РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

2016-yil 27-28-dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelish taklif etilgan maktubini topshirdi. 

Hukumatlararo komissiya majlisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov va Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said raisligida o‘tdi. 

Majlis natijalari tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Dekabr 2016 10:28

Mamlakatimizdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi. 

Mustaqillik maydoni, ko‘chalar, ko‘plab bog‘lar ko‘zni qamashtirguchi o‘yinchoqli zumrad archalar bilan bezatildi. 

Shayxontohur tumanidagi "Lokomotiv-Anhor" bog‘i yonidagi maydonda katta bayram tomoshalari tashkil etildi. Bu bayram tomoshalariga kelgan aholining maroqli dam olishi, bolajonlarning dildan quvnashi uchun ko‘proq qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 28 Dekabr 2016 11:24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 25-dekabr kuni Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. 

Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Shahar va qishloqlar obodonlashib, zamonaviy korxonalar, keng va ravon yo‘llar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, bog‘ va xiyobonlar bunyod etilayotir. 

Istiqlol yillarida Navoiy viloyati mamlakatimizning sanoati rivojlangan hududlaridan biriga aylandi. Mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi oshmoqda. Sanoat korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. 

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 24-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. 

O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaldan yaqin qo‘shni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimiz tarixi, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlik yangicha mazmun kasb etdi. Keyingi paytlarda o‘zaro aloqalar sezilarli ravishda faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi Andijon va O‘sh shaharlariga delegatsiyalarning o‘zaro tashrifini mamnuniyat bilan qabul qildi.   

Ikki mamlakat vakillari O‘zbekiston va Qirg‘izistonda o‘tgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 26 Dekabr 2016 10:39

2016-yilning o‘tgan o‘n bir oyida tadbirkorlar O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi orqali 5,5 trillion so‘mlik xomashyo va materiallarni xarid qildi. Ular tomonidan birja orqali sotilgan mahsulotlar 2,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu savdolarda ishtirok etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga ko‘payib, 42 ming nafarga yetdi. 

Savdolarni ochiq-oydin va oshkora o‘tkazish mexanizmi, professional brokerlik korpusi, rivojlangan savdo infratuzilmasi va bitimlar ijrosi kafolatlanganligi tadbirkorlarning birja savdolariga qiziqishini oshirmoqda. 

– Ishbilarmonlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron tijoratning asosini tashkil etuvchi ko‘rgazma-yarmarka savdolari ham tashkil etilmoqda, – deydi «O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyati bosh makleri Islombek Ibrohimov. – Yarmarka savdolari internet tarmog‘ida o‘tkazilgani bois unda nafaqat mahalliy xaridorlar, balki xorijiy mijozlar ham ishtirok etmoqda. Bu mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘mak berayotir. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 23 Dekabr 2016 10:20

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazdi. 

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilingan 2017-yilda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish borasida O‘zbekiston Fermerlari kengashi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklanadi. Zero, bugungi kunda fermerlik harakati aholining turmush darajasi va sifatini oshirishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanib bormoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining ish bilan bandligidagi sifat o‘zgarishlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Mehnatga layoqatli yoshga yetmaganlar 1990-yilda mamlakatimiz aholisining 42,9 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib bu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil qilgan. Mehnatga layoqatli yoshdagilar esa mos ravishda 49 foizdan 61 foizgacha oshgan. 

Mehnat bozoridagi muvozanatning barqarorligini saqlash va fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida har yili Oliy Majlis palatalari tomonidan aholi bandligi dasturi tasdiqlanib, amalga tatbiq qilinmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 21 Dekabr 2016 17:27

O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar, chet el kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish uchun keng ko‘lamli huquqiy kafolat, imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ana shu haqda so‘z yuritildi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 20 Dekabr 2016 10:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdartlik bildirgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Britaniya hukumatiga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Alan Dunkan Samarqandga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya rahbariyati nomidan Birinchi Prezidentimiz qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 19 Dekabr 2016 10:15

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! 

Muhtaram Senat Raisi va senatorlar! 

Hurmatli Spiker va deputatlar! 

Xonimlar va janoblar! 

Avvalo, siz, azizlarga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, menga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylagan barcha vatandoshlarimga chin qalbimdan yana bir bor minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. 

Bugun, mana shu yuksak minbardan turib, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillariga, muhtaram otaxon va onaxonlarimizga, munis ayollarimiz, navqiron yoshlarimizga samimiy tashakkur bildiraman. Yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimiz oldida bosh egib ta’zim qilishni o‘zim uchun ham qarz, ham farz deb bilaman. 

Toshkentda 2016-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. U yurtdoshlarimiz o‘zining yuksak siyosiy madaniyati, Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini namoyon etib, 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnashganini ta’kidladi. Saylov jarayonini 5 xalqaro tashkilot va 46 davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi. Bu O‘zbekiston Prezidenti saylovi demokratik talablarga to‘la mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochiq va oshkora o‘tganining yorqin dalilidir. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 15 Dekabr 2016 10:32

2016-yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi. 

Senatorlar o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilganligi ta’kidlandi. Xususan, yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,2 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9,6 foizga o‘sishi taxmin qilinmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24-yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Dekabr 2016 12:38

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi alkogol mahsulotlarining yangi narxini tasdiqladi.

2017-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining (pivadan tashqari) korxona belgilagan-ulgurji va chakana eng past narxlari oshadi.

Yangi narxlar Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining birgalikdagi qarorida tasdiqlangan, deya xabar bermoqda Norma.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini kuchaytirish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 5-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash orqali mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligining huquqiy asoslarini takomillashtirish istiqbollari haqida fikr almashildi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «O‘zbekistonda issiqxona biznesi: bugungi holati, muammolari va istiqbollari» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi vakillari, mamlakatimizda issiqxona tadbirkorligi sektoriga oid loyihalarni amalga oshirayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari, mahalliy tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

O‘zekspomarkaz”da qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashtirilgan “UzAgroExpo – 2016” hamda “UzProdExpo – 2016” XII xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada Xitoy, Belarus, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Polsha, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina kabi davlatlarning yetmishdan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 29 Noyabr 2016 10:22

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi ichki bozorni sifatsiz va kontrabanda mahsulotlaridan himoya qilish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining jahon bozorlariga chiqishi uchun qo‘shimcha qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratdi. 

Kodeks sohaga oid qonunosti hujjatlarini qisqartirish, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik normalari sifatini oshirish, ularni hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmlarini yaratishda ham muhim omil bo‘ldi. Bojxona sohasiga oid 1,3 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat inventarizatsiyadan o‘tkazilib, qayta o‘rganib chiqilgani natijasida yigirmadan ortiq hujjatga tegishli o‘zgartishlar kiritildi, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutida “Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlashda bojxona ishi faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzuida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada shular haqida so‘z yuritildi. 

24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2016-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev ma’ruza qildi. 

Samarqand viloyatining Urgut tumani, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri va Xorazm viloyatining Xozarasp tumanida «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Xozarasp» erkin iqtisodiy zonalari (EIZ) tashkil etiladi. Davlat rahbarining O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlangan shu haqdagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 24 Noyabr 2016 10:59

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ishbilarmonlar doiralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, logistika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. 

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 16-noyabrda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar ish boshladi. Ular tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, dastgohsozlik, transport va logistika tarmoqlarini qamrab olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «ITE Uzbekistan» xalqaro ko‘rgazma kompaniyaci hamda boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad – mazkur tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga, mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga amaliy ko‘mak berishdan iborat. Ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Latviya, Chexiya, Fransiya, Shveytsariya, Yaponiya kabi 25 davlatdan 110 kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. 

Ko‘rgazmalar ochilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov belgilab bergan asosiy va muhim vazifa – mamlakatimizda 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazishga erishish, sanoat, transport va logistika tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etishni kengaytirish bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yaqin besh yilda mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar ko‘paytirish maqsad qilingan. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 21 Noyabr 2016 09:50

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy hayotida, bojxona sohasida juda ko‘p o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y berdi. Shulardan kelib chiqib qabul qilingan va 2016-yil 22-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi sohadagi munosabatlarni zamon talablari darajasida tartibga solishda muhim o‘rin tutmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida bu alohida qayd etildi. 

