РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“HUMO ARENA” OʻZBEKISTON SPORTI TARIXIDA YANGI SAHIFA OCHADI

18
Mart 2019
1817 marta ko'rildi

“HUMO ARENA” OʻZBEKISTON SPORTI TARIXIDA YANGI SAHIFA OCHADI

Concrete

Bugun Toshkent shahrida “Humo Arena” koʻp tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi boʻldi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani ushbu qutlugʻ voqea bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi.

– Yurtimizning barcha hududlarida, hatto olis tumanlarda zamonaviy va ommabop sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar soni oshib bormoqda. Keyingi ikki yilda Oʻzbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod, shu jumladan, 400 dan ortiq oltin medallarni qoʻlga kiritdi,dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda sportning boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, shaxmat va boshqa turlari boʻyicha oʻzbek maktablari butun dunyoga maʼlum va mashhur. Mamlakatimiz nufuzli xalqaro turnirlar, xususan, jahon va mintaqa chempionatlarini qabul qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarini Oʻzbekistonda oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan.

– Vatanimiz sportchilari figurali uchish, xokkey, togʻ changʻisi, fristayl, snoubord kabi eng tomoshabop qishki sport turlarida ham munosib ishtirok etishlariga intilmoqdamiz.

Fristayl boʻyicha qishki Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatlaridagi oltin medallar, figurali uchish boʻyicha Osiyo oʻyinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritilgan yetmishdan ortiq medal bu boradagi yutuqlarimizdir. Biz ushbu shonli sport anʼanalarini davom ettirishni burchimiz deb bilamiz, – deya taʼkidladi Prezidentimiz.

Oʻzbekiston davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayrogʻi baland koʻtarildi.

Ochilish marosimi sportchi va sanʼatkorlar hamkorligida tayyorlangan shou dastur bilan davom etdi. Muz maydoni sathida 3D mepping texnologiyasi asosida Humo qushi, bu yerda oʻtkaziladigan sport turlari tasviri namoyish etildi. Sportchi yoshlar hamda bolalar koʻrgazmali chiqishlar qildi. Oʻzbekistonning yosh sportchilari va mashhur xokkeychilar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yurtimizda qishki sportni rivojlantirish boʻyicha boshlangan ishlar oʻz natijalarini bera boshladi. Oʻtgan yili toʻrtta xokkey klubi tashkil etildi. Joriy yil fevralda xokkey boʻyicha birinchi chempionatga start berildi. Yaqinda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida boʻlib oʻtgan qishki Universiadada mamlakatimiz sportchilari ilk bor ishtirok etdi.

“Humo Arena” zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi Oʻzbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi.

Ushbu inshoot ilgʻor muhandislik va binokorlik yechimlari, texnik jihozlanganlik darajasi bilan betakrordir. Majmuaning 12 ming 500 oʻrindan iborat asosiy maydoni transformatsiya usulida qurilgan boʻlib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, oʻrindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin.

Bu xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling kabi qishki sport turlari bilan birga kurash, boks, mini-futbol, basketbol, voleybol, taekvondo boʻyicha musoqabalar oʻtkazish, shuningdek, konsert, shou, koʻrgazma, konferensiya va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish imkonini beradi.

Arenani loyihalashtirish va qurishda zamonaviy shaharsozlik qoidalari, ekologik xafsizlik va sport inshootlariga doir xalqaro talablarga rioya qilingan, energiya samarador texnologiyalar qoʻllanilgan.

Majmuaning konseptual loyihasi Janubiy Koreyaning “Heerim Architects & Planners” kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning “Oberhofer Stahlbau” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan.

“Humo Arena” yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalarni oʻtkazish, eng muhimi, yoshlarni sportning qishki turlariga ham keng jalb etishda muhim omil boʻladi.

Shuningdek, koʻp tarmoqli sport-koʻngilochar inshooti sifatida barcha aholi qatlamlarining jismoniy va madaniy kamolotiga xizmat qiladi. Kelgusida bunday majmua va markazlarni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham qurish koʻzda tutilgan.

Marosimda Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel, dunyoga mashhur sportchi va sanʼatkorlar ishtirok etdi.

Ma'lumot manbai: president.uz

1 izoh qoldirish uchun

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

test5555

2 - балл -7 пользователь
3 - балл -7 пользователь
4 - балл -10 пользователь
5 - балл -176 пользователь

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 355 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi