РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

KUN.UZ SAYTIDA CHOP ETILGAN “UZASBO” DASTURI O’QITUVCHILARNING HAQINI «URIB» QOLADIMI?

  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...
30
Iyul 2019
1223 marta ko'rildi

KUN.UZ SAYTIDA CHOP ETILGAN “UZASBO” DASTURI O’QITUVCHILARNING HAQINI «URIB» QOLADIMI?

KUN.UZ saytida chop etilgan “UzASBO” dasturi o’qituvchilarning haqini «urib» qoladimi? O’qituvchining Moliya va Xalq ta’limi vazirligiga murojaati” nomli maqolada ko’tarilgan masala O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan atroflicha o’rganib chiqilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

«UzASBO» dasturi byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish uchun mo’ljallangan dastur bo’lib, barcha operatsiyalar, ko’rsatkichlar va me’yorlar, shu jumladan mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari amaldagi qonun hujjatlariga asosan o’z vaqtida kiritib boriladi.

Ushbu dasturda hozirgi kunda 26 mingdan ortiq byudjet tashkilotlaridagi 3,5 million atrofida ishchi xodimlar va talabalarning ish haqi, stipendiya to’lovlari qonunchilikda belgilangan tartib va qoidalar asosida hisoblab boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 dekabrdagi “O’quv mashg’ulotlari o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari to’g’risida”gi 312-son qarorida o’quv mashg’ulotlari o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishi belgilangan.


Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori qabul qilingunga qadar, o’rindoshlik asosida ishlovchi o’qituvchilarga soatbay mehnatiga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006 yil 5 yanvardagi 03, 01/23-sonli qo’shma buyrug’i asosida o’qituvchining bazaviy tarif stavkasiga 0,8 koeffitsientni qo’llash orqali amalga oshirilib kelingan.

Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 22 aprel kuni 3157-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qo’shma qarori bilan tasdiqlangan.
Mazkur me’yoriy hujjatda umumta’lim maktablari pedagog xodimlariga o’tgan darsi uchun soatbay haq to’lash miqdorlari quyidagicha belgilangan:

Concrete

Ya’ni, yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib, «UzASBO» dasturida umumta’lim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to’lash miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

Concrete

Agar umumta’lim maktabi o’qituvchisi asosiy lavozimda to’liq stavkada ishlasa unga malaka toifasidan kelib chiqib, yuqorida keltirilgan bazaviy tarif stavkasiga muvofiq oylik ish haqi to’lanadi.

O’zbekiston Respubliki Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarorida pedagog xodimlar mehnatiga quyidagi hollarda soatbay haq to’lash belgilangan:

ketma-ket ikki oydan ortiq bo’lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo’lmagan xodimlarning o’rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to’lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o’qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o’qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to’lashda;
o’rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o’tilgan o’quv soatlari uchun haq to’lashda qo’llaniladi.

Endi, quyidagi misollar orqali o’rindoshlik asosida va asosiy lavozimda maktabda faoliyat yuritadigan ikkinchi malaka toifali o’qituvchining ish haqi miqdori qonunchilikka asosan, shuningdek «UzASBO» dasturida qanday tartibda hisob-kitob qilinishini ko’rsatib o’tamiz.

a) o’rindoshlik (soatbay) asosida xaftasiga 10 soat dars beradigan ikkinchi malaka toifali o’qituvchining bir oylik soatbay ish haqi quyidagicha hisoblanadi:
21 691,4 so’m * 10*4,2 = 911 038,8 so’m.

Bunda:

10
– xaftalik dars soat miqdori
4,2 – bir oyda o’rtacha xaftalar soni.

b) asosiy lavozimda xaftasiga 10 soat (0,5 stavka) dars va 8 soat pedagogik yuklamani bajaradigan ikkinchi malaka toifali o’qituvchining bazaviy lavozim maoshi esa 903 807 so’mni (1 807 614 so’m * 0,5 stavka) tashkil etadi.

Mazkur misollardan ko’rinib turibdiki, o’rindoshlik asosida va asosiy lavozimda maktabda faoliyat yuritadigan ikkinchi malaka toifali o’qituvchining ish haqi miqdorlari deyarli bir xil, ya’ni maqolada ko’rsatilgan ish haqi miqdorlari orasidagi 80 %li nisbat hisob-kitoblarda mavjudligi aniqlanmadi.

Shu bilan birga aytib o’tish zarurki, asosiy lavozimdagi o’qituvchiga nisbatan o’rindoshlik asosida ishlaydigan o’qituvchining ish hajmi farqlanadi. Masalan: 

Soatbay o’qituvchiga dars soati davomida o’quvchilarning Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarishni ta’minlash yuklatiladi.

Asosiy lavozimdagi o’qituvchidan farqli ravishda soatbay o’qituvchidan qo’shimcha yoki to’garak mashg’ulotlari tashkil etish, maktabdagi jamoatchilik ishlari, turli tadbirlarda ishtirok etish majburiy tarzda talab etilmaydi.

Shu bilan birga, soatbay o’qituvchiga umumiy tartibda uchta hujjat: mavzu reja, darsga tayyorgarlik konspekti va sinf jurnalining tegishli sahifasini o’z vaqtida to’ldirib borish majburiyati yuklanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 297-son qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko’paytirganlik uchun qo’shimcha haq to’lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo’yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo’lishi mumkin emas.

Yuqorida keltirilgan umumta’lim maktablari pedagog xodimlariga o’tgan darsi uchun soatbay haq to’lash miqdorlari «UzASBO» dasturiga 2019 yil aprel oyida kiritilgan bo’lib, xalq ta’limi bo’limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati hisobchisi tomonidan pedagog xodimlarning dasturda tanlab ko’rsatilgan toifasidan kelib chiqib, ish haqi miqdorining hisob-kitoblari avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

O’z navbatida, maqolada aniq misol va holatlar aks ettirilmaganligi sababli mazkur xolatni yanada aniqlashtirish imkoniyati bo’lmadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi muallif tomonidan batafsil ma’lumot berilgan taqdirda, vaziyatga yanada oydinlik kiritishga tