РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

CHEXIYALIK AMALDOR: “OʻZBEKISTON-CHEXIYA SAVDO AYLANMASIDA VAZIYAT MUAMMOLI”

29
Noyab 2018
1629 marta ko'rildi

CHEXIYALIK AMALDOR: “OʻZBEKISTON-CHEXIYA SAVDO AYLANMASIDA VAZIYAT MUAMMOLI”

Avval xabar berganimizdek, Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisining oʻrinbosari Filip Voytex boshchiligidagi biznes-delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. 

Tashrif doirasida bugun, Toshkentda Oʻzbekiston - Chexiya biznes forumi va kooperatsion birjasi tashkil etildi. Unda Chexiyaning qurilish, energetika, farmatsevtika, injiniring, konsultativ xizmatlar, sanoat sohalarida faoliyat olib boruvchi 20 ga yaqin kompaniyalari vakillari va mamlakatimizning 60 dan ziyod tadbirkorlari ishtirok etdi. 

Tadbirda soʻzga chiqqan Chexiya Respublikasining Sanoat va savdo vazirligi departamenti direktori Martin Pospishil mamlakatlarimiz savdo munosabatlarida tomonlar eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan muhim masalani tilga oldi. 

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston-Chexiya savdo aylanmasi koʻrsatkichlari unchalik xavotirli emas. Haqiqiy xavotir eksport-import mahsulotlarining xilma-xil emasligida. 

“Misol uchun, Oʻzbekiston eksportining 85 foizi paxtaga konsentratsiyalangan. Chexiya eksportining 50 foizdan ziyodroq ulushi sanoat uskunalari va elektronika tovarlariga toʻgʻri keladi. Bu esa Oʻzbekiston-Chexiya savdo aylanmasidagi vaziyat muammoli degani. Chunki sizning paxtangiz va bizning mashinasozligimiz bilan nimadir yuz bergudek boʻlsa, ertaga nimani eksport qilamiz? Shunday ekan, mamlakatlarimiz biznes vakillari import-eksportda yangi tarmoqlarni ham ishga solishni oʻylasa, yaxshi boʻlardi” dedi M.Pospishil. 

Forumda taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yillarda Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi koʻrsatkichlari barqaror boʻlmagan. Faqat soʻnggi ikki yil ichida import-eksport barqarorlashib, oʻsishda davom etmoqda. Masalan, 2017 yilda oʻrtadagi savdo aylanma 75 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida bu koʻrsatkich 60 million dollarga yaqinlashgan. 

Ma'lumot manbai: uza.uz

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 423 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!