РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Concrete

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan rafiqasi bilan 2018-yil 15-may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 16-may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining rasmiy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 May 2018 10:20

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi. 

Concrete

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 — 17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 11 May 2018 11:34

ConcreteAssalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Hurmatli mehmonlar!

Bugun jonajon Vatanimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 73 yilligi keng nishonlanmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 10 May 2018 10:28

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 08 May 2018 16:46

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 may kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston zamini dunyo tamadduni va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy e’tiborda.

ConcreteO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27-aprel kuni Pxanmunjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli o‘tgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 May 2018 09:50

ConcreteO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Namangan viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biridir. Keyingi yillarda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tubdan yangilanib, shahar va qishloqlar qiyofasi kun sayin o‘zgarib bormoqda, aholi turmush farovonligi yuksalmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 03 May 2018 09:41

Concrete Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29-aprel – 1-may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Tashrifning uchinchi kuni oliy martabali mehmon Buxoro viloyatiga keldi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 16:32

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov) kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Turkiya  delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Aprel 2018 10:01

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-aprel kuni “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar va bu boradagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.Asosiy e’tibor “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:14

Concrete Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Expo-Russia Uzbekistan 2018” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiyaning “Zarubej-Ekspo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qator vazirlik va idoralar hamkorligida ilk marotaba tashkil etildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:16

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbek va turkman xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimizni yagona tarix, mushtarak madaniyat va qadriyatlar, o‘xshash til va urf-odatlar birlashtirib turadi. Bu yaqinlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka asos bo‘lmoqda.

Alohida ta’kidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrifi 2017-yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga bo‘lgan edi. Mazkur tarixiy tashrif O‘zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yorqin dalili, davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga intilishining ifodasi sifatida e’tirof etildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2018-yil 23-24 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

An’anaviydo‘stlik va o‘zaro ishonch muhitida o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi muzokaralardako‘p qirrali O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 23 Aprel 2018 10:16

Concrete Hurmatli do‘stlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, sizlarni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va uning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bugungi tantanali marosimda qutlab, ushbu muhim voqea bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalariga doimo ahamiyat berib, katta e’tibor qaratib kelayotgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:18

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:19

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 17:20

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, shahar va qishloqlar obod bo‘lib, aholi farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 16 Aprel 2018 10:10

Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va mamlakat hududlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mamlakat hududlarida ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning asosiy omillari, investorlarni jalb qilish, moliya tuzilmalariga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish, yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati tomonidan Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mahalliy hokimiyat organlari, erkin va kichik sanoat zonalari vakillari, ishbilarmonlar ishtirokida mamlakat mintaqalari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari to‘g‘risida so‘rov o‘tkazilgan edi. Konferensiya doirasida so‘rov natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 13 Aprel 2018 10:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslar, startaplarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining “Biznesni yuritish – 2018” hisobotida O‘zbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o‘ntalikka kirdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 10-aprel kuni “O‘zbekiston bilan Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Savdo-sanoat palatasi hamda Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, kimyo, farmatsevtika, turizm kabi qator sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. 
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 11 Aprel 2018 12:29

ConcreteO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari dastlab O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Institutning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 09 Aprel 2018 12:04

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab mazkur institutning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 06 Aprel 2018 16:53

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-aprel kuni aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlili va galdagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ilgari tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, biror firma yoki korxona ochmoqchi bo‘lgan odam hujjat to‘g‘rilash jarayonida sarson-sargardon bo‘lardi. Notarius, arxiv yoki kadastr idorasidan, gaz, elektr, suv ta’minoti tashkilotidan yoki mahalladan oddiy bir ma’lumotnoma olish uchun ham ba’zan kun bo‘yi navbatda turishga to‘g‘ri kelardi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 05 Aprel 2018 10:19

Joriy yil 4-6 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida oziq-ovqat sanoati sohasiga ixtisoslashgan “WorldFood Uzbekistan – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘n sakkizinchi bor tashkil etilayotgan ko‘rgazmada 26 davlatdan 200 ga yaqin kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida ilk bor Belarus Respublikasi sanoatchilari ham qatnashadi. Bu haqda ko‘rgazmaoldi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 03 Aprel 2018 10:25

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan izchil islohotlar, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Jizzax viloyati qadimdan sharq va g‘arbni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining muhim qo‘nalg‘alaridan biri bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida hududning yurtimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yanada ortdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli hududning qulay jug‘rofiy va transport-kommunikatsiya imkoniyatlaridan, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 02 Aprel 2018 10:01

Turkmanistonning TDH agentligi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilariga tabrik yo‘llagani haqida xabar qildi.

Turkmaniston rahbari O‘zbekiston vakillarini Ashxobodda ilk marta tashkil etilayotgan keng ko‘lamli forumning ochilishi bilan tabrikladi. U mazkur ko‘rgazma ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Concrete Turkmaniston O‘zbekistonning strategik sheriklaridan biri. So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning oliy darajadagi uchrashuvlari o‘zaro hamkorlik rivojiga kuchli turtki berdi. Bu mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlari jadal rivojlanib borayotganida o‘z ifodasini topmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Mart 2018 10:01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega;

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 27 Mart 2018 12:48

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limni kengaytirish uchun imkoniyat yaratishga innovatsion yondashuv" mavzusida anjuman tashkil etildi.

Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin, YUNISEFning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari S.Graumann va boshqalar O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini jadal rivojlantirish masalalari yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ta’limning mazkur ilk va asosiy bo‘g‘inini rivojlantirishga oid qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, bu borada kompleks chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 26 Mart 2018 10:52

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 24 Mart 2018 10:03

Concrete Aziz vatandoshlar!

Jonajon yurtimiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, suyukli farzandlarimiz, butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Qalblarimiz shodlik va quvonchga to‘lgan mana shu nurli lahzalarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 23 Mart 2018 14:54

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Qishloq xo‘jaligi – Agro World Uzbekistan – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi. U o‘n uchinchi bor tashkil etilmoqda.

16 martga qadar davom etadigan nufuzli tadbir qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilarini, dehqon va fermerlar, tadbirkorlar, hamkor tarmoqlar mutaxassislarini o‘ziga xos innovatsion maydonda birlashtirdi.

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 17 Mart 2018 09:45

Concrete

Ma’lumki, Qozog‘iston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qilgan. Bu qozoq eli va Qozog‘iston davlatining o‘zbek xalqiga, mamlakatimizga hurmati, ehtiromi ramzidir.

Shu munosabat bilan “Ostona opera” teatrida tashkil etilgan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari a’zolari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Mart 2018 10:12

Concrete Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

Oqo‘rda qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Nursulton Nazarboyev kutib oldi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 15 Mart 2018 18:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2018-yil 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga boradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining keng ko‘lamli kun tartibiga ega birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Ushbu uchrashuvni o‘tkazish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabr oyida o‘tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Samarqand shahrida bo‘lgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur darajasigacha rivojlantirilgan edi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Mart 2018 10:07

Concrete Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning ikkinchi kuni davlatimiz rahbari o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 13 Mart 2018 09:39

Concrete

Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!

Hurmatli do‘stlar!

Hammamiz orziqib kutgan mana shu go‘zal bahor kunlarida, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida siz, azizlar bilan uchrashib turganimdan g‘oyat mamnunman.

Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 09 Mart 2018 10:54

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni ikki tomonlama idoralararo maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi moliya vaziri Anton Siluanovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar, erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar amalga oshirilayotgani mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, ko‘p qirrali, shu jumladan, moliyaviy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 07 Mart 2018 12:49

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 5-mart kuni Turkiya parlamentining “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda jadal taraqqiy etayotgani, parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib borayotgani esa o‘zaro munosabatlarning yanada kengayishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 06 Mart 2018 10:43

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Navoiy viloyati o‘zining mehnatkash xalqi, yerosti va yerusti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati bilan mamlakatimizda alohida o‘ringa ega. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlangan.

Bugun viloyatda yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 05 Mart 2018 10:45

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bayram Annameredovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 02 Mart 2018 11:47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Latviya Respublikasi, Isroil Davlati, Germaniya Federativ Respublikasi, Slovakiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Shomiy, Olive Shav, Mixails Popkovs, Eduard Shapira, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Szyan Yandan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari elchilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli faoliyatida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosimda O‘zbekiston kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega erkin va demokratik davlat barpo etishning yangi tarixiy bosqichiga qadam qo‘ygani alohida ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Mart 2018 09:15

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 28 Fevral 2018 09:52

26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta e’tibori va sa’y-harakatlarini hamda qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 27 Fevral 2018 09:58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘la turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan to‘liq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma o‘z bilganicha faoliyat yuritib keldi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni import hajmini qisqartirish va mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish ishlarini tahlil qilish, bu boradagi eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumki, 2017-yil 19-aprel kuni shu masalada videoselektor o‘tkazilgan, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobidan import hajmi va turlarini maqbullashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq o‘tgan yili muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, Mahalliylashtirish dasturi doirasida 9,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 512 million dollarlik yoki 2016-yilga nisbatan 20 foiz ko‘p mahalliylashtirilgan mahsulot eksport qilingan. 100 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani, bazaviy tarmoqlarda import 353 million dollarga qisqartirilgani ham bu boradagi ishlarning natijalari bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Mahalliylashtirish dasturi va importni qisqartirish rejasi ijrosini chuqur tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy baholadi. 2017-yilda 948 ta mahalliylashtirish loyihasidan 176 tasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlanmagani, 218 tasi bo‘yicha esa ishlab chiqarish prognozi bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Fevral 2018 10:02

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Ozarbayjon ishbilarmon doiralari vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

Tadbirda Ozarbayjonning qurilish, savdo, tibbiyot anjomlari, farmatsevtika, qadoqlash materiallari, matbaa, AKT kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalaridan 20 dan ortiq vakil, mahalliy korxona va kompaniyalarning 50 dan ortiq mas’uli ishtirok etdi.

Tarixiy qadriyatlari, dunyoqarashi, madaniyati o‘xshash ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchrashuvida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev, Ozarbayjon Tadbirkorlar uyushmalari milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev va boshqalar ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yaqin kelajakda o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 21 Fevral 2018 11:58

Concrete

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral elektrik" korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:

– Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, mazmunli va samarali muloqot uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Fevral 2018 09:58

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2017-yil 16-avgust va 19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentabrda Prezidentimiz tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida o‘tkazilgan majlislarda ham bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 15 Fevral 2018 16:11

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 13-fevral kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik barqaror sur’atlar bilan kengayib, an’anaviy do‘stona aloqalar va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Fevral 2018 10:24

Concrete Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.

Toshkent shahrida so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugun poytaxtimiz tom ma’nodagi qurilishlar maydoniga aylangan. Yangidan-yangi inshootlar, korxonalar, tibbiyot va ta’lim muassasalari, sport majmualari, ravon yo‘llar, ko‘priklar, mahalla guzarlari, bozorlar, bog‘lar, xiyobonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishidagi 2-bosqich qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev bu kabi murakkab jarayon nafaqat mablag‘, balki aqliy mehnat va yuksak mahorat, chuqur bilim va tafakkur, yuqori texnologiyalarni talab qilishini ta’kidladi.

Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis, 40 ta texnik vosita va mexanizm jalb etilgan. Metro qurilishiga Germaniyadan yerosti tunnelini qaziydigan kompleks, burg‘ulash va temir-beton qoziq qoqish texnikasi, shuningdek, GFR va Xitoy kranlari olib kelingan.

Qurilayotgan metro uchastkasining uzunligi 2,9 kilometr bo‘lib, uni 2019 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Fevral 2018 10:27

2018-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki davlat rahbarlari 2017-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga to‘liq va o‘z muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan.

O‘tgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq, shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha samarali mexanizm yaratilmagan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‘ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo‘yicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda ko‘plab masalalar to‘planib qolgan, ularning yechimi bo‘yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Fevral 2018 10:10

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-fevral kuni farmatsevtika sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijadorligini tahlil qilish, istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘tgan yili bu masalalarga bag‘ishlab bir necha yig‘ilish o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tashrifi chog‘ida sohadagi ahvol bilan bevosita tanishdi. Tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qaror qabul qilindi.

Aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Shu kabi tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. 2017-yili 1,6 milliard shartli qadoqda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarildi. Bu 2016 yilga nisbatan 34 foiz ko‘pdir.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 07 Fevral 2018 10:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2018-yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. 2018-yil 10-fevraldan boshlab fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turizm mahsulotini targ‘ib qilish markazi» DUK O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilsin.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 06 Fevral 2018 09:25

Concrete Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli Tatyana Akbarovna!

Muhtaram Samarqand ahli!

Barchangizga ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yillik tavallud ayyomi butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Mana, hozirgina Qashqadaryo viloyatida bo‘lib qaytdik. Qarshi shahrida Islom Abdug‘aniyevich xotirasiga bunyod etilgan haykalning tantanali ochilishi va ehson marosimi bo‘lib o‘tdi. Ana shu xotira tadbirlarining davomi sifatida sizlar bilan azim Samarqand shahrida, tom ma’noda tabarruk zaminda yana bir tarixiy voqea munosabati bilan to‘planib turibmiz.

Concrete Qashqadaryo zaminida yetishtirilgan, quyosh nuriga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boy bo‘ladi. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi.

Davlatimiz rahbari 2017- yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish hajmlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Yakkabog‘ tumanidagi “Darmon farm” xususiy korxonasiga qarashli "Darmon sharbati" meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi 2017- yil avgust oyida ishga tushirildi. Bu yerda kuniga 12 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, energiyatejamkor uskunalar bir kecha-kunduzda 20 tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega. Asosan olma, oshqovoq va sabzi sharbati tayyorlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda. Kelgusida uzum, anor va boshqa qator sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar samarali ish jarayoni va yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni ta’minlamoqda. Meva-sabzavotlarning tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanadi. Korxona xodimlari kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir. Ularga zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorijlik mutaxassislar saboq bergan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 29 Yanvar 2018 09:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston rahbariga samimiy hamdardlik bildirgani va qo‘llab-quvvatlagani, tashkiliy masalalarni hal etish va fojia sabablarini aniqlashda ko‘rsatilgan tezkor yordam uchun minnatdorlik izhor qildi.

Kelgusida bunday hodisalar ro‘y berishining oldini olish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari, mas’ul idoralari va tashkilotlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 893 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!