Oliy Majlis quyi palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi R.Komilov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Raimov va boshqalar mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada liberallashtirilishi va chuqurlashtirilishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanayotganini ta’kidladi. Sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yanada qulay shart-sharoitlar yaratilayotir. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 18 Noyabr 2016 10:26

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. 

Farg‘ona viloyatida 19 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning to‘qqiz oyida ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 63,9 foizni, umumiy bandlikdagi ulushi 80,2 foizni tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 824,9 milliard so‘m kredit ajratildi. 

Mustaqillik yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiy kompleksida mustahkam o‘rin egalladi. 

Chet el investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali loyihalar ishlab chiqarish sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlayotir.

Mustaqillik yillarida tarmoqqa 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etilib, 200 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 trillion so‘mlikdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion so‘mlikdan ortiq xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarildi. Korxonalarda paxta kalava va gazlama, to‘qimachilik matolari, tikuvchilik va paypoq buyumlari, ip kalava, tayyor kiyimlar bilan birga tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar va maxsus kiyimlar ham ishlab chiqarilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 Noyabr 2016 09:56

Namanganda Italiyaning “ZANOTTI” kompaniyasi vakillari meva-sabzavot yetishtirish va uni saqlash bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda "Italiya – O‘zbekiston" qo‘shma savdo palatasining mamlakatimizdagi ofisi vakillari, viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 Noyabr 2016 10:33

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Davlat xaridlari samaradorligi va shaffofligini ta’minlashning huquqiy asoslari: holati va istiqbollari» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Sanoat, qurilish va savdo masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mutaxassislar, tadbirkorlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. 

“O‘zekspomarkaz”da Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 1-iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan o‘tkazilgan mazkur yarmarka «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyalari, «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O‘zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 11 Noyabr 2016 17:44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: 

1. 2017-yilning 1-yanvaridan: 

chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi; 

1-ilovada qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish; 

1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda qayd etilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har bir nomdagi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilanadigan kvotalar doirasida mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar o‘rtasida tender o‘tkazish asosida amalga oshirilishi belgilansin. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 09 Noyabr 2016 09:59

Joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona viloyatida hududiy investitsiya dasturiga muvofiq 123 milliard so‘mlik 105 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. 

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, sanoatni jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotir. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Noyabr 2016 10:10

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotan ishlar haqida so‘z yuritildi. 

Ayni paytda tarmoqda 2 ming 500 dan ortiq eksport qiluvchi korxona samarali faoliyat yuritib, ularda yuz mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Bu korxonalarda gazlama va matolar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy choyshablar, gilamlar va boshqa raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 Noyabr 2016 10:31

Forumda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va yetakchi korxonalari ishtirok etmoqda. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 12-noyabrdagi «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2013-yil 29-yanvardagi «Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tashkil etilgan ushbu tadbir korxona, tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim omil bo‘layotir. 

Forumda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va yetakchi korxonalari ishtirok etmoqda. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 12-noyabrdagi «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, 2013-yil 29-yanvardagi «Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tashkil etilgan ushbu tadbir korxona, tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim omil bo‘layotir. 

Qarshida o‘tkazilgan hududiy meva-sabzavot yarmarkasida bog‘dorchilik, sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan 500 ga yaqin fermer xo‘jaligi, meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalar va agrofirmalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida fermerlik harakatini rivojlantirish, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, ularni qayta ishlash va eksport qilish hajmini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 01 Noyabr 2016 11:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb atash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 28 Oktyabr 2016 10:57

Poytaxtimizda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davom etmoqda. 

“Faoliyat yuritayotganimizga o‘n yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. O‘tgan yillar davomida lizingga bir nechta haydov traktori, tirkamalar oldik. Bugungi yarmarkada “O‘zmashlizing” orqali “New Holland TD5.110” rusumli traktorni olish uchun yillik 4,5 foizli ustama bilan o‘n yilga shartnoma tuzdik. O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar biz uchun nihoyatda foydali bo‘layotir”. 

Bu Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 2017-yil uchun shartnoma tuzgan Bekobod tumanidagi “Navbahor adirlari” fermer xo‘jaligi rahbari Adham Ro‘zibekovning so‘zlari. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 27 Oktyabr 2016 10:09

Poytaxtimizda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boshlandi

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mamlakatimizning barcha tarmoqlari va yetakchi korxonalari ishtirok etmoqda. Qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat, avtomobilsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati shular jumlasidan. Ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqarayotgan yoki o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar turlari hamda istiqbolli loyihalari bilan qatnashmoqda. Barcha viloyatlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan, biroq hali talab darajasida foydalanilmayotgan iqtisodiy, moliyaviy, mehnat resurslarini va istiqbolli loyihalarni taklif etmoqda. 

O‘zbekiston Markaziy banki, Banklar assotsiatsiyasi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida "Iqtisodiyotda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish va investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Moliya vazirligi, Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi mas’ul xodimlari, moliya-kredit tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, tijorat banklari, xorijiy moliya institutlari vakolatxonalari vakillari, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 24 Oktyabr 2016 14:48

I. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida belgilab berilgan 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari izchil amalga oshirilishi va puxta o‘ylangan makroiqtisodiy hamda faol tarkibiy siyosatning davom ettirilishi joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. 

Yalpi ichki mahsulot hajmi 2015-yilning shu davriga nisbatan 7,8 foiz, sanoat hajmi 7,2 foiz, qishloq xo‘jaligi hajmi 6,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,2 foiz o‘sdi. 

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 2,2 foizni tashkil qilgan inflatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash orqali erishildi. 

Sanoatni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirishga oid faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmining 9,4 foizga va pudrat-qurilish ishlarining 15 foizga o‘sishi imkonini berdi. 

Joriy yil boshidan buyon 2016-2020-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 9 mingta yangi servis obyekti tashkil etilgani shu yilning to‘qqiz oyida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 12,4 foiz va yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushini 2015-yilning shu davridagi 51,2 foizdan 51,7 foizgacha oshirish imkonini berdi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 21 Oktyabr 2016 15:06

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida bojxona organlari tomonidan internet tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazildi. 

Qo‘mitada “Bojxona posti – hududiy bojxona boshqarmasi – Davlat bojxona qo‘mitasi” halqasi bo‘yicha axborotlarni real vaqt miqyosida yig‘ish, nazorat va tahlil qilish, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir qator tizimlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Qo‘mitaning www.customs.uz veb-sayti orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish joriy etilgani, barcha turdagi bojxona deklaratsiyalari va unga tegishli boshqa hujjatlarning elektron shakllari hamda ularni to‘ldirish tartiblari joylashtirilgani, elektron deklaratsiyalashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilgani shular jumlasidandir. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 20 Oktyabr 2016 12:48

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzuida konferensiya o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev joriy yil 5-oktabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon tadbirkorlik rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 19 Oktyabr 2016 10:44

Poytaxtimizning Olmazor tumani hokimligida «Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasi hamda ularga yaratilgan imtiyoz va qulayliklar» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, adliya, soliq boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda prokuratura, soliq idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 18 Oktyabr 2016 12:26

Poytaxtimizda 12-13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining nufuzi yildan-yilga ortib, dunyoning turli mamlakatlaridagi biznes tuzilmalar e’tiborini jalb etmoqda. Bu bejiz emas. Negaki, paxta bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari, paxta sanoati va uning turdosh tarmoqlarining ertangi kuni aynan shunday forumlar natijasiga bog‘liqdir. 

Yarmarkada 550 ming tonna o‘zbek paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1 milliard 322 million dollardan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi. Bu jahon bozorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlariga talab yuqoriligini namoyon etdi. 

2016-yil 13-oktabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev olib bordi. 

Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalashni chuqurlashtirishning eng muhim vazifalarini bajarish, joriy yilda foydalanishga topshiriladigan eng muhim obyektlarni ishga tushirishni so‘zsiz ta’minlash, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi har tomonlama ko‘rib chiqildi va tanqidiy tahlil qilindi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 17 Oktyabr 2016 09:51

2016-yil 12-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kelgusi yilning eng muhim moliyaviy-iqtisodiy hujjatlari bo‘lgan – 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyalari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari har tomonlama muhokama qilindi hamda qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan, joriy yilda makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlashni, shuningdek, Davlat byudjetining asosiy parametrlari bajarilishini ta’minlagan 2016-yilgi va kelgusi yillar uchun iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar chuqur tahlil qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 11-oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz janubiy hududining ulkan iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining hayot darajasi yuksalmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 13 Oktyabr 2016 10:26

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2016-yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. 

Joriy yilning 9 oyida Kompleks bo‘yicha jami 4,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko‘rsatildi. O‘sish sur’ati 2015-yilning shu davriga nisbatan 127,6 foizni tashkil etdi. Aholiga 2,9 trillion so‘mlik  (122,7 foiz) pullik xizmatlar ko‘rsatildi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 11 Oktyabr 2016 14:49

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatimizning, taraqqiyotimiz va farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart, deb ta’kidlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon ana shu maqsadlarning amalda to‘liq ro‘yobga chiqishiga yangi imkoniyatlar yaratadi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 10 Oktyabr 2016 16:20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida: 

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin. 

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar: 

o‘z faoliyatida yuqorida ko‘rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlasinlar; 

o‘z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar; 

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlasinlar. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 07 Oktyabr 2016 10:36

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar barcha sohalarda izchil davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Shu yilning 24-31-oktabr kunlari mamlakatimizda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan brifingda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasining direktori vazifasini bajaruvchi R.Keldiyorov bu yilgi yarmarka va birjada mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari, shuningdek, xorijiy kompaniyalarga ko‘plab yangiliklar taqdim etilishini ta’kidladi. 

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini o‘tkazishdan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarishni optimallashtirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani mustahkamlash hamda rivojlantirish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berish, yangi hamkorlar topish, mahsulotlarni yetkazib berish, jumladan, eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga ko‘maklashishdan iboratdir. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 06 Oktyabr 2016 10:00

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonunning Buxoro viloyatidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. 

Unda Buxoro viloyatida mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi darajaga ko‘tarish borasidagi keng ko‘lamli ishlar natijasida 50 dan ortiq korxona eksportga jalb qilinib, Rossiya, Qozog‘iston va Polshada savdo uylari barpo etilgani, 2015-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgani qayd etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 1-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Buning samarasida viloyat markazi, shahar va qishloqlarining qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholining hayot darajasi yuksalmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 03 Oktyabr 2016 15:49

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida boshlangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari samarasida shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi, iqtisodiy salohiyat sezilarli darajada yuksaldi, aholi farovonligi ortdi. Bu yutuqlar mamlakatimizning shimoliy hududlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 28-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 30 Sentyabr 2016 10:17

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, yosh tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 28 Sentyabr 2016 10:36

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 20-sentabr kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. 

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida 2012-yilda tashkil etilgan «Angren» maxsus industrial zonasida keng ko‘lamli ishlar, jumladan, 11 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Joriy yilning oxiriga qadar yana 7 ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 28-avgustdagi qaroriga muvofiq hayotga tatbiq etilayotgan «Angren» maxsus industrial zonasi hududida konveyyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasining amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda yiliga 100 ming pogon metr konveyyer lentasi, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun 200 mingta shina, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Mazkur yirik sanoat korxonasi mustaqilligimizning 26-yilligi arafasida ishga tushirilishi qayd etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 27 Sentyabr 2016 11:39

Toshkent shahrida 23-sentabr kuni “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamda mamlakatimizdagi Germaniya iqtisodiyoti klubi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, sanoat, energetika, logistika, bank-moliya, muhandislik, korporativ boshqaruv, qurilish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 26 Sentyabr 2016 10:19

Endi korxona yiliga 200 ming tonna eksportbop mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 15-dekabrdagi “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan mazkur loyihaga 104,4 million dollarlik investitsiya jalb etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 23 Sentyabr 2016 09:57

“O‘zekspomarkaz”da energetika jihozlari, elektrotexnika vositalarining XI “UzEnergyExpo – 2016”, qurilish materiallari, isitish va ventilatsiya, suv ta’minoti, mebel va dizayn sohasidagi VI “UzStroyExpo – 2016” xalqaro ko‘rgazmalari ish boshladi. 

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyalari, “O‘zkommunxizmat” agentligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida “IEG Uzbekistan” ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘ndan ziyod davlatning oltmishdan ortiq kompaniya va korxonasi hamda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari ishtirok etmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Sentyabr 2016 11:49

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 917 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!