Moliya va soliq organlari tomonidan iste’mol etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda monitoring o’tkazish belgilandi.
Monitoringni samarali o’tkazish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining qo’shma qarori qabul qilinib, moliya va soliq organlari xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhi hamda hududlarda namunaviy hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
Ayni vaqtda ishchi guruhlar tomonidan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlarining kelib chiqishi qonuniyligini monitoring qilish, shu jumladan mahsulotlar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish tadbirlari o’tkazilmoqda.
Sayyor uchrashuv o’tkazish sanasi |
Tuman (shahar) |
Sayyor uchrashuv o’tkazish manzili |
2019 yil 18 iyul |
Jizzax viloyati, |
2-son bolalar musiqa va san’at maktabi binosida |
2019 yil 19 iyul (soat 11:00 da) |
Samarqand viloyati, Samarqand tumani |
“Xaymari poyon” mahallasi binosida |
Sayyor qabullar o’tkazaladigan vaqt va joy haqida qo’shimcha ma’lumotni olish, shuningdek shaxsiy qabulga yozdirish:
- Pensiya jamg’armasi “Ishonch telefoni” “11-40”;
- Jizzax viloyati boshqarmasining (+99872) 226-58-76;
- Samarqand viloyati boshqarmasining (+99866) 231-11-66 telefon raqamlari orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo’yicha ko’rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion hududlarda, magistral avtomobil va temir yo’llari bo’yida telekommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmog’iga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlari etarli emas.
Shu maqsadda O’zbekiston hukumati Jahon bankining dasturi asosida ushbu sohani yanada rivojlantirish va mavjudlarini takomilashtirish bo’yicha hamkorlik aloqlarini yo’lga qo’yilgan. Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Jahon banki mutaxassislaridan iborat delegatsiya «Digital Casa» dasturi asosida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish bo’yicha muhokamalar olib bordi. Jahon banki mutaxassislarining qayd etishicha loyihaning umumiy qiymati 178 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
![]() |
Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining boshlig'i – Sultanov Dilshod Shuxratovich Telefon raqami: (0-371) 239-45-68 Qabul kunlari: Har Payshanba 16.00 dan - 18.00 gacha |
Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi
Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02
Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"
Statistika
Hozir 758 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda
Arxiv
Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi
Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi