РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'zbekiston yangiliklari

Concrete

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning yetakchi kompaniyalaridan biri "Jeneral elektrik" korporatsiyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida fikrlarini bildirdi:

– Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul, mazmunli va samarali muloqot uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Fevral 2018 09:58

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 2017-yil 16-avgust va 19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentabrda Prezidentimiz tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida o‘tkazilgan majlislarda ham bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 15 Fevral 2018 16:11

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 13-fevral kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Kim Dong Yonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik barqaror sur’atlar bilan kengayib, an’anaviy do‘stona aloqalar va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Fevral 2018 10:24

Concrete Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.

Toshkent shahrida so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugun poytaxtimiz tom ma’nodagi qurilishlar maydoniga aylangan. Yangidan-yangi inshootlar, korxonalar, tibbiyot va ta’lim muassasalari, sport majmualari, ravon yo‘llar, ko‘priklar, mahalla guzarlari, bozorlar, bog‘lar, xiyobonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishidagi 2-bosqich qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev bu kabi murakkab jarayon nafaqat mablag‘, balki aqliy mehnat va yuksak mahorat, chuqur bilim va tafakkur, yuqori texnologiyalarni talab qilishini ta’kidladi.

Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis, 40 ta texnik vosita va mexanizm jalb etilgan. Metro qurilishiga Germaniyadan yerosti tunnelini qaziydigan kompleks, burg‘ulash va temir-beton qoziq qoqish texnikasi, shuningdek, GFR va Xitoy kranlari olib kelingan.

Qurilayotgan metro uchastkasining uzunligi 2,9 kilometr bo‘lib, uni 2019 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Fevral 2018 10:27

2018-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki davlat rahbarlari 2017-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga to‘liq va o‘z muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan.

O‘tgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq, shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha samarali mexanizm yaratilmagan.

Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‘ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo‘yicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda ko‘plab masalalar to‘planib qolgan, ularning yechimi bo‘yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Fevral 2018 10:10

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-fevral kuni farmatsevtika sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijadorligini tahlil qilish, istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. O‘tgan yili bu masalalarga bag‘ishlab bir necha yig‘ilish o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tashrifi chog‘ida sohadagi ahvol bilan bevosita tanishdi. Tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qaror qabul qilindi.

Aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Shu kabi tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. 2017-yili 1,6 milliard shartli qadoqda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarildi. Bu 2016 yilga nisbatan 34 foiz ko‘pdir.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 07 Fevral 2018 10:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2018-yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. 2018-yil 10-fevraldan boshlab fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy turizm mahsulotini targ‘ib qilish markazi» DUK O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatilsin.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 06 Fevral 2018 09:25

Concrete Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli Tatyana Akbarovna!

Muhtaram Samarqand ahli!

Barchangizga ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yillik tavallud ayyomi butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Mana, hozirgina Qashqadaryo viloyatida bo‘lib qaytdik. Qarshi shahrida Islom Abdug‘aniyevich xotirasiga bunyod etilgan haykalning tantanali ochilishi va ehson marosimi bo‘lib o‘tdi. Ana shu xotira tadbirlarining davomi sifatida sizlar bilan azim Samarqand shahrida, tom ma’noda tabarruk zaminda yana bir tarixiy voqea munosabati bilan to‘planib turibmiz.

Concrete Qashqadaryo zaminida yetishtirilgan, quyosh nuriga to‘yingan, unumdor va bahavo hududlarda pishib yetilgan sarxil noz-ne’matlar g‘oyat mazali va foydali darmondorilarga boy bo‘ladi. Shu bois bunday mahsulotlarni yurtdoshlarimiz ham, xorijliklar ham birdek sevib iste’mol qiladi.

Davlatimiz rahbari 2017- yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish hajmlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Yakkabog‘ tumanidagi “Darmon farm” xususiy korxonasiga qarashli "Darmon sharbati" meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi 2017- yil avgust oyida ishga tushirildi. Bu yerda kuniga 12 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, energiyatejamkor uskunalar bir kecha-kunduzda 20 tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega. Asosan olma, oshqovoq va sabzi sharbati tayyorlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda. Kelgusida uzum, anor va boshqa qator sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar samarali ish jarayoni va yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni ta’minlamoqda. Meva-sabzavotlarning tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanadi. Korxona xodimlari kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir. Ularga zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorijlik mutaxassislar saboq bergan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 29 Yanvar 2018 09:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston rahbariga samimiy hamdardlik bildirgani va qo‘llab-quvvatlagani, tashkiliy masalalarni hal etish va fojia sabablarini aniqlashda ko‘rsatilgan tezkor yordam uchun minnatdorlik izhor qildi.

Kelgusida bunday hodisalar ro‘y berishining oldini olish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari, mas’ul idoralari va tashkilotlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.

2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 24 Yanvar 2018 09:54

Concrete

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, avval belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Surxondaryo viloyati ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Viloyatning yer osti va yer usti boyliklaridan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududning sanoat salohiyatini yuksaltirib, eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilayotgan bo‘lsa, agrar tarmoqda yuz berayotgan o‘zgarishlar aholining to‘kin, obod hayotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 10-11-fevral kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar ishga tushirilib, ko‘plab yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Servis va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari yangi bosqichda rivojlanishga yuz tutdi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etishga e’tibor yanada kuchaydi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Yanvar 2018 14:40

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 18-yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut delegatsiyasi tarkibiga Jahon bankining vitse-prezidenti Siril Myuller, mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, ijrochi direktori Verner Gruber hamda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori ham kiritilgan.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan sheriklik izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, yirik infratuzilma obyektlari va korxonalar barpo etish jarayoniga chet el investitsiyalari izchil jalb qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlashda investitsiyalarning muhimligini qayd etar ekan, shu paytgacha bu boradagi ishlar pala-partish bajarib kelinganini tanqid ostiga oldi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Yanvar 2018 10:34

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 16-yanvar kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Xitoy elchisining faoliyati samarali bo‘lgani hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta hissa qo‘shganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017-yil may oyida XXRga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif va ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlar O‘zbekiston – Xitoy hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va uni aniq mazmun bilan boyitish imkonini bergani ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Yanvar 2018 10:01

Concrete

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Barchangizga yaxshi ma’lum, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda hayotning o‘zi barcha sohalar kabi tashqi siyosat yo‘nalishidagi faoliyatimizni ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqishni, Tashqi ishlar vazirligi, elchixonalarimiz, butun diplomatik korpusimiz ishini yangicha tashkil qilishni talab etmoqda.

Sizlarning ko‘pchiligingiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi bilan videokonferensiya orqali bevosita tanishdingiz. Ayrim elchilarning hisobotlarini butun mamlakatimiz eshitdi.

Murojaatnomada O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi faoliyatini kuchaytirish va samarasini oshirish g‘oyat muhim vazifa qilib qo‘yilganidan barchangiz xabardorsiz.

Davlatimiz va xalqimiz nomidan xorijiy mamlakatlarda ish olib borayotgan vakillarimiz, ya’ni, sizlar bilan yuzma-yuz uchrashib, har biringiz bilan atroflicha gaplashib olishni anchadan buyon rejalashtirib kelayotgan edim.

Bunday uchrashuv birinchi marta o‘tkazilmoqda va juda muhim ahamiyatga ega.

Concrete

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Bugungi yig‘ilishimiz mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida o‘tkazilmoqda.

Avvalo, sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni ana shu umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz.

Bundan roppa-rosa bir yil avval mana shu o‘quv yurtida – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish bo‘yicha oldimizda turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilgan edik.

Uchrashuvda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi dolzarb vazifalardan biri sifatida Akademiya faoliyatini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Bugungi yig‘ilishimiz mutlaqo yangilangan Akademiyada o‘tkazilayotgani hammamizni quvontirmoqda. Bu yerda tashkil etilgan zamonaviy situatsion markaz yil davomida amalga oshirgan ishlarimiz natijasidir.

O‘tgan yil mobaynida biz bu borada erishgan yutuq va ijobiy misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu bilan birga, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida hali ancha muammolar borligini qayd etish zarur. Ularni hal qilish yuzasidan 2018-yilda va kelgusi yillarda qattiq ish olib borishimiz lozim.

Men yil davomida Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy o‘quv mashqlarini Kattaqo‘rg‘on poligonida kuzatdim, Janubi-G‘arbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglarida Mudofaa vazirligi va chegara qo‘shinlari bo‘linmalarini, bugun esa Chirchiq shahridagi harbiy qismni borib ko‘rdim. Harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitdim. Natijada ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan jiddiy, tizimli muammolar aniqlandi. Bular – kadrlar masalasi, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga taalluqli muammolardir.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 23 Mart 2018 11:22

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullangan «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasiga oid shartnomaning ratifikatsiya qilingani Vatanimizning tashqi siyosati va milliy manfaatlari uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi o‘ta muhim hujjatdir. O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-6-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Prezidentimizning mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdig‘idir.

Prezidentimizning joriy yil 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlanganidek, “Sentyabr oyining boshida O‘zbekiston –Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. Tomonlar o‘z siyosiy irodasini, o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini namoyon etgani tufayli o‘tgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu g‘oyat nozik masala bo‘yicha katta natijaga erishildi”.

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-yanvar kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari dastlab, Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” logistika markaziga tashrif buyurdi.

Ko‘p tarmoqli xizmat turlarini o‘zida jamlagan, zamonaviy qulayliklar yaratilgan markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya kabi davlatlarning mazkur sohadagi tajribasi o‘rganildi.

Umumiy qiymati 40 million AQSh dollaridan ziyod va hududi 14,2 gektar bo‘lgan markazda 350 ish o‘rni yaratilgan. Uning eksport va import tovarlari uchun logistika xizmatlari ko‘rsatish yillik quvvati 1 million 200 ming tonnaga teng.

Markaz hududida bojxona bo‘limi tashkil etilgan. Bu yerda markazlashgan mahsulotlar ombori, bojxona posti, bank, deklaratsiya to‘ldirish, sertifikatlashtirish va ko‘rikdan o‘tkazish bo‘limlari, logistika xizmatlari ko‘rsatish, tovar jo‘natish va qabul qilish kompaniyalari, bojxona brokerlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 06 Yanvar 2018 10:12

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida har bir viloyatda Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi ochilishiga bag‘ishlangan marosimda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 2018-yil yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilingani ham buning yorqin dalilidir.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 3-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
 
Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta shakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etilgandi.

Yig‘ilishda mazkur ikki kompleksning o‘tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018-yilga mo‘ljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 04 Yanvar 2018 11:18

Concrete

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2018-yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 04 Yanvar 2018 10:38

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangani jahon hamjamiyati, ayniqsa qo‘shni mamlakatlarda katta qiziqish bilan kutib olindi va keng ma’qullanmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA qo‘shni mamlakatlar axborot agentliklari bilan hamkorlik doirasida keng jamoatchilikni mintaqaning taniqli davlat va jamoat arboblari, oddiy fuqarolarining ushbu mavzuga doir fikr-mulohazalari bilan tanshtirish maqsadida materiallar tayyorladi. Quyida "Kazinform" XAA tomonidan O‘zA uchun maxsus tayyorlangan maqola keltirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z bayrami nishonlanayotgan kunlarda Ostonaga uyushtirgan ilk davlat tashrifi davomida juda muhim kelishuvlarga erishildi, ko‘plab hujjatlar imzolandi. Ta’kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti va EKSPO – 2017 xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining ochilishidagi ishtiroki Qozog‘iston uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Joriy yil sentabr oyida Prezident Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qozog‘iston Prezidentining tashrifi chog‘ida ham muhim kelishuvlar, jumladan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga doir bitim imzolandi.

Ushbu tashriflar va davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari samarasida mamlakatlarimiz ishbilarmon vakillari o‘rtasidagi aloqalar ham faollashdi. Prezidentlarning o‘zaro tashriflari davomida biznes-forum va tadbirkorlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda qariyb 1,2 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolandi. Bu savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishda muhim omil hisoblanadi.

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Novo-Ogaryovo qarorgohida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Dekabr 2017 11:23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentning Davlat maslahatchilari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda 2017-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilishini ta’minlash, milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning barqaror va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biri bu mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy mahsulotlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish ekanini ta’kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 26 Dekabr 2017 10:08

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etadi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 25 Dekabr 2017 10:05

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi spikeri Dostonbek Jumabekovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Qirg‘iziston parlamenti nufuzli delegatsiyasining mazkur tashrifi joriy yil Toshkent va Bishkek shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bu davlatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.

Tomonlarning amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy siyosiy irodasi, turli darajadagi aloqalar va tashriflar faollashgani qisqa muddatlarda salmoqli natijalarga erishish va o‘zaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish imkonini bergani alohida qayd etildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 22 Dekabr 2017 09:29

Concrete

2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.

Senatorlar ishni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 21 Dekabr 2017 14:17

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollashib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlarimiz o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlarda izchil rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuv va imzolangan shartnomalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohadagi faoliyatning samaradorligiga, eng avvalo, mavjud resurslardan nooqilona foydalanish, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi yuzaki o‘rganilganligi bilan bog‘liq qator kamchiliklar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Amaldagi resurslarni, shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi mavjud emas. Buning oqibatida iqtisodiy jihatdan istiqbolli bo‘lmagan loyihalarni tashabbus qilish, moliyaviy mablag‘larni samarasiz sarflash holatlari mavjud bo‘lib, bu oxir-oqibatda, umuman, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirishga olib keladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Dekabr 2017 09:37

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad avval berilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, tahlil qilish va kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdir.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Masalan, Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Dekabr 2017 09:50

Shu yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.Qo‘chqorov ma’ruza qildi.

Deputatlar ta’kidladilarki, mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilayotgan maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlarni, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g‘ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek, ularni jalb etish hisobiga byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.

Deputatlar o‘z e’tiborini Harakatlar strategiyasiga muvofiq joriy yilda boshlangan keng miqyosli islohotlar qo‘shimcha moliyaviy resurslarni talab qilishiga, shu munosabat bilan byudjetning daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha doimiy ravishda ish olib borilayotganligiga qaratdilar.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 15 Dekabr 2017 09:17

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti dastlab poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida bo‘ldi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Sooranbay Jeenbekov mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Dekabr 2017 10:22

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari shakllangani alohida qayd etildi.

Darhaqiqat, tarixan qisqa davr ichida O‘zbekistonda aholi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari tizimi shakllandi. Ularning erkin faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi 200 dan ortiq qonun va qator me’yoriy-huquqiy hujjatni o‘z ichiga olgan huquqiy baza yaratildi.

Hozirgi kunda umumiy soni 9 mingdan oshgan fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylandi. Ular fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun sharoit yaratishga, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Concrete

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli qishloq xo‘jaligi xodimlari!

Men uchun qadrli bo‘lgan dehqon va fermerlar!

Muhtaram do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlarni va sizlar orqali butun xalqimizni yurtimizda birinchi marotaba nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun mana shu muhtasham koshonada yig‘ilgan mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlari timsolida dunyodagi eng sharafli kasb egalarini ko‘rib turibmiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashuvlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro integratsiya jarayonlarini faollashtirish, xususan, mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda mamlakatning transport-tranzit salohiyati muhim o‘rin tutadi.

Shu maqsadda 2008-yili Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil qilinib, O‘zbekiston transport-tranzit salohiyatini yanada yuksaltirish hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Afg‘oniston Prezidenti 5-dekabr kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi. Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘anining tor doiradagi uchrashuvi bo‘ldi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Dekabr 2017 10:35

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 05 Dekabr 2017 09:58

Concrete Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda xalqaro talablar asosida barpo etiladigan yangi aeroport loyihasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston jahonda nafaqat fuqaro aviatsiyasi sohasida, balki xalqaro yuk tashish bozorida ham mustahkam o‘rinni egallab bormoqda. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan dunyoning turli mintaqalariga yuklar qulay, xavfsiz va ishonchli tarzda yetkazib berilmoqda.

