РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Milliy matbuot markazida Respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan elektron savdolarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Birja innovatsion yechimlar va bozor tamoyillariga tayangan holda kichik biznes vakillarini birja savdolariga keng jalb etmoqda. Prezidentimizning 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘layotir. Qarorda byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, davlat buyurtmalarini ta’minlashda kichik biznes subyektlari ishtirokini kengaytirish, halol raqobat muhitini rivojlantirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash chora-tadbirlari belgilangan. 

Poytaxtimizda “Tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tashkilotlar xaridlarida ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir tadbirkorlik subyektlarini xalqaro tashkilotlar xaridlariga jalb etish, ularning eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratildi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. 

Farg‘onada tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida mamlakatimiz eksport salohiyati izchil yuksalib borayotgani alohida ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rnini tubdan oshirish, tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. 

2016-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. 

Yalpi majlisning ikkinchi kunini senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdan boshladilar. Ta’kidlanganidek, Markaziy bankning o‘tgan yildagi faoliyati «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq amalga oshirildi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan vazifalarni va Markaziy bankning avvalgi hisobotlari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlarini bajarishga qaratildi. 

2016-yil 31-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi. 

Senatorlar o‘z ishini «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdan boshladi. Ta’kidlanganidek, oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi rolini oshirishga ko‘maklashgan chora-tadbirlar ko‘rildi, hokimiyat tarmoqlarini bo‘lish konstitutsiyaviy prinsipini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarishga, Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat vakillik organlari vakolatlari va nazorat funksiyalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mijozlarning bank xizmatlariga qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 11-martidan jismoniy shaxslarning plastik kartochka hisobvaraqlari bo‘yicha yangi foiz stavkalari belgiladi. 

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mazkur yangilikning afzalligi, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi vazifalar va erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berildi. 

Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar bermoqda. 

Prezidentimizning 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bunda muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:23

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida yangi ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiq sug‘urta xizmatlari sifat menejmenti tizimini joriy etish afzalliklariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

“O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktori F.Saidahmedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz kompaniyalari va sanoat korxonalari faoliyatiga xalqaro sifat standartlari va zamonaviy menejment tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 2004-yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasida xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan. Bu kompaniya faoliyatini takomillashtirish, yanada sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Milliy matbuot markazida jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalashga oid huquqiy asoslarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish tartibi hamda joriy yildan boshlab bu borada soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:22

Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan “Mening biznes g‘oyam” tanlovi targ‘iboti yuzasidan seminar o‘tkazildi. 

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar, xususan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqilligi ta’minlanayotgani, ular faoliyati moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:27

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tolasini sinash va sertifikatlash tizimini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

– Mamlakatimizda paxta tolasini sertifikatlash va sinovdan o‘tkazishda eng zamonaviy uskuna – HVI tizimlaridan foydalanilmoqda, – deydi “Sifat” paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Boyxonov. – Kuniga mingtagacha namuna olish imkonini beradigan ushbu tizim tolaning uzunligi, pishiqligi, rangi, sifati, mikroneyri, kalta tola miqdori kabi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Sinov yakunida tola to‘dalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga taqdim qilinadi. 

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar keskin kamaydi. 

Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshiriladi va taftish qilinadi. Ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi. 

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi va milliy hunarmandlik sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz tajribasini o‘rganish, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Shu bois tanlovga qiziqish tobora ortib, ishtirokchilar safi kengaymoqda. Namoyish etilayotgan mahsulot va xizmat turlari ham ko‘paymoqda. Bu tanlov ishtirokchilari orasidan asosiy yo‘nalishlar bilan birga qo‘shimcha nominatsiyalarda ham g‘oliblarni aniqlash va rag‘batlantirishni taqozo etayotir. 

Poytaxtimizda “Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi: tadbirkorlar uchun maksimal qulayliklar” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. “Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari qatnashdi. 

“Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i R.Tojiyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida bojxona tizimi tobora mustahkamlanayotgani mamlakatimiz iqtisodiy xafvsizligi ta’minlanishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yangi tahrirdagi bojxona kodeksi tasdiqlangani sohaga oid huquqiy asoslarni takomillashtirdi. 

3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar. 

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar oldindan siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi. 

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonuniga binoan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi tasdiqlandi. Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, ya’ni 21-apreldan kuchga kiradi. 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ushbu mavzuda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdi. 

Navoiyda “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tashkil etish sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi hamda ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitalari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, korxonalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Joriy yil 1-martdan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarida jismoniy shaxslarning plastik kartochkasidagi mablag‘ni boshqa bir jismoniy shaxsning kartochkasiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi. 

Milliy matbuot markazida “Asaka” bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu kabi qator yangilik va imtiyozlar haqida so‘z yuritildi. 

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar o‘z konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida Hisob palatasining 2015-yilgi hisobotini ko‘rib chiqdilar. 

 

Majlisda Hisob palatasi raisining o‘rinbosari K.Akmalov hisobot bilan so‘zga chiqdi. 

Avval xabar qilinganidek, mazkur hisobot dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Muhokamalar davomida deputatlar parlament nazoratini amalga oshirish va qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, nazorat-tahlil tadbirlariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini faol tarzda jalb etish yuzasidan parlament va Hisob palatasining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdilar. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:29

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 25-fevral kuni Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Bolgariya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, sarmoya, neft-gaz, fan va texnologiya, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, me’morlik, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, atrof-muhitni muhofaza qilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, injiniring va infratuzilma kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. 

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda deputatlar o‘z konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida Hisob palatasining 2015-yilgi hisobotini ko‘rib chiqdilar. 

Majlisda Hisob palatasi raisining o‘rinbosari K.Akmalov hisobot bilan so‘zga chiqdi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:28

Urganchda “Tadbirkorlik rivoji – farovonlik garovi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida soliq siyosatini yanada liberallashtirish, soliq yukini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xalqaro sifat standartlari asosida faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan e’tibor tufayli mahsulotlarimiz nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham mustahkam o‘rin egallashiga zamin yaratilmoqda. Bunda sifatni boshqarish tizimlari joriy etilayotgani alohida ahamiyat kasb etayotir. 

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish yanada kengaydi. 

2016-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hamda Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

 

Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazorati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Majlisda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh qilish, erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:19

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘limida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi dolzarb masalalarni hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini yanada kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi NNTlar vakillari, jamoat komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. 

Milliy matbuot markazida “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida 2015-yil yakunlari sarhisob qilinib, mamlakatimiz to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Tadbirda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi korxonalar tashkil etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2015-yil 4-martdagi “2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Jizzaxda Prezidentimizning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar hamda "Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida 2015-yilda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 9,1 foiz o‘sdi. Bunda kichik biznesning ulushi 8,1 foiz, xizmatlar ulushi 38,8 foizni tashkil etdi. Bandlik dasturi doirasida 44 ming 158 yangi ish o‘rni yaratildi. 

Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-tamoyillari takomillashayotgani, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillari keng joriy etilayotgani milliy iqtisodiyotimizning salohiyatini tobora mustahkamlamoqda. 

Bugun mamlakatimizdagi qariyb barcha yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan. Korporativ boshqaruv usullari joriy etilgan kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda. Ular milliy iqtisodiyotimizning istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida “Agrar sohada xorijiy investitsiyalar – barqaror rivojlanish omili” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda qishloq xo‘jaligiga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini tatbiq etish, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar va ularning natijalari xususida so‘z yuritildi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Aprel 2016 14:40

Prezidentimiz rahnamoligida sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Navoiy viloyatida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuksak samaralar bermoqda. 2015-yilda o‘zlashtirilgan 1,7 trillion so‘m kapital qo‘yilmalarning 49 milliard so‘mi xorijiy investitsiyalardir. Ularning 67,3 foizi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Bu esa umumiy qiymati 1,2 trillion so‘mlik 53 yirik ishlab chiqarish obyektini barpo etish imkonini berdi. 

Farg‘ona viloyatida 2015-yilda maqsadli dasturlar doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida 3 ming 881 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. Bu 584 milliard so‘mlikdan ziyod investitsiyalarni o‘zlashtirish va 23 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi. 

Beshariq tumanida o‘tgan tadbirkorlar uchrashuvida ana shunday hududiy dasturlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida hududlar obodligi va aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:30

Jahon banki reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy oldi. 

Bu Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda biznes yuritish uchun keng shart-sharoit, himoya va kafolatlar yaratilganining yana bir xalqaro e’tirofidir. Tadbirkorlik subyektlariga ko‘plab soliq imtiyozlari berilayotgani, yagona soliq stavkasi darajasi pasaytirilayotgani soha rivojiga qaratilgan ana shunday imkoniyatlardan. 

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalar jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilib, o‘zlashtirilgani ta’kidlandi. 

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Banklar assotsiatsiyasi hamkorligida aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 26 tijorat bankining 854 filiali hamda joylardagi 4 ming 300 ga yaqin mini-bank va maxsus kassalar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi F.Umarov, Markaziy bank raisi F.Mullajonov, O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi S.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 31-oktabrdagi «Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori moliya muassasalarini yanada rivojlantirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etishga kuchli rag‘bat bag‘ishlayotganini ta’kidladi. 

Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirishda yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Soliq kodeksining 39 moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 

 

Xorazmda Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda bu alohida ta’kidlandi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:16

Andijonda Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari, korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan seminarda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda soliq bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. 

Namanganda 2015-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimi X.Bozorov boshqargan yig‘ilishda asosiy e’tibor davlatimiz rahbari Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 21-yanvar kuni “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda parlamentning roli: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Germaniyaning K.Adenauer nomidagi jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 01 Iyul 2016 15:46

Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi 2010-yildagi 47,1 foiz o‘rniga 52 foizga o‘sgan va bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqoridir. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida kichik biznesning iqtisodiyotimizdagi ulushi tobora ortib, yurtdoshlarimizda kelajakka ishonch, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi kuchayib borayotir. 

Mamlakatimizda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

Buxoro viloyatida ham import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar tayyorlash hajmi yildan-yilga ortmoqda. Viloyatda mahalliylashtirish dasturini samarali amalga oshirishda yirik xorijiy kompaniyalar va investorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi joylarda keng o‘rganilmoqda

Davlatimiz rahbarining har bir chiqishi xalqimizda, jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otadi. Bu galgi ma’ruza ham keng ko‘lamliligi, chuqur tahlilu taqqoslarga boyligi bilan ajralib turdi. 

Mamlakatimiz barcha sohalarda izchil rivojlanayotgani, dunyo miqyosida ham yuksak natijalarga erishayotgani, eng asosiysi, yaqin yillarda qanday darajalarga ko‘tarilishini bilib, barchamiz quvondik. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 24-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita markaziy apparati va viloyat bojxona boshqarmalari xodimlari, bojxona faxriylari, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazi, Oliy harbiy bojxona instituti vakillari ishtirok etdi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z.Do‘sanov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz suvereniteti va milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimiz mudofaa qobiliyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:14

Mamlakatimiz iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhim o‘rin tutib, bu o‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga, ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishiga zamin yaratayotir. 

 

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarning ochilishida bu alohida qayd etildi. Tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, Toshkent shahri va viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etgan tadbirda soliq va byudjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:14

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qulay investitsiya muhitini yaratish va xorijiy sarmoyadorlarning emin-erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilayotir. 

Buxoro viloyatida qator xorijiy mamlakatlar sarmoyadorlari bilan hamkorlikda tuzilgan 64 qo‘shma korxona, shuningdek, “DEU tekstayl Buxoro”, “Knauf gips Buxara” kabi o‘ndan ziyod xorijiy korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Ular ichki bozorni boyitish bilan birga, viloyat eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shayotir. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:35

Mamlakatimizda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan inshootlardan samarali foydalanish, ular negizida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kichik biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. 

Iqtisodiyotni isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish mulkchilik shakli tuzilmasidagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Mamlakatimizda davlat obyektlarining izchil xususiylashtirilayotgani samarasida yangi mulkdorlar sinfi shakllandi, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi yaratildi. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi mamlakatimiz va xorijiy xususiy kompaniyalar ixtiyoriga berildi. Bu qisqa muddat ichida yetakchi tarmoqlarni nafaqat qayta jihozlash, balki iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish imkonini berdi. 

Aziz vatandoshlarim! 

 

Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida to‘planib o‘tirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimni, butun O‘zbekiston xalqini yangi – 2016-yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilashni o‘zim uchun katta baxt, deb bilaman. 

 

Mana, azizlarim, qadrdonlarim, bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan o‘tishiga yana bir bor guvoh bo‘lib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘ymoqdamiz. 

 

Ayni shu lahzalarda o‘tayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda bo‘lib o‘tgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar bildiramiz. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 11:58

Mamlakatimizda 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi

Bugun O‘zbekistonni iqtisodiyoti eng ilg‘or texnologiyalar asosida jadal rivojlanib borayotgan davlat sifatida butun dunyo yaxshi biladi. Mamlakatimizning ulkan ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati tobora yuksalib borayotir.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:54

25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar o‘z ishlarini ikkinchi o‘qishdagi qonun hujjatlarini, jumladan, «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshladilar. Qonun loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha turdagi transport vositalarida tashishlarni amalga oshirish chog‘ida yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish orqali qoplanishini kafolatlashdan iborat.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:36

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida «Tadbirkorlikni rivojlantirish – O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim omili» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSh, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Latviya va Rossiyadan mamlakatimizga Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish uchun kelgan ekspertlar ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:36

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Jayxun-Kegeyli” tikuvchilik korxonasida asosan choyshab va ko‘rpa-yostiq ishlab chiqariladi. Yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanayotgan korxonada endi bolalar uchun yozgi va qishki bosh kiyimlar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:37

“O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari “BankEXPO – 2015” VIII milliy ko‘rgazmasi boshlandi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:47

12-mart kuni deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisining ilgari tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar muhokamasini davom ettirdilar.

Parlament quyi palatasi a’zolari o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 23-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek, 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturi muhokamasidan boshladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:37

11 марта состоялось пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

После утверждения повестки дня, предложенной Кенгашем Законодательной палаты, депутаты рассмотрели отчет Счетной палаты Республики Узбекистан за 2014 год, с которым выступил заместитель председателя Счетной палаты К.Акмалов

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:36

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Aprel 2016 17:35

Namangan tumanida o‘tkazilgan navbatdagi mehnat yarmarkasida 80 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa 455 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Tuman hokimligi, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mehnat qonunchiligiga oid beriladigan imtiyoz va kafolatlar, bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish kabi masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:38

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy harbiy-texnika bilim yurtida sanoat korxonalari va tashkilotlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Bilim yurti boshlig‘i H.Mamatov va boshqalar mamlakatimizda iqtisodiyotning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot darajasi va sifatini izchil oshirish, farovonlikka erishish uchun mustahkam zamin yaratayotganini ta’kidladi. Bu O‘zbekiston tanlagan o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘li – «o‘zbek modeli» nechog‘li to‘g‘ri ekanining yorqin dalilidir.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:39

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli dasturlar natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ko‘paymoqda. Bu jarayonga xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etilayotgani ishlab chiqarish sifati va salmog‘ini oshirishga xizmat qilayotir.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan “Belting Rezina” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shunday korxonalardan biridir.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:39

Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Aprel 2016 12:40

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 302 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!