РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“O’ZBEKISTONDA SOLIQ ISLOHOTI – XALQARO EKSPERTLAR NIGOHIDA” DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

  • Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati

    O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati

    Batafsil...
  • 2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari bilan yo’l - transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

    2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari…

    Batafsil...
  • O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yetakchilar kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”, umumxalq bayrami munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiori ostida tadbir o’tkazildi

    O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yetakchilar kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrl…

    Batafsil...
  • Sizning bergan taklifingiz yoki ovozingiz yashab turgan tuman yoki shaxringizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

    Sizning bergan taklifingiz yoki ovozingiz yashab turgan tuman yoki shaxringizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun ko’rib chiqildi

    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun ko’rib

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) mutaxassisi Amanda Sayeg ishtirokida brifing o’tkazildi

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom…

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish bo’yicha Moliya vaziriligi G’aznachiligida seminar o’tkazildi

    Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish bo’yicha Moliya vaziriligi G’aznachiligida seminar o’tkazildi

    Batafsil...
  • Xarajatlar prognozini “UZASBO” dasturiy majmui orqali g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha Toshkent viloyatida seminar davom etmoqda

    Xarajatlar prognozini “UZASBO” dasturiy majmui orqali g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha Toshkent

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va

    Batafsil...
  • Majburiy tibbiy sug'urtalashni tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha trening tog`risida

    Majburiy tibbiy sug'urtalashni tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha trening tog`risida

    Batafsil...
  • Xarajatlar prognozini g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha moliya vazirligi g’aznachiligi xodimlari tomonidan toshkent viloyatida seminarlar o’tkazilmoqda

    Xarajatlar prognozini g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha moliya vazirligi g’aznachiligi xodimla…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi ayrim bo’sh bo’lgan ish o’rinlariga  qayta tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi ayrim bo’sh bo’lgan ish o’rinlariga  qayta tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga i…

    Batafsil...
  • “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya

    “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya

    Batafsil...
02
Okt 2018
574 marta ko'rildi

“O’ZBEKISTONDA SOLIQ ISLOHOTI – XALQARO EKSPERTLAR NIGOHIDA” DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 2-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda soliq islohoti – xalqaro ekspertlar nigohida” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida Jahon bankining soliqqa tortish bo’yicha katta mutaxassisi, O’zbekiston Respublikasida soliq islohotlarini isloh qilishga ko’maklashish bo’yicha Jahon banki soliq missiyasi rahbari Rajul Avasti “Aqlli soliq siyosati, aqlli soliqni boshqarish” mavzusida ma’ruza qildi. 

Concrete

Ekspert o’z chiqishida soliq islohotlarini olib borish bo’yicha eng asosiy tamoyillarga to’xtalib o’tar ekan, samarali va raqobatdosh soliq tizimini yaratish, turli darajalardagi byudjetga soliq tushumlari kelishi barqarorligini ta’minlash bu borada muhim ekanligini ta’kidladi.
Soliq islohotlarini amalga oshirishda qadam-baqadamlik yondashuviga rioya qilish lozimligi alohida qayd etib o’tildi. Zero, bunday mezon zaruriyat tug’ilganda soliq siyosatiga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi hamda keng jamoatchilik va soliq to’lovchilar bilan o’zaro maslahatlashuvlar uchun vaqt taqdim etadi.

Soliq tizimining samaradorligini ta’minlash uchun soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu soliq islohotining muvaffaqiyatli omilidir. Shu boisdan ham Jahon bankining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bilan hamkorlik strategiyasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatishning innovatsion usullarini joriy etish asosida soliq boshqaruv tizimini tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.

Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan xalqaro ekspert va maslahatchi Sergey Shatalov “O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi. U o’z ma’ruzasida xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish va taqqoslash asosida O’zbekiston soliq sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilib berdi.

Concrete

Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish Kontseptsiyasi soliq yukini kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan mavjud tizimli muammolarni kompleks hal etishga qaratilgan. U Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar, jamoat tashkilotlari va soliq to’lovchilarning takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgani juda muhimdir.

Davra suhbati davomida respublikamizning etakchi milliy va xorijiy ekspertlari, respublikaning turli vazirlik hamda idoralari mutaxassislari ishtirokida muzokaralar bo’lib o’tdi.

Concrete

Muhokamalar yakunida ushbu masala bo’yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

Moliya vazirligining
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Oktyabr 2018 11:24

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1055 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!