Mamlakatimizning bu boradagi salohiyatini yanada oshirish, xalqaro aviatashishlar bozoriga dadil chiqish, laynerlarda yuk tashish sifatini eng zamonaviy talablarga ko‘tarish istiqboldagi muhim vazifalardan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 04 Dekabr 2017 11:48

Concrete

O‘zekspomarkazda 30-noyabr kuni shunday nomli tarixiy-hujjatli ko‘rgazma ochildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ikki mamlakat parlament a’zolari, vazirlik va idoralari rahbarlari, olimlar, diplomatik korpus vakillari, yurtdoshlarimiz va rossiyalik mehmonlar ishtirok etdi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy-hujjatli ko‘rgazma tashkilotchilari va ishtirokchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning qutlov so‘zini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, Rossiya delegatsiyasi rahbari V.Chernov o‘qib eshittirdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 01 Dekabr 2017 10:03

2017-yilning 30-noyabr – 1-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Sochi shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) 16-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari mintaqa va jahondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashishadi, ShHT doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamdagi masalalari, Tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining bajarish bo‘yicha Tadbirlar rejasining amalga oshirish jarayoni va ko‘p qirrali kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, departamentlar mudirlari, vazirlar, qo‘mita va kompaniyalar raislarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz qayd etganidek, bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan ijobiy samaralarga erishilmoqda. Shu bilan birga, aholini bezovta qilayotgan ko‘pgina muammo va kamchiliklar ham o‘z yechimini kutib turibdi. Odamlarimiz ertaga yoki uzoq kelajakda emas, balki bugun yaxshi yashashni, munosib hayot kechirishni istaydi. Shuning uchun biz olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishimiz, ularning sifati va samaradorligini yanada oshirishimiz zarur, dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 27-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda tomonlar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan joriy yil aniq amaliy mazmunga boy bo‘lgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada mustahkamlash, yangi, sifat jihatidan yanada yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini berganini alohida ta’kidladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 24-noyabr kuni “O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining samarali ta’sirini kuchaytirish” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Bank-moliya akademiyasi, O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, valyuta siyosatini erkinlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini mustahkamlash, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 27 Noyabr 2017 10:21

Seul, 23-noyabr. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi. 

Prezidentimizning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 24 Noyabr 2017 10:03

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. 

Davlatimiz rahbari 23-noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston  biznes forumida qatnashdi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 27 Noyabr 2017 09:28

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi. 

Seul shahri aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 22 Noyabr 2017 16:07

Concrete

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni poytaxtimizning Sergeli tumanida qurib bitkazilgan yangi uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda poytaxtimizdagi uy-joy muammosiga alohida e’tibor qaratib, bu borada mutlaqo yangi dastur qabul qilingani, unga ko‘ra 5 yil davomida har bir tumanda 20 tadan, jami 200 dan ortiq 7 va 9 qavatli, ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi, yangi mavzelar barcha ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlanishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi, uylar atrofi obodonlashtirilishini ta’kidlagan edi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 21 Noyabr 2017 11:27

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017-yil 22-25-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi. 

Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 20 Noyabr 2017 10:30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini adolatli, xolis va shaffof o‘tkazish orqali puxta bilimli yoshlarning o‘qishga qabul qilinishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Lekin bugungi kunda test sinovlari orqali oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, keyingi yillarda test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalari, test sinovlari natijalarini e’lon qilish va uni takomillashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Bu hol manfaatdor jamoatchilikning, ayniqsa, ota-onalarning test sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga haqli ravishdagi e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda va har yili ularning ushbu masala yuzasidan qariyb 4 mingdan ziyod asosli murojaatlari kelib tushmoqda.

Ta’kidlash joizki, kirish test sinovlari topshiriqlari va uni o‘tkazish talablari qobiliyatli yoshlarni oliy ta’limga qabul qilish mezonlariga to‘la javob bermaydi. Ayniqsa, ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga iqtidorli yoshlar o‘rniga, ushbu sohalarda yetarli iqtidorga ega bo‘lmagan yoshlar test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilinmoqda.

