Seminarlarda quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tahlil qilish va prognozlash vositalarni ishlab chiqish. Umumiy iqtisodiy muvozanat modelini yaratish (ma`ruzachilar - Lazaryan S.S., Pilnik N.P., Radionov S.A.);
2. O'zbekiston Respublikasining byudjet qoidalari kontseptsiyasini ishlab chiqish (ma'ruzachilar - Lazaryan S.S., Nikonov I.V., Pilnik N.P.);
3. Byudjetni qo'llab-quvvatlash vositalaridan foydalangan holda DXSh loyihalarini amalga oshirish bo'yicha eng ustivor jahon amaliyotlarini o'rganish va O'zbekiston Respublikasida DXShni joriy qilish bilan byudjet jarayonining o'zaro aloqasini ta'minlash konsepsiyasini ishlab chiqish (ma'ruzachilar - Rykova I.N., Kudelitch M., Popov A.A.);
4. Davlat moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va O'zbekiston Respublikasining davlat moliyaviy nazorat standartlarini ishlab chiqishda ko'maklashish (ma'ruzachilar - M. Nikolaev, Tabalina S.A., Alekseyeva I.V.);
5. O'zbekiston Respublikasi davlat sektori tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish (ma'ruzachilar - M.E. Nikolaev, Tabalina S.A., Alekseyeva I.V);
6. O'zbekiston Respublikasi moliya bozorlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi (ma'ruzachilar - Utkin V.S.);
7. O'zbekiston Respublikasida egri soliqlar yig'ish mexanizmini takomillashtirish (ma'ruzachilar - Pinskaya M.R., Milogolov N.S., Shatalov S.D.);
8. Eng ustuvor xalqaro amaliyotlarni hisobga olgan holda O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni takomillashtirish (ma'ruzachilar - Pinskaya M.R., Milogolov N.S., Shatalov S.D.);
9. O'zbekiston Respublikasining pensiya tizimini takomillashtirish (ma'ruzachilar - Nazarov V.S., Feodistova O.A., Lyashok V.Yu.);
10. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimi uchun majburiy tibbiy sug'urtalash modelini ishlab chiqish (ma'ruzachi - Nazarov V.S., Omelianovskiy V.V., Avksentiyev N.A.)
Seminarlar "Makroiqtisodiyot", "Davlat-xususiy sherikchiligi", "Moliyaviy nazorat va moliyaviy hisobot", "Ijtimoiy siyosat" mavzularida bo`lib o`tadi va davra suhbatida "Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligida byudjet daromadlarini prognozlashtirish tajribasi" masalasi muhokama qilinadi.
O`tkaziladigan tadbirlarda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat statistika qo`mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi o`quv markaz, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi va boshqa tashkilotlarning yetakchi muttaxassislari ishtirok etishadi.
Seminarning birinchi kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Axadbek Xaydarov so’zlagan nutq bilan boshlandi. Shundan so'ng ekspert guruhining rahbari, ITMI direktorining maslahatchisi Samvel Lazaryan so`zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan seminarlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari haqida qisqacha hisobot berdi.
Shundan so`ng, birinchi bo`lib Nikolay Pilnik va Stanislav Radionov O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tahlil qilish va prognozlash vositalarini ishlab chiqish, umumiy iqtisodiy muvozanat modelini yaratish imkoniyati masalalari bo`yicha hisobot bilan chiqish qildi. Taqdimotda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muvozanat-ekonometrik modelini yaratishning o'ziga xos xususiyatlari, model tuzilishi va uning turli xil ssenariylari ko'rib chiqildi. Taklif qilinayotgan modelni shakllantirishda foydalaniladigan asosiy ma'lumotlar sifatiga katta e'tibor berildi.
Ikkinchi mavzu "O'zbekiston Respublikasi uchun byudjet qoidalari kontseptsiyasini ishlab chiqish" yuzasidan Ivan Nikonov va Anton Votinov ma'ruza qilishdi.
Taqdimotda ular byudjet qoidalarini, xususan, Yevropa Ittifoqi, Braziliya, Malayziya va Chilida foydalanilgan xalqaro tajribani ko'rib chiqdilar. Ayrim byudjet qoidalariga, shuningdek ularning turli xil kombinatsiyalariga alohida e'tibor berildi. Hisobotning oxirida ular O'zbekistonda byudjet qoidalarini joriy etish yuzasidan tavsiyalar berishdi.
"Makroiqtisodiyot" mavzusidagi seminarlarda ITMI ekspertlari, Moliya vazirligi va byudjet-soliq tadqiqotlari instituti mutaxassislari ishtirok etdilar. Muhokamalar jarayonida yig'ilish qatnashchilari yalpi ichki mahsulotga, mamlakatning davlat byudjetiga, turmush darajasiga va boshqa tarkibiy qismlarga ta'sir ko'rsatadigan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va omillarga urg’u berishdi.
Seminarlarning birinchi ish kuni Byudjet - soliq tadqiqotlari institutidan: Direktor – Jahongir Negmatov, direktorning birinchi o`rinbosari – Dilshod Pulatov, Bosh mutaxassislar – Jamila Avliyoqulova, Azamat Jabborov, Sergey Voronin, Shahlo Maxkamova, yetakchi mutaxassislar – Jamol Iskandarov, Asqar Ismailov, Bobur Qoraboyev,.Nuriddin Maxmadiyorov hamda boshqalar qatnashdi.
Seminarlarning birinchi ish kunida ishtirok etgan mutaxassislar iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash uchun vositalarni qo'llash, byudjet qoidalari kontseptsiyasini ishlab chiqish va boshqa masalalar bo'yicha o'z bilimlarini kengaytirdi. Seminarlardagi muammolarni muhokama qilish ITMI ekspertlari va tadbir ishtirokchilari o'rtasida interaktiv muloqot shaklida bo'lib o'tmoqda.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati