РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GEMODIALIZ MARKAZLARINI YARATISH VA GEMODIALIZ XIZMATLARINI TAQDIM ETISHNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLOV ASOSIDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH LOYIHASINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA PRESS-RELIZ

  • G’AZNACHILIK TIZIMIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHLARI

    G’AZNACHILIK TIZIMIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHLARI

    Batafsil...
  • SANKT-PETERBURGDA O’TKAZILGAN MUHOKAMALAR YAKUNLARI

    SANKT-PETERBURGDA O’TKAZILGAN MUHOKAMALAR YAKUNLARI

    Batafsil...
  • O’quv markazi Ilmiy tadqiqot ishlanmalar byurosi bo’liminig quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

    O’quv markazi Ilmiy tadqiqot ishlanmalar byurosi bo’liminig quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida gemodializ markazlarini tashkil etish va gemodializ xizmatlarini koʻrsatishni moliyalashtirish uchun xususiy investits

    Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida ge…

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON…

    Batafsil...
  • AUDITORLAR IMTIHONI HAQIDAGI E'LON

    AUDITORLAR IMTIHONI HAQIDAGI E'LON

    Batafsil...
  • PRESS - RELIZ

    PRESS - RELIZ

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

    MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • JANUBIY KOREYANING AJU UNIVERSITETI TOSHKENTDA FILIAL OCHISHNI REJALASHTIRMOQDA

    JANUBIY KOREYANING AJU UNIVERSITETI TOSHKENTDA FILIAL OCHISHNI REJALASHTIRMOQDA

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT VA XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT VA XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON…

    Batafsil...
  • BYUDJET-SOLIQ OCHIQLIGINI BAHOLASH BO’YICHA XVJ MISSIYASI BILAN UCHRASHUV

    BYUDJET-SOLIQ OCHIQLIGINI BAHOLASH BO’YICHA XVJ MISSIYASI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Hurmatli Hamkasblar, o’tkazilayotgan muhokamada ishtirokingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz! Sizning professional fikringiz biz uchun muhim!

    Hurmatli Hamkasblar, o’tkazilayotgan muhokamada ishtirokingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz! Sizning professional f…

    Batafsil...
  • TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • “O’zbekiston Respublikasida suv va issiqlik ta’minoti sohasida tariflarni tartibga solish tizimlari — islohotlar uchun imkoniyatlar” mavzusida seminar o’tkaziladi

    “O’zbekiston Respublikasida suv va issiqlik ta’minoti sohasida tariflarni tartibga solish tizimlari — islohotlar uchun imkoniyatlar” mavzusida…

    Batafsil...
  • “Katta to’rtlik”ka kiruvchi Deloitte, Ernst&Young, PricewaterhouseCoopers hamda KPMG xalqaro audit kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

    “Katta to’rtlik”ka kiruvchi Deloitte, Ernst&Young, PricewaterhouseCoopers hamda KPMG xalqaro audit kompaniyalari vakillari bilan…

    Batafsil...
  • HUDUDIY G’AZNACHILIK BOSHQARMALAR BILAN KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA VIDEOKONFERENSALOQA O’TKAZILDI

    HUDUDIY G’AZNACHILIK BOSHQARMALAR BILAN KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA VIDEOKONFERENSALOQA O’TKAZILD…

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDAGI XODIMLAR UCHUN ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YARATILGAN YANGI XIZMAT

    MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDAGI XODIMLAR UCHUN ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YARATILGAN YANGI XIZMAT

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YAGONA G'AZNACHILIK HISOBINING VAQTINCHA BO'SH TURGAN MABLAG'LARINI JOYLASHTIRISH SAMARADORLIGINI VA OSHKORALIGINI TA'MINLASHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YAGONA G'AZNACHILIK HISOBINING VAQTINCHA BO'SH TURGAN MABLAG'LARINI JOYLASHTIRISH SAMARADORLIGINI…

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VAZIRLIKNING BOSHQARMALARIDA BO’SH BO’LGAN LAVOZIMLARGA NOMZODLAR BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VAZIRLIKNING BOSHQARMALARIDA BO’SH BO’LGAN LAVOZIMLARGA NOMZODLAR BO’YICHA TANLOV E’LON Q…

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BOSH BOSHQARMALARI VA BO’LIM BOSHLIQLARI LAVOZIMLARGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKILLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BOSH BOSHQARMALARI VA BO’LIM BOSHLIQLARI LAVOZIMLARGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKILLANTIRISH BO’

    Batafsil...
08
Noyab 2018
34 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GEMODIALIZ MARKAZLARINI YARATISH VA GEMODIALIZ XIZMATLARINI TAQDIM ETISHNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLOV ASOSIDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH LOYIHASINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA PRESS-RELIZ

Concrete

2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC) vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida gemodializ markazlarini tashkil etish va gemodializ xizmatlarini koʻrsatishni moliyalashtirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC) – rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investitsiyalarning barqaror oqimini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Jahon bankining tarkibiga kiruvchi xalqaro moliyaviy institut hisoblanadi.

IFC kapital ishtiroki shaklidagi investitsiyalar, kreditlar taqdim etadi, moliyaviy kelishuvlar va risklarni boshqarish mahsulotlarini taklif qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorning oʻsishini ragʻbatlantirish uchun maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.

Concrete

Concrete

Uchrashuv davomida oldingi muloqotlar va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi hamda Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi:

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan tahlil qilish, tenderni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tender va boshqa hujjatlarni tayyorlashda yordam koʻrsatish, Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherikni tanlash uchun tender jarayonini oʻtkazishga koʻmaklashish;

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan investor tomonidan taqdim etilgan xizmatlar (dori-darmonlar, ovqatlanish, tibbiy maslahatlar, laboratoriya testlari va boshqalar) va boshqa masalalarni qamrab olgan gemodializ xizmatlari hajmi va darajasini aks ettirgan loyiha hisobotini tayyorlash;

Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidandan 150,000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ toʻlash;

Sogʻliqni saqlash vazirligi tender yakunlari boʻyicha aniqlangan xususiy investor bilan davlat-xususiy sheriklik asosida uzoq muddatli shartnoma bitim tuzish.

Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro tajribani va umum qabul qilingan xalqaro standartlarni joriy etish;
  • xususiy sektordan taniqli va malakali investorlarni shaffof tenderlar jarayoni orqali jalb qilish va xususiy hamkorlar investitsiyalari asosida gemodializ xizmatlarini tashkil etish, boshqarish va taʼminlash borasida uzoq muddatli davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartnomasini tuzish;
  • gemodializ markazlari uchun binolar qurish va rekonstruktsiya qilish, ularda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan gemodializ markazlarini tashkil etish hamda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni hisobga olgan holda xizmatlar koʻrsatishni va foydalanishni taʼminlash.

Mazkur Loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga gemodializ xizmati koʻrsatishni xalqaro standartlar darajasida yaxshilashga, aholini ushbu sifatli xizmat bilan qamrab olishni kengaytirishga, sogʻliqni saqlash sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oshirishga, shuningdek, gemodializ xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan etakchi xorijiy tashkilotlar tajribasi va bilimlarini oʻrganishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi
      Moliya vazirligi.

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Noyabr 2018 16:27
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « PRESS - RELIZ

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1250 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!