РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Food Moscow – 2017” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish, tadbirkor va ishbilarmonlarning yirik xalqaro yarmarkalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magi bilan tadbirkorlarimiz turli xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib, foydali kelishuvlar tuzishga erishmoqda.

2017-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining joriy yil I yarim yilligidagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqdilar.

Dastavval siyosiy partiyalar fraksiyalarining va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, shuningdek, Qonunchilik palatasi sohaga oid qo‘mitasining majlislarida ushbu masalaning dastlabki muhokamalari o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko‘ra ishlab chiqilgan va joriy yilning 7-fevral kuni tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining bajarilishi, birinchi yarim yillikda davlat organlari, nazorat qiluvchi organlar, bank-moliya muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining mexanizmlari va shakllarini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sishning muntazamligi va makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib turishini ta’minlaganligi majlisda ta’kidlab o‘tildi.

Mamlakatimiz tarmoqlari va hududlaridagi yuqori investitsiyaviy faollik, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlash asosida raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqaruvchi yuqori texnologiyali loyihalarning amalga oshirilishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun yanada qulay iqtisodiy shart-sharoitning yaratilishi, ular ekspert faoliyatining rag‘batlantirilishi, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish sohasining, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy turlari paydo bo‘lishi hisobiga jadal rivojlanishi iqtisodiyot o‘sishining asosiy omillari bo‘ldi.

Xalqaro sammit doirasidagi samarali uchrashuvlar Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-10 sentyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ldi.

10 sentyabr kuni Ostona shahrida Mustaqillik saroyida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti ochildi.

Mazkur saroyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev kutib oldi.

Sammitni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ochdi.

Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish” mavzusida o‘tdi.

Ma’lumki, 2016 yil 18 oktyabr kuni Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori uning asosiy g‘oyasi etib belgilangan edi. Shu ma’noda Ostona sammitini Toshkentda o‘tgan sessiyaning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

Sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017-yil 9-10-sentabr kunlari Qozog‘istonga tashrif buyuradi va Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida Ostona shahrida "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 08 Sentyabr 2017 09:52

Concrete

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5-6-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning Ala-Archa qarorgohida 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalarni kengaytirish, istiqbolda amalga oshiriladigan hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda "O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy" temir yo‘li magistrali loyihasi qisqa muddatlarda amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi. Bu mintaqada ichki tovar aylanmasining o‘sishi va Markaziy Osiyoning "Sharq – G‘arb" yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli tranzit bo‘g‘ini sifatidagi jozibadorligini oshirishi qayd etildi.

Mintaqa va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradigan hamda ularning iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydigan "O‘zbekiston – Qirg‘iziston –Xitoy" yangi avtomobil yo‘lagini shakllantirish muhimligi e’tirof etildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 07 Sentyabr 2017 10:14

Concrete

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5-sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Bishkek shahridagi «Manas» xalqaro aeroportida mamlakatimiz Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev kutib oldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlik yanada boyib, o‘zaro aloqalar sezilarli ravishda faollashdi. Davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi.

Xalqlarimiz azaldan bir daryoning ikki qirg‘og‘ida, yaqin qo‘shni sifatida yashab kelgan. Tariximiz umumiy, madaniy va diniy qadriyatlarimiz mushtarak, an’ana va urf-odatlarimiz o‘xshash. Mashhur adib Chingiz Aytmatov aytganidek, "Xalqlarimizning qoni bir, tili bir".

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Sentyabr 2017 09:29

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 2017-yil 5-6-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasida  bo‘ladi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 05 Sentyabr 2017 09:57

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari «Toshkesgan» fermer xo‘jaligining paxta dalasini ko‘zdan kechirdi. Fermer va dehqonlar bilan agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va sifatli amalga oshirish, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish xususida suhbatlashdi.

Biz qishloq xo‘jaligi sohasida hamma narsani bilamiz, deb o‘ylaymiz. Aslida biz bilmagan narsalar juda ko‘p. Shunday ekan, bu borada o‘qish, izlanishdan to‘xtamasligimiz, fermerlarning o‘qishini tashkil etishimiz kerak. Ularga yetuk mutaxassislar dars berishi zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Jizzax viloyatida paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Viloyatda 481 ming gektar ekin maydoni bo‘lib, uning 261 ming gektari sug‘oriladigan yerlardir. 12 mingdan ortiq fermer xo‘jaligining 3 ming 978 tasi g‘o‘za parvarishlamoqda.
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 04 Sentyabr 2017 10:01

Mamlakatimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 31 Avgust 2017 09:37

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 30 Avgust 2017 09:59

Concrete

Assalomu alaykum, muhtaram mehmonlar!

Hurmatli festival qatnashchilari!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, siz, azizlarni qadimiy va go‘zal O‘zbekiston zaminida, azim Samarqand shahrida samimiy qutlashga ruxsat bergaysiz.

Barchangizni “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugungi marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlamentlar assambleyasi raisi Kristin Muttonen, Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjri janoblari kabi yuqori martabali mehmonlarimiz ishtirok etayotgani bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Shuningdek, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha xalqaro markaz – IRSIKA bosh direktori Xalit Eren, Xalqaro folklor san’ati tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Xyun Suk, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Nikolayevich Lebedev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Yefimovich Shvidkoy, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Qandov va boshqa qadrli mehmonlarimizni, xalqimizga hurmat ko‘rsatib, mana shunday anjumanlarimizda har safar ishtirok etib kelayotgan diplomatik korpus vakillarini samimiy qutlashdan baxtiyorman.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 29 Avgust 2017 09:57

Concrete

O‘zbekiston Prezidenti Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali va “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, BMTning turizm sohasidagi ixtisoslashgan instituti bilan hamkorlik jadal va samarali kechayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. 2004-yildan Samarqand shahrida ushbu tashkilotning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda. Hamkorlik natijasida o‘tgan davrda O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jahon turizm bozorida targ‘ib qilishga qaratilgan o‘nlab muhim loyihalar amalga oshirildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 28 Avgust 2017 09:45

Concrete

2017-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.

Senatorlar ishni “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar. Qonun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 25 Avgust 2017 10:06

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, I.Shuvalovni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Rossiya tomonidan raisi etib tayinlangani bilan samimiy tabrikladi.

Prezidentimizning shu yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni to‘la amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi dastur va loyihalarini hayotga samarali tatbiq etishda Komissiya muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 24 Avgust 2017 09:43

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mustaqillik yillarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari J.Obidjonov va boshqalar elektr energetika sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanishini ta’kidladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ushbu jabhadagi o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Mamlakatimizda hosil qilinayotgan elektr energiyasining qariyb 97 foizi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili elektr energetika tizimidagi mavjud korxonalar tomonidan iste’molchilarga jami 57 milliard kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 23 Avgust 2017 09:45

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi 2017-yil 24-avgust kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari 2017-yil 23-avgust kuni soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyyesida ro‘yxatga olinadi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 22 Avgust 2017 10:56

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Bekobod shahrida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifini «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatidan boshladi.

Mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri bo‘lgan ushbu kombinatda qora metall parchalari va chiqindilar qayta ishlanib, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Prezidentimiz korxonaning maxsus sexlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 21 Avgust 2017 10:26

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasida samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi aloqalar tufayli barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik faollashayotgani qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya qatnovi sohasida amaliy hamkorlik sezilari darajada kengayib, mintaqalar o‘rtasida sheriklik mustahkamlanmoqda, O‘zbekiston va Qozog‘istonda madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 18 Avgust 2017 09:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhit yaratish, jumladan, sohada xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surish maqsadida:

1. 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mazkur qarorda ko‘zda tutilgan va Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishning manbalari etib tadbirkorlik subyektlari – loyiha tashabbuskorlari, vazirlik va idoralar – ijrochilarning o‘z mablag‘lari, jalb etilayotgan tijorat banklarining kreditlari, chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning zayom va grantlari, xayriya mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Постановление Президента Республики Узбекистан

В целях обеспечения режима максимального благоприятствования, с созданием комфортной экономической, административной и правовой среды для ускоренного развития отечественной индустрии туризма, в том числе приоритетного задействования частного сектора, дальнейшего повышения его конкурентоспособности и качества предоставляемых услуг, расширения экономического потенциала регионов и их доходной базы, организации новых рабочих мест, а также активного и комплексного продвижения национального туристского продукта на мировых рынках на краткосрочную перспективу:

1. Утвердить Программу первоочередных мер по развитию туризма на 2018-2019 годы (далее – Программа первоочередных мер) согласно приложению № 1.

Определить источниками финансирования реализации мероприятий, предусмотренных настоящим постановлением и включенных в Программу первоочередных мер, собственные средства субъектов предпринимательства – инициаторов проектов, министерств и ведомств – исполнителей, привлекаемые кредиты коммерческих банков, иностранные инвестиции, займы и гранты международных финансовых институтов и стран-доноров, благотворительные пожертвования, а также другие источники, не запрещенные законодательством.

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida ochiq dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya Respublikasining axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish milliy agentligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda axborot texnologiyalari va ochiq kodli dasturiy ta’minot yaratuvchi kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmon doiralar va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Koreya Respublikasi Axborotlashgan jamiyat milliy agentligi vitse-prezidenti Kim Te Yul va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lami yildan-yilga kengayib borayotganini ta’kidladi. Jamiyatni axborotlashtirish, xususan, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik mexanizmlari yaratilgani tomonlarning mushtarak maqsadlari sifatida qayd etildi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axboroti

2017-yilning 22-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo‘lgan himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 Avgust 2017 10:48

Concrete

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizning rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan hisoblanadi. Mazkur investitsiyaviy loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 14 Avgust 2017 11:47

Samarqandda viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh fermer va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi”gi farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir yosh fermer va tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ular duch kelayotgan muammolarga yechim topish kabi maqsadlarga qaratildi.

Samarqand tumanidagi “A’zam Azamat Agro” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida tashkil etilgan yosh fermerlar uchun ochiq muloqotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi vakillari, viloyatdagi tijorat banklari, davlat soliq boshqarmasi, savdo-sanoat palatasi, fermerlar kengashi, “Yagona darcha” markazi va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-avgust kuni Toshkentda joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlatimiz rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog‘ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimlari, tarmoqlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonun, Prezidentning 180 dan ortiq Farmoni, 450 dan ortiq qarori qabul qilingani va bu jarayon uzluksiz davom etayotganini, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini ta’minlashda barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 10 Avgust 2017 09:28

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni Osiyo qit’asida zamonaviy va ishonchli infratuzilmani shakllantirishga ko‘maklashadigan yangi xalqaro moliya instituti bo‘lgan ushbu bank o‘z amaliy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlagani bilan samimiy tabrikladi.

2015-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pekinda joylashgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki dunyoning turli mamlakatlarida 17 investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda faol qatnashmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 14 Avgust 2017 11:45

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yosh tadbirkor va fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Kegeyli, Qorao‘zak, Taxtako‘pir va Chimboy tumanlarida faoliyat olib borayotgan yosh tadbirkorlar, fermerlar ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor navqiron avlodning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan natijalar, shuningdek, davlatimiz rahbarining Andijon viloyati va poytaxtimizning Chilonzor tumaniga tashriflari chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar va investorlar qatnashdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Avgust 2017 10:43

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi Xitoyning “Shandong Guang Tong Silkworm eggs” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu kelgusi besh yilda O‘zbekistonning dunyo mamlakatlariga ipak qurti urug‘i eksport qilishini ta’minlaydi. 

– Bizga pillachilik yo‘nalishida berilgan qator imtiyozlar juda ma’qul bo‘ldi, – deydi “Shandong Guang Tong Silkworm eggs” kompaniyasi rahbari Feng Dong. – Shu bois kelgusida Navoiy va Kashqadaryo viloyatlarida elita ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish zavodi barpo etishga kelishib oldik. 2018-yilgi mavsumda pillakorlarga 40 ming quti ipak qurti urug‘i yetkazib berish mas’uliyatini zimmamizga oldik. 2020-yilga borib bu ko‘rsatkich 200 ming qutiga yetkaziladi. 

Concrete

Farg‘ona viloyati shahar va tumanlarida yosh tadbirkor va fermerlar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Yosh tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligini munosib nishonlash hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektor taraqqiyotida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda barcha tuman va shaharlardan eng faol ishbilarmon ayollar qatnashdi. 

Concrete

Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asi – yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi. 

Inson hayotdan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki, u o‘z uyiga ega bo‘lsa, oilasi bilan tinch-totuv yashasa. Xalqimizning yaxshi odati bor - topganini to‘yga, imorat qurishga sarflaydi. Farzandlari kelajagi uchun poydevor qo‘yadi. Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang, shaharu qishloqlarda bunyod etilayotgan zamonaviy uy-joylarni ko‘rib, dilingiz yayraydi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yanada jadallashtirish, odamlarning ezgu orzu-maqsadlari yuzaga chiqishiga yaqindan ko‘maklashish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga oid keng ko‘lamli tashabbuslar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu hayotiy muhim masalalar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. 

Bugun – Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Milliy urf-odatimizga binoan ushbu marosimlarda elga osh tortildi. Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi. 

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususan, yangi uzilgan meva-sabzavotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish uchun tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 21-iyundagi «Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Iyul 2017 09:39

Farg‘ona viloyatida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududiy investitsiya dasturiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 139,9 milliard so‘mlik investitsiya jalb etilib, 43 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. 

Prezidentimizning shu yil 21-iyundagi "Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari va korxonalar tomonidan meva-sabzavotlar eksportini oshirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 360 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi, 120 dan ortiq mahsulotlarning eksport qilinishi o‘zlashtirildi, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, yengil avtomobillar va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarning eksport hajmi sezilarli darajada ortdi. 

Concrete

Davlatimiz rahbari Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi. 

74 yoshni qarshilagan Aminjon bobo umr yo‘ldoshi Ixtibor momo bilan besh farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardog‘ida. 

Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini tashkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar yerda manzarali daraxtlar va butalar ekib, bog‘ yaratgan. 

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlatimizning doimiy e’tiborida. Har yili qabul qilinayotgan bandlik dasturida aynan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. Kollej bitiruvchilarini ishga qabul qilayotgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlariga esa bir qator imtiyoz va yengilliklar berilmoqda. Har bir kollejga muayyan bank biriktirilgan holda bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari, yosh tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar, kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari, ularning ota-onalari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 19 Iyul 2017 09:27

Concrete

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat boshlagan tadbirkorlik subyektlariga guvohnomalar topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni iqtisodiy hududlar faoliyatini yanada yaxshilash, investitsiyaviy muhitni barqarorlashtirishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Prezidentimiz joriy yil mart oyida Navoiy viloyatiga tashrifi davomida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, yechimini kutayotgan muammolar xususida fikr bildirdi, zarur ko‘rsatmalar berdi. Tadbirda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 19 Iyul 2017 09:59

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017-yil 12-iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, hukumat a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar kengashlari a’zolari, mahalliy ijro organlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 13 Iyul 2017 10:37

 

Poytaxtimizda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan «Ipoteka-bank»ning Yashnobod filiali bilan hamkorlikda «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy biznesni rivojlantirish, fuqarolar, jumladan, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va bu borada banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari joriy yil 3-fevral kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida bo‘lib, zamonaviy uy-joylar qurish, transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qator istiqbolli vazifalarni belgilab bergan edi. Bu galgi tashrifda ana shu ishlarning ijrosiga e’tibor qaratildi. 

