O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF‑5969‑son Farmoniga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘ini to‘lashni foiz hisoblamagan holda 6 oy muddatga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish) vakolati berildi.