskan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarining yorqin ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, chegaradosh Xorazm viloyatiga tashrif ham rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi,siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plamiimzolanishi kutilmoqda.
Ma'lumot manbai: uza.uz