Bugun Sergeli tumanining 6-mavzesi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 66 ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Ular Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi. 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi. 

Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi. 

Orzu mahallasida Birinchi Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 2014-2016-yillarda namunali loyihalar asosida 708 uy-joy, mahallaning yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 6 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada otalar choyxonasi, savdo shoxobchalari, mini futbol maydoni, bolajonlar uchun turli attraksionlar ishlab turibdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 10 Iyul 2017 09:41

Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda «Invest Finance Bank» («InFin Bank») o‘rtasida savdo-sotiq yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda hamkorlikdagi qariyb 60 loyihani moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan. 

Shu yil mart oyida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao rahbarligidagi OTB delegatsiyasining mamlakatimizga qilgan tashrifi chog‘ida suv ta’minoti, yo‘l qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda meva-sabzavotchilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilish bo‘yicha to‘rtta bitim imzolangan. 

Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Bank kreditlari – yoshlar va xotin-qizlar uchun” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Mikrokreditbank” viloyat filiali hamkorligida ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarni ish bilan ta’minlash, xotin-qizlar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, chekka hududlarda bank xizmati va kreditlaridan yanada keng foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan seminarda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, bank mutaxassislari, tadbirkorlar, hunarmand xotin-qizlar, bitiruvchilar, jurnalistlar ishtirok etdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-iyul kuni Toshkent shahrida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda Vazirlar Mahkamasining Kommunal xizmatlar, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi hamda Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarlari bilan birga, ushbu komplekslar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ikkinchi yarim yillikdagi dolzarb vazifalar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi va har tomonlama, atroflicha muhokama qilindi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan davr mobaynida mazkur komplekslar tarkibiga kiruvchi sohalar bo‘yicha muayyan natija va marralarga erishilgan bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmasdan, hali yechimini kutayotgan masalalarni tahlil qilish, mavjud rezerv va imkoniyatlarni to‘liq ishga solish choralarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-iyul kuni Seul shahri meri Pak Von Sunni qabul qildi. 

Seul shahri meri Prezidentimizga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning ushbu mamlakatga joriy yil davomida davlat tashrifi bilan borish taklifini shaxsan topshirish uchun Toshkentga kelgan. 

Davlatimiz rahbari taklifni mamnuniyat bilan qabul qilar ekan, bugun O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyani do‘stlik rishtalari, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog‘lab turganini alohida ta’kidladi. 

Koreya Respublikasi mamlakatimizda sanoat va infratuzilmani diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga doir ustuvor dasturlarni amalga oshirishda an’anaviy yetakchi investitsion va texnologik sherik hisoblanadi. Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklarining 7 milliard dollardan ziyod investitsiyalari jalb etilgan holda iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 04 Iyul 2017 10:06

Concrete

Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 30-iyun kuni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 

Anjuman dasturi rang-barang tadbirlarga boy bo‘ldi. Qurultoy delegatlari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Taqdir sinovlari” spektaklini tomosha qildi. “Shahidlar xotirasi” xiyoboni va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasini borib ko‘rdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Yakkasaroy tumanidagi 144-umumta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yoshlar ijod saroyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida akademiklar va yosh olimlar bilan uchrashdi. 

Qurultoy delegatlari Mustaqillik maydonida hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 03 Iyul 2017 10:16

Concrete

Prezidentimiz Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi 8-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari joriy yilning 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish zarurligini ta’kidladi. 

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, ichki ishlarni xalqimizga yanada yaqinlashtirish, jinoyat sodir etilishining oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish maqsadida poytaxtimiz tumanlari ichki ishlar boshqarmalari qoshida shahar ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilmoqda. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 30 Iyun 2017 10:33

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida mahalliy xomashyodan sement ishlab chiqaruvchi “Karakalpak sement” korxonasi ish boshladi. 

Korxonaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar jarayonida qulay investitsiya muhiti yaratish, xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Joylarda yirik ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilayotgani aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Umumiy investitsiya qiymati 40 million dollar bo‘lgan ushbu loyihaning birinchi bosqichida 17 million dollar miqdoridagi investitsiya o‘zlashtirildi. 200 dan ziyod aholining doimiy bandligi ta’minlandi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Iyun 2017 10:35

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda 2017-yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, eksportchi tadbirkor va fermerlar qatnashdi. 

Concrete

Ramazon oyi ma’naviy-ruhiy hayotimizda, jamiyatimizdagi o‘zaro ahillik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Xalqimiz azal-azaldan ushbu muborak kunlarda o‘zgalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatgan, bemorlar holidan xabar olgan, ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan. Bu an’ana mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham uyg‘undir. 
        
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ushbu ayyom ezgulik, xayru saxovat ruhida o‘tmoqda. Keksalar, bemorlar holidan xabar olinmoqda. Ana shu an’anaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 27 Iyun 2017 10:46

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. 

Farg‘ona viloyati o‘zining yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Joriy yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,1 foiz o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qurilish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi. 

Sanoat mahsulotining 96 foizdan ortig‘i kimyo, neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari tayyorlash kabi zamonaviy tarmoqlarda ishlab chiqarilmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Farg‘onaazot”, “Avtooyna”, Qo‘qon mexanika zavodi, “DEU tekstil Farg‘ona”, “Qo‘qon Indorama tekstil” kabi yirik sanoat korxonalari nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o‘rin egallaydi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 23 Iyun 2017 09:59

Syurix shahrida O‘zbekiston va Shveytsariya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, shuningdek, mamlakatimiz to‘qimachilik va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan o‘nga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etdi. 

Forumda shveytsariyalik biznesmenlarga O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘rsatayotgan xizmatlar, ikki tomonlama hamkorlik yo‘lida erishilgan natijalar va ustuvor yo‘nalishlar, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning xorijiy xaridorlar uchun tijorat takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Iyun 2017 09:44

Toshkent shahrida 2017-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 

Qurultoyda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 19-iyundagi «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi. 

Mamlakatimizda xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 21 Iyun 2017 17:06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qayd etilsinki, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlayotgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, davlat xizmatlari ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda, davlat bilan ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rta sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning eng muhim omili sifatida kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. 

Shu bilan birga, taraqqiyotning hozirgi bosqichida biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarida shakllangan yondashuvlarni qaytadan ko‘rib chiqish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning yangi tizimi yaratilishini taqozo etmoqda. 

Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada faol jalb etish va xususiy biznesini boshlashga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha sarsongarchiliklarsiz va qog‘ozbozliksiz tezkor hal etishga xizmat qiladigan bozor infratuzilmasining barqaror ishlashi va yanada rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmning samarali tizimini yaratish zarur. 

Shu o‘rinda, maqomi, faoliyat yo‘nalishi va ko‘lami, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va vakolatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. 

Concrete

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabini borib ko‘rdi. 

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda. 

Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi. 

Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.  

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 19 Iyun 2017 10:03

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi.

Shu yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, "Nuroniy" va "Mahalla" jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, islomiy ta’lim muassasalari mutasaddilari va talabalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

* * *


Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar! 

Avvalo, shu ulug‘ ayyom kunlarida – muborak Ramazon oyida siz, azizlar bilan ko‘rishib turganimdan xursand ekanimni bildirib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz. 

Qadrli do‘stlar! 
Bugun sizlar bilan – el-yurtimiz o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan din arboblari, ilm-fan, madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari bilan muhim bir masalani muhokama qilish uchun shu muhtasham zalga yig‘ildik. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Iyun 2017 13:08

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifidan so‘ng mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyati hokimligi, ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Jizzax viloyatida bo‘ldi. 

Jambil viloyati hokimi Karim Kokrekbayev boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari va mamlakatlarimiz hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 480 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!