РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MOLIYA VAZIRI O’RINBOSARI LAVOZIMIGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

  • Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati

    O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati

    Batafsil...
  • 2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari bilan yo’l - transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

    2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari…

    Batafsil...
  • O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yetakchilar kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”, umumxalq bayrami munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiori ostida tadbir o’tkazildi

    O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yetakchilar kengashi tomonidan 9-may “Xotira va qadrl…

    Batafsil...
  • Sizning bergan taklifingiz yoki ovozingiz yashab turgan tuman yoki shaxringizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

    Sizning bergan taklifingiz yoki ovozingiz yashab turgan tuman yoki shaxringizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun ko’rib chiqildi

    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun ko’rib

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) mutaxassisi Amanda Sayeg ishtirokida brifing o’tkazildi

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom…

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish bo’yicha Moliya vaziriligi G’aznachiligida seminar o’tkazildi

    Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish bo’yicha Moliya vaziriligi G’aznachiligida seminar o’tkazildi

    Batafsil...
  • Xarajatlar prognozini “UZASBO” dasturiy majmui orqali g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha Toshkent viloyatida seminar davom etmoqda

    Xarajatlar prognozini “UZASBO” dasturiy majmui orqali g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha Toshkent

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va

    Batafsil...
  • Majburiy tibbiy sug'urtalashni tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha trening tog`risida

    Majburiy tibbiy sug'urtalashni tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha trening tog`risida

    Batafsil...
  • Xarajatlar prognozini g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha moliya vazirligi g’aznachiligi xodimlari tomonidan toshkent viloyatida seminarlar o’tkazilmoqda

    Xarajatlar prognozini g’aznachilikka elektron yuborilishini to’liq avtomatlashtirilishi bo’yicha moliya vazirligi g’aznachiligi xodimla…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi ayrim bo’sh bo’lgan ish o’rinlariga  qayta tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi ayrim bo’sh bo’lgan ish o’rinlariga  qayta tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga i…

    Batafsil...
  • “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya

    “Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya

    Batafsil...
  • O'zbekistonning Jahon moliyaviy maydoniga ilk qadami

    O'zbekistonning Jahon moliyaviy maydoniga ilk qadami

    Batafsil...
  • O'zbekiston va Fransiya Moliya vazirliklarining o`rtasidagi yangi bosqich

    O'zbekiston va Fransiya Moliya vazirliklarining o`rtasidagi yangi bosqich

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga  2019 yilning I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan  murojaatlar to’g’risida ma’lumotnoma

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga  2019 yilning I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan  murojaatlar t…

    Batafsil...
04
Okt 2018
3228 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MOLIYA VAZIRI O’RINBOSARI LAVOZIMIGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazir o’rinbosari lavozimiga kadrlar zahirasini shakllantirish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

Lavozimga bo’lgan asosiy talablar va vazifalar

Talablar:


•    iqtisodiyot, moliya, soliq, sug’urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit, va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida 5-10 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
•    innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
•    o’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
•    xodimlarni tanlash va samarali boshqarish malakasi; 
•    davlat va jamiyat uchun fidokorona xizmat qilish hissi; 

   Vazifalar:

1.    Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport, ijtimoiy himoya va fan, davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat byudjetlarini tuzish, moliyalashtirish va xarajatlarning natijaviyligini ta’minlash masalalari bo’yicha byudjet siyosatini yuritish;
2.    Boshqaruvi ostidagi tashkilot va muassasalarning  samarali faoliyatini hamda moliyaviy ma’lumotlar ochiqligi va   shaffofligini ta’minlash;
3.    Boshqa vazirlik va idoralar, shuningdek jamoat tashkilotlari  bilan xamkorlikda qo’shma loyihalarni boshqarish hamda jamoa a’zosi sifatida ularda qatnashish;
4.    Xalqaro tashkilotlar bilan byudjet jarayonini takomillashtirish masalalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish va muvofiqlashtirish;
5.    Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
6.    Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
7.    Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
8.    Lavozimga mos boshqa vazifalarni bajarish.

 

BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR
 

1. Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
2. Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);
3. Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini bilishi;
4. Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
5. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
6. Muomala va muzokara madaniyati;
7. O’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati. 


XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:

• Xodimlarning oylik maoshi nomzodning joriy ish haqi, malakasi va ish tajribasiga asosan belgilanadi;
• Dunyoning turli ilg’or davlatlarida malaka oshirish;
• Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.


NOMZODLARNI TANLASH JARAYONI TARTIB-QOIDASI:

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1 - Bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida bayon yozib joriy yilning 10 oktyabriga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir. 12 oktyabrga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.
2 - Bosqich: Joriy yilning 15 oktyabr kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 
3 - Bosqich: Joriy yilning 16 oktyabr kuni ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beradi.
    
Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun +998 (71) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 05 Oktyabr 2018 10:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1024 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!