РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

  • Hurmatli Hamkasblar, o’tkazilayotgan muhokamada ishtirokingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz! Sizning professional fikringiz biz uchun muhim!

    Hurmatli Hamkasblar, o’tkazilayotgan muhokamada ishtirokingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz! Sizning professional f…

    Batafsil...
  • TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • “O’zbekiston Respublikasida suv va issiqlik ta’minoti sohasida tariflarni tartibga solish tizimlari — islohotlar uchun imkoniyatlar” mavzusida seminar o’tkaziladi

    “O’zbekiston Respublikasida suv va issiqlik ta’minoti sohasida tariflarni tartibga solish tizimlari — islohotlar uchun imkoniyatlar” mavzusida…

    Batafsil...
  • “Katta to’rtlik”ka kiruvchi Deloitte, Ernst&Young, PricewaterhouseCoopers hamda KPMG xalqaro audit kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

    “Katta to’rtlik”ka kiruvchi Deloitte, Ernst&Young, PricewaterhouseCoopers hamda KPMG xalqaro audit kompaniyalari vakillari bilan…

    Batafsil...
  • HUDUDIY G’AZNACHILIK BOSHQARMALAR BILAN KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA VIDEOKONFERENSALOQA O’TKAZILDI

    HUDUDIY G’AZNACHILIK BOSHQARMALAR BILAN KORRUPSIYANI OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA VIDEOKONFERENSALOQA O’TKAZILD…

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDAGI XODIMLAR UCHUN ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YARATILGAN YANGI XIZMAT

    MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDAGI XODIMLAR UCHUN ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YARATILGAN YANGI XIZMAT

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YAGONA G'AZNACHILIK HISOBINING VAQTINCHA BO'SH TURGAN MABLAG'LARINI JOYLASHTIRISH SAMARADORLIGINI VA OSHKORALIGINI TA'MINLASHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YAGONA G'AZNACHILIK HISOBINING VAQTINCHA BO'SH TURGAN MABLAG'LARINI JOYLASHTIRISH SAMARADORLIGINI…

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VAZIRLIKNING BOSHQARMALARIDA BO’SH BO’LGAN LAVOZIMLARGA NOMZODLAR BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VAZIRLIKNING BOSHQARMALARIDA BO’SH BO’LGAN LAVOZIMLARGA NOMZODLAR BO’YICHA TANLOV E’LON Q…

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BOSH BOSHQARMALARI VA BO’LIM BOSHLIQLARI LAVOZIMLARGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKILLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BOSH BOSHQARMALARI VA BO’LIM BOSHLIQLARI LAVOZIMLARGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKILLANTIRISH BO’

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON…

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI PERSONAL BO’YICHA MENEDJER LAVOZIMIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI PERSONAL BO’YICHA MENEDJER LAVOZIMIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MOLIYA VAZIRI O’RINBOSARI LAVOZIMIGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON QILADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MOLIYA VAZIRI O’RINBOSARI LAVOZIMIGA NOMZODLAR ZAHIRASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA TANLOV E’LON…

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI VA KOMMUNAL SOHASI AXBOROT TIZIMLARINI TADBIQ ETISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

    MOLIYA VAZIRLIGI VA KOMMUNAL SOHASI AXBOROT TIZIMLARINI TADBIQ ETISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBDIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA FALIA XAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISH FONDI (YAPONIYA) DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BULIB O’TDI

    O’ZBEKISTON RESPUBDIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA FALIA XAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISH FONDI (YAPONIYA) DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BUL…

    Batafsil...
  • “O’ZBEKISTONDA SOLIQ ISLOHOTI – XALQARO EKSPERTLAR NIGOHIDA” DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

    “O’ZBEKISTONDA SOLIQ ISLOHOTI – XALQARO EKSPERTLAR NIGOHIDA” DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • O’ZARO MANVAATLI HAMKORLIKNIKUCHAYTIRISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

    O’ZARO MANVAATLI HAMKORLIKNIKUCHAYTIRISH BO’YICHA YANGI QADAMLAR

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA EVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA EVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA AQSHNING WILLIAMS COLLEGE DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA AQSHNING WILLIAMS COLLEGE DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

    MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN “BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTLARI VA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN “BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTLARI VA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOL…

    Batafsil...
04
Okt 2018
175 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi “Professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi”ning quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
 

I. BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga 
ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi).

Vazifalar:

1. Bo’lim ish faoliyatini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni sifatli bajarilishini ta’minlash;
2. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlash;
3. Dasturiy mahsulotlar vositasida auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tahlil qilib borish va doimiy monitoringni tashkillashtirish;
4. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vochitalariga intervyular berish; 
5. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
6. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
7. Audit sahosidagi xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish;
8. Bo’lim xodimlarining malakasini oshirishini ta’minlash, ularning faoliyatini samarali tashkil etish;
9. Lavozimga mos boshqa talablar.

 

II. BO’LIM BOSHLIG’I O’RINBOSARI - 1 NAFAR 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 4 yillik ish tajribasiga 
ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga 
ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi).

Vazifalar: 

1. Bo’lim ish faoliyatini tashkillashtirishda va bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarishda bo’lim boshlig’iga ko’maklashib borish;
2. Audit sahosidagi professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishda bevosita ishtirok etish;
3. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish reja jadvali loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish;
4. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini belgilangan tartibda tashqi nazoratdan o’tkazishda ishtirok etish;
5. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlash;
6. Dasturiy mahsulotlar vositasida auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tahlil qilib borish;
7. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vochitalariga intervyular berish; 
8. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
9. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
10. Audit sahosidagi xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish;
11. Lavozimga mos boshqa talablar.


III. BO’LIM BOSH MUTAXASSISI - 2 NAFAR 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
• Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
• Muomala va muzokara madaniyatiga, hamda jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi).

Vazifalar: 

1. O’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni sifatli bajarilishini ta’minlash;
2. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish reja jadvali loyihasini ishlab chiqishda qatnashish;
3. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini belgilangan tartibda tashqi nazoratdan o’tkazishda ishtirok etish;
4. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilish uchun materiallarni tayyorlashda qatnashish;
5. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tahlil qilib borish;
6. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tekshirishda aniqlanayotgan tizimli va xarakterli qoidabuzarliklarni tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;
7. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini oshirish maqsadida profilaktika ishlarini samarali tashkil qilish bo’yicha takliflar kiritib borish;
8. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
9. Audit sahosidagi professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita ishtirok etish;
10. Audit sahosidagi xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish.;
11. Lavozimga mos boshqa talablar.

 
IV.  BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR
 

1. Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
2. Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);
3. Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarini bilishi;
4. Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
5. Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
6. Muomala va muzokara madaniyati; 
7. O’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.

V. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:


• Xodimlarning oylik maoshi nomzodning malaka va ish tajribasiga asosan belgilanadi; 
• Audit sahosida xalqaro amaliyotni o’rganish va xalqaro professional tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha tajribani o’zlashtirish; 
• Dunyoning rivojlangan davlatlarida malaka oshirish;
• Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa imkoniyat va rag’batlarga ega bo’lish.

 
VI. NOMZODLARNI TANLASH:
    

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
    
1 - Bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida bayon yozib joriy yilning 11 oktyabriga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir. 

13 oktyabrga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.

2 - Bosqich: Joriy yilning 17 oktyabr kuni ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda ishchi guruhning har bir a’zosi suhbat qilgan odamning har biriga ball qo’yib chiqadi. 

3 - Bosqich: Joriy yilning 19 oktyabr kuni ishchi guruh yig’ilib, shu bosqichgacha etib kelgan nomzodlarning ballarini to’plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydilar va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot beradi.
    
 Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. Bog’lanish uchun +998 (71) 239-88-73 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 05 Oktyabr 2018 14:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 875 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd