Print this page
04
Okt 2018
169 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA FALIA HAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISH FONDI (YAPONIYA) DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O’TDI

Concrete

Joriy yilning 4-oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi FALIA hayot sug’urtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi. Bugungi kunda FALIA – O’zbekiston sug’urta jamoatining eng faol xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. FALIA hayot sug’urtasini rivojlantirish fondining asosiy maqsadi – Yaponiya va xorijda seminarlar tashkil etish, sug’urta biznesining turli jihatlari bo’yicha materiallar chop etish orqali hayotni sug’urtalashni rivojlantirishdan iborat.

Muhokamaning asosiy mavzusi Yaponiya va O’zbekiston sug’urta mutaxassislari uchun hayotni sug’urtalash sohasida tajriba almashish, sug’urta sohasidagi turli masalalarni muxokama qilish uchun imkoniyat yaratish edi.

Yaponiya sug’urta bozorining vakillari, "FALIA" hayot sug’urtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) Ijrochi direktori janob Toru Nagashima, fond bosh menedjeri Tomoki Suguzaki va "Dai-ichi Life" sug’urta kompaniyasining bosh menedjeri Kaziko Ibuki seminar ishida hayotni sug’urtalash sohasidagi o’z tajribalari to’g’risida O’zbekiston sug’urta bozorining vakillari va respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari  jurnalistlari bilan o’rtoqlashdilar.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Oktyabr 2018 12:03
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd