РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim etish mexanizmlari sezilarli darajada soddalashtirilgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samaralarini berayotir. Darhaqiqat, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning elektron shaklda taqdim etilayotgani barcha xo‘jalik subyektlariga qator qulayliklar yaratayotir.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:13

Jizzax viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, sanoat sohasini rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish orqali mahsulot hajmi va sifatini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar hududlarning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:12

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi markaziy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha harakat rejasi muhokama etildi va qabul qilindi.

Buxoroda Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz soliq qonunchiligi, soliqqa tortish tartibotiga kiritilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:00

Samarqandda 2014-yil yakunlari va 2015-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:55

Navoiyda 2014-yil yakunlari va 2015-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov boshqargan yig‘ilishda asosiy e’tibor Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:53

Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, raqobatbardoshligini oshirish, tarkibiy o‘zgartishlarni chuqurlashtirish va tarmoqlarni diversifikatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Piskent tumanida ham o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:48

Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar!

 

Hurmatli Senat a’zolari!

 

Avvalambor, bugun siz, azizlar bilan uchrashib turganimdan va shu fursatdan foydalanib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirish, sihat-salomatlik, bardamlik, tinchlik-omonlik tilashdan baxtiyorman.

 

Sizlarni saylovchilarimiz, xalqimizning yuksak ishonchini qozonib, senator degan sharafli nomga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklab, faoliyatingizda yangi omadlar tilayman.

 

Hammamizga ma’lum: roppa-rosa o‘n yil oldin parlamentimizni – bir palatali Oliy Majlisimizni ikki palatali parlamentga o‘zgartirgan edik. Ya’ni, quyi palata – professional asosda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan Qonunchilik palatasi va yuqori palata – vakillik asosida ish olib boradigan Senatning viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatlari hisobidan, O‘zbekistonimizning har qaysi 14 ta subyekti – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylanishi belgilab qo‘yildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 11:51

Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishilganini ta’kidladi.

O‘tgan yili mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foiz, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foiz oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:34

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati va aholi bandligini ta’minlashning tizimli dasturlari o‘z samaralarini bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur dasturlar ijrosini ta’minlash orqali ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bu borada yirik sanoat korxonalarini ishga tushirish, modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhim omil bo‘layotir.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:33

2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir

 

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

 

Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning o‘tgan 2014-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va mamlakatimizning 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:31

Toshkent shahrida 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Parlament quyi palatasining birinchi majlisini qonunga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomov ochdi. 

 
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 
 
Yig‘ilishda mamlakatimiz hukumati a’zolari, markaziy idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Deputatlar majlisning kun tartibini tasdiqladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:30

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida 2014-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.Rahimov, jamg‘arma direktori vazifasini bajaruvchi J.Mustafoyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida mamlakatimizning eksport salohiyati yuksalib borayotganini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:29

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha bank tizimida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori A.Qosimov va boshqalar mamlakatimiz bank-moliya muassasalari tomonidan xotin-qizlarning uy-ro‘zg‘or yumushlarini yengillatish, yoshlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oilaviy biznesni rivojlantirish, yosh oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish orqali oilalar turmush darajasi va farovonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilganini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:26

Дорогие соотечественники!

В эти волнующие предновогодние мгновения мне доставляет огромное удовольствие выразить всем вам свое глубокое уважение, от всей души поздравить с наступающим Новым годом, искренне пожелать вам здоровья и счастья, мира и процветания, благополучия и достатка вашим домам.

Мысленно провожая уходящий год, мы невольно отдаем дань всему, что было пережито – яркие события и достижения, радости и заботы, вместе с тем испытания и трудности, – и у нас, я думаю, есть все основания утверждать, что 2014 год останется в нашей памяти плодотворным и незабываемым годом.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:26

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, bank-moliya, savdo-sanoat, sarmoya, bojxona, yoqilg‘i-energetika, avtomobilsozlik, transport va transport kommunikatsiyalari, qishloq va suv xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, sayyohlik va aviatashuv kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:24

Namanganda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda tijorat banklari bilan hamkorlikning amaliy natijalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi, respublika tijorat banklarining viloyat filiallari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:22

На всех избирательных участках по выборам депутатов Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан и представительные органы государственной власти на местах завершилось голосование.

Об этом заявил председатель Центральной избирательной комиссии Республики Узбекистан М.Абдусаломов на брифинге для представителей отечественных и зарубежных средств массовой информации в 22 часа по ташкентскому времени в Республиканском пресс-центре по освещению выборов.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:21

Joriy yilda Toshkent viloyatidagi o‘n uchta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 39 loyiha bo‘yicha tayyor mahsulot, jumladan, butlovchi qism va detallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

Prezidentimiz rahnamoligida eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo, korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:20

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ochiqlik va ishonchga asoslangan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi. 

Muntazamlik kasb etgan, o‘zaro anglashuv, hurmat va manfaatdorlik ruhida o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlar yaqin va o‘xshash ekanidan dalolat beradi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:18

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 10-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xalq siyosiy maslahat kengashi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, millatlar ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Van Chjenvey rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 17-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida belgilab berilgan 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy tub o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga doir qabul qilingan strategiyani davom ettirish joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash imkonini berdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:10

22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Byudjetnomasi – Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqdilar. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov hamda Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining raisi B.Iminov ma’ruza qildilar.

Gulistonda bo‘lib o‘tgan seminar tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirishga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 14:49

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosida bank tizimining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarining investitsiya portfellarini monitoring qilish departamenti direktori A.Qosimov, O‘zbekiston Banklari uyushmasi raisi S.Abdullayev, “Tadbirkor ayol” uyushmasi raisi G.Mahmudova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xususiy tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 14:52

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar jarayonida xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, chet ellik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda mamlakatimizning eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berayotir.

Farg‘ona viloyatida ham eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma va xorijiy korxonalar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Istiqlolning dastlabki yillarida viloyatda atigi 2 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, ayni paytda xorijiy hamkorlar ishtirokidagi 123 korxona ishlab turibdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 14:53

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida hunarmandlik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda mutasaddi davlat tashkilotlari, sanoat korxonalari va tashqi savdo kompaniyalari vakillari, hunarmandlar ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 14:56

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tarmoq faoliyatini yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:07

 

16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 16:03

Как сообщалось ранее, Президент Республики Узбекистан Ислам Каримов принял участие в очередном саммите Шанхайской организации сотрудничества, состоявшемся в Душанбе 11-12 сентября. 

В столице Таджикистана 11 сентября лидер нашей страны в рамках саммита ШОС провел ряд важных двусторонних переговоров с руководителями Ирана, Таджикистана и России. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 15:48

Mustaqil taraqqiyot yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti qariyb besh karra o‘sdi. Aholi daromadlari 8,7 barobar ko‘payib, xalqimizning hayot darajasi, farovonligi oshib bormoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizning yuksak sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilayotgani natijasidir. Bu jarayonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaratilgan shart-sharoit milliy mahsulotlarning jahon bozorida munosib o‘rin egallashiga zamin yaratdi. Shu bois jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan iqtisodiyotimizning yillik o‘sishi so‘nggi o‘n yil davomida sakkiz foizdan oshdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 15:45

Xorazm viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida yaratilgan 31 mingga yaqin ish o‘rnining 89,5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etildi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida mazkur soha mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Ayni paytda tadbirkorlik odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘layotir.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 14:57

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

 

Muhtaram mehmonlar!

 

Bugun xalqimiz ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham biz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma uch yillik bayramini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.

 

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:09

Qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti natijasida o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyekti ish boshladi. Ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingni tashkil etdi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:31

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 1-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi rahbari B.Yoqubov, O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi inson huquq va manfaatlarini muhofazalash, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolik jamiyati barpo etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:30

2014-yil 28-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.

Senatorlar o‘z ishlarini Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 19-avgust kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik yuksak darajaga ko‘tarildi. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlariga, O‘zbekiston va Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar, avvalo, Islom Karimov va Si Szinpin o‘rtasidagi do‘stlik, mustahkam ishonch negizida, shuningdek, Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida taraqqiy etmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2014-yil 19-20-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-avgust kuni Oqsaroyda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Toshimitsu Motegini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida faol rivojlanib borayotgan muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta’kidladi. Bu o‘zaro manfaatli hamkorlik, avvalambor, iqtisodiy sohadagi aloqalar holatini baholash va uni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishini qayd etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 12:13

2014-yil 16-iyulda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari chiqarildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2014-yil 17-yanvarda respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2014-yil uchun iqtisodiy dasturning yo‘nalishlari va muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:07

С 19 по 23 мая 2014 года в Ташкенте пребывала миссия АБР во главе с г-ном Брайаном Фуллером – руководителем команды международных консультантов по Техническому содействию «Развитие отрасли страхования в Узбекистане» (ТА8247).

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Aprel 2016 12:13

В рамках конференции презентован доклад на тему «Страховые ремни безопасности финансового рынка», раскрывающий роль страхования в обеспечении безопасности финансового рынка, состояние и тенденции дальнейшего развития страхового рынка республики.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 28 Aprel 2016 12:12

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16-iyun kuni ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

 

O‘zbekiston bilan Tong bokiraligi o‘lkasi o‘rtasida katta masofa bo‘lsa-da, xalqlarimizni yaqin qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. El-yurtga sadoqat, ajdodlar merosi va qadriyatlarini e’zozlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, ochiqko‘ngillik, saxovat, kattaga hurmat, kichikka izzat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar o‘zbek va koreys xalqlari uchun birdek xosdir. Bir paytlar taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan o‘n minglab koreyslarga o‘zbek xalqi mehr-oqibat va oliyhimmatlik bilan boshpana berganini koreys xalqi hech qachon unutmaydi.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 10:46

 

По приглашению Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова Президент Республики Корея Пак Кын Хэ 16 июня прибыла в нашу страну с первым государственным визитом.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 10:44

По приглашению Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова 16-18 июня 2014 года нашу страну с первым государственным визитом посетит Президент Республики Корея Пак Кын Хэ.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 10:44

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 294 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!