Forum doirasida “Tog‘-kon uskunalari, ruda va minerallarni qazib olish va boyitish – Mining World Uzbekistan – 2017”, “Metallurgiya, mashinasozlik va dastgohlar – Machinery Central Asia – 2017”, “Transport va logistika – Trans Uzbekistan/Trans Logistica – 2017” va “Qo‘riqlash, xavfsizlik va yong‘inga qarshi himoya CAIPS/Securika Central Asia – 2017” xalqaro ko‘rgazmalari ish boshladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyaci va ITE kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi.

Forum ochilishida mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash orqali yuqori sifatli tovar va xizmatlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Ularda qayd etilishicha, davlatimiz rahbari tomonidan konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

SHHT kotibiyati rasmiy sayti (sectsco.org) Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlariga alohida e’tibor qaratgan: «Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir».

Internet nashrida, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti «xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish»ga ishonch bildirgan holda, ushbu sohada SHHT doirasida va BMTning muvofiqlashtirishda tutgan o‘rniga tayangan holda «mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash»ga chorlagani qayd etilgan.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 15 Noyabr 2017 17:39

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyati samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, sohada ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi fabrikalar qurish bo‘yicha vazifalar belgilab bergan edi.

Shunga muvofiq, yer qa’rini kompleks geologik o‘rganish hamda uzoq istiqbolga mo‘ljallangan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish ishlari yangi bosqichga chiqdi. Joriy yilning o‘zida Prezidentning sohaga oid besh qarori va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.

Samarqandda BMT shafeligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi.

Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” hamda “Barqaror taraqqiyotga tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamjamiyatning Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘magi” mavzularidagi sho‘ba majlislarida dolzarb ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa davlatlari taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Sho‘ba majlislari tugagach, xalqaro forum yakunlari bo‘yicha tashkilotchilarning xulosalari bayon etildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 13 Noyabr 2017 10:51

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha va Bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari N.Germanni BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning BMT bilan, xususan, yaqingacha M.Encha rahbarlik qilib kelgan Mintaqaviy markaz bilan hamkorligi samarali bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Prezidentimiz 10 noyabr kuni Samarqandda ish boshlaydigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiyani tashkil etishda BMT muhim o‘rin tutganini ta’kidladi.

O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etayotgani, jumladan, yig‘ilib qolgan masalalarga amaliy yechim topish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqaning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyoti bo‘yicha aniq takliflar ilgari surayotgani va amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 10 Noyabr 2017 11:36

Concrete O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, joriy yilda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlar va ularning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan, aprel oyida imzolangan ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim O‘zbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subyektlarining amaliy hamkorligini, avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin yurtdoshimiz mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida 3 mingdan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 09 Noyabr 2017 09:58

Samarqand shahrida 2017-yil 10-11-noyabr kunlari BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbaridan bildirilgan hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyoni osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Concrete Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Qadrli Jizzax ahli!

Bugun barchamiz jonajon Vatanimiz hayotidagi ulkan voqea munosabati bilan qadimiy va navqiron Jizzax shahrida to‘planib turibmiz.

Shu kunlarda o‘zbek xalqining buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi va benazir inson Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Ko‘p millatli xalqimiz bu ulug‘ insonning aziz nomini yod etib, uning o‘lmas xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom bajo keltirmoqda.

Sharof Rashidov o‘zining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki uzoq-yaqin o‘lkalarda ham katta obro‘-e’tibor qozongan edi.

Bu ulug‘ inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardosh berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 07 Noyabr 2017 10:07

Joriy yilning 7-9-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlarini namoyon etish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur ko‘rgazmada yuqori sifatli, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, xorijlik ishbilarmonlar, yirik kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar mahalliy sanoat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish, ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etilgan innovatsion loyihalar haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.

Ayni kunlarda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada. Ishbilarmon doira vakillari uchun muhim ahamiyatli iqtisodiy tadbir mazmun-mohiyati, tayyorgarlik jarayoni borishi haqida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Rustamov O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1188 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!