РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILK XALQARO OBLIGATSIYALARINI JAHON MOLIYAVIY BOZORLARIDA JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG’LARDAN FOYDALANISH TO’G’RISIDA

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    Batafsil...
  • 2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA TAHLILI

    2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA…

    Batafsil...
  • HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    Batafsil...
  • ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN YIG’ILISH

    ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN Y…

    Batafsil...
  • ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    Batafsil...
  • Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Batafsil...
  • MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    Batafsil...
  • BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    Batafsil...
  • AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    Batafsil...
  • DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    Batafsil...
  • https://t.me/Eksport_QQS_bot
  • Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun  2 trln. 237 mlrd. so’m mablag’, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so’m byudjet mablag’lari jalb etildi

    Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun…

    Batafsil...
  • “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    Batafsil...
  • DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    Batafsil...
  • Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklikn

    Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti A…

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgarishlar: chaqiriqlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgar…

    Batafsil...
  • KUN.UZ saytida chop etilgan “UzASBO” dasturi o’qituvchilarning haqini «urib» qoladimi? O’qituvchining Moliya va Xalq ta’limi vazirligiga murojaati” nomli maqolada ko’tarilgan masala O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomon

    KUN.UZ saytida chop etilgan “UzASBO” dasturi o’qituvchilarning haqini «urib» qoladimi? O’qituvchining Moliya va Xalq ta’limi vazirligiga…

    Batafsil...
05
Apr 2019
302 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILK XALQARO OBLIGATSIYALARINI JAHON MOLIYAVIY BOZORLARIDA JOYLASHTIRISHDAN TUSHGAN MABLAG’LARDAN FOYDALANISH TO’G’RISIDA

Concrete

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning farovon turmush kechirishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zamonaviy va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga yo’naltirilgan. 

Sir emaski, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ilg’or xalqaro tajribani joriy qilish va shaffoflikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liq. 

2018 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olinishi hamda joriy yilning fevral oyida 1 milliard AQSh dollari hajmidagi ilk suveren xalqaro obligatsiyalarining jahon moliyaviy bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. 

Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda etarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarining chiqarish zamirida qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar yotadi: 

1.    Suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etib, xorijiy investorlar uchun respublikamizga investitsiya kiritishda suveren riskini to’g’ri baholash uchun imkoniyat yaratdi. 

Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz to’lovlari mos ravishda 4,75% va 5,375% darajasida belgilanishi xalqaro investorlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi bilan bog’liq risklarning mo’’tadil daraja baholanishini ko’rsatmoqda. Obligatsiyalar chiqarilishidan oldin, ko’plab xorijiy investorlar 10 yillik O’zbekiston suveren riski uchun to’lovni 6-8% dan ortiq baholaganlar.

2. Suveren xalqaro obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi O’zbekiston uchun bozorda “benchmark” yaratib, yirik davlat korxonalari va banklari uchun jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini joylashtirish va investitsion loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga o’tkazish uchun zarur zamin tayyorladi.

3. Suveren xalqaro obligatsiyalarini xarid qilgan xalqaro investorlar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning diqqat bilan kuzatib borishlari tufayli mamlakatimizda iqtisodiy boshqaruv sohasida islohotlar samarasi uchun zarur bo’lgan shaffoflik va prudentsial yondashuvning izchil amalga oshirilishi ta’minlanadi. 

Boshqacha qilib aytganda, suveren xalqaro obligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi kotirovkasi barqaror iqtisodiy siyosat yuritish barometri bo’lib xizmat qiladi.

4. Joriy yilning fevral oyigacha, O’zbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boshqa rasmiy tashkilotlar zimmasiga to’g’ri kelgan. Bunday kreditlarning hajmi, ishlatish yo’nalishlari va muddati cheklangan bo’lib, ko’p hollarda davlatga qo’shimcha shart va majburiyatlar yuklanadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarni esa yuzlab investorlar qo’shimcha shart va majburiyatlar qo’ymay sotib oldilar.

Ushbu investorlar xususiy sektor vakillari hisoblanib, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish O’zbekiston uchun investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilishga xizmat qildi.

Shu bilan birga, suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag’lardan samarali foydalanish maqsadida mazkur mablag’larni bozor mexanizmlari asosida joylashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgan qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish  va modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va eksport hajmini oshirish bilan bog’liq yuqori investitsion faollik tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlarga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga sabab bo’lmoqda. 

Shu tufayli, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar kerakligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4258-sonli qaroriga muvofiq, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag’larning 889,2 million AQSh dollari tijorat banklari orasida auktsion o’tkazish orqali, ya’ni samarali bozor mexanizmlari asosida, depozitga joylashtirish belgilandi.

Bundan tashqari, “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankiga 20 million AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasi hamda 89,9 million AQSh dollari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun ssuda ajratishga yo’naltirilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag’larning asosiy qismi tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishi davlat byudjeti xarajatlarini oshirmaydi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 05 Aprel 2019 11:26

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 324 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd