РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

01
Yan 2019
621 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

Concrete

Qadrli vatandoshlar!

Muhtaram do’stlar!

Mana shu hayajonli, fayzli damlarda jonajon O’zbekistonimizga 2019 yil kirib kelmoqda.

Siz, azizlarni, ko’p millatli xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga ulug’ boylik bo’lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.

Aziz yurtdoshlar!

2018 yilda barcha sohalarda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga katta o’zgarishlarni amalga oshirdik.

Zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yo’llar, ko’priklar qurildi. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi.

Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qo’shnilarimiz bilan do’stlik va hamkorlik yanada kuchaymoqda.

O’zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi.

Buning natijasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa o’z misolida ko’rmoqda. Eng muhimi, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi ortmoqda.

Bir so’z bilan aytganda, o’tayotgan yil mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan yil bo’ldi.

Shu bois eski yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.

Hurmatli do’stlar!

Biz 2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb nom berdik.

Faol investitsiyalar taraqqiyot uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ijtimoiy rivojlanish esa xalqimiz turmush darajasi va sifatini keskin oshirishga xizmat qiladi.

Biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o’rtasida totuvlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xalq bilan muloqotni yuqori bosqichga olib chiqamiz.  

Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo’llab-quvvatlash ishlarini davom ettiramiz.

Diyorimizni yanada obod va ko’rkam qilish asosiy vazifamiz bo’lib qoladi.

Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz.  

Muhtaram faxriylar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga g’amxo’rlik ko’rsatish doimo diqqatimiz markazida bo’ladi.

Ushbu fayzli oqshomda barcha davlat va xalqlarga, xorijiy do’stlarimiz, hamkorlarimizga ezgu tilaklarimizni yo’llaymiz.

Azizlarim, qadrdonlarim!

Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin!

Farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko’raylik!

Go’zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag’rikeng xalqimiz hamisha omon bo’lsin!

2019 yilning qadami qutlug’ kelsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo’lsin!
 
Shavkat Mirziyoev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumot manbai: uza.uz

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 Yanvar 2019 10:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 252 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd