РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Chorshanba, 11 Dekabr 2019

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvar PF-5635- sonli “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida” gi Farmonining Ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan toʼrtinchi yoʼnalishi 4.6. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ijrosi doirasida, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutida davra suhbati boʼlib oʼtdi. 

Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Moliya vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashidan mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti bosh mutaxassisi S.Xodjaev “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti tahlili” mavzusida taqdimot qilib, maqsad yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyati va muhiti hamda tadbirkorlik bilan bogʼliq muammolarni oʼrganish ekanligini taʼkidladi. Yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyati va unga undagan motivlarni aniqlash, tadbirkorlik faoliyati va muhiti bilan bogʼliq shart-sharoitlarning ahamiyatini oʼrganish, yosh tadbirkorlarning qadriyatlar tizimini tahlil qilish, yosh tadbirkorlarga xos boʼlgan xususiyatlarni tadqiq etish, tadbirkorlik faoliyatiga toʼsqinlik qiladigan holat va muammolarni oʼrganish kabi vazifalarni bajarilganligini bildirdi. 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan birgalikda 2019 yilning 7 dekabrida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha auditorlik xizmatlari sektorida ichki nazoratni tashkil etishda risklarni baholash” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Buxgalterlar auditorlarning milliy asosiasiyasi, Auditorlar Palatasi vakillari, shuningdek, auditorlik tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 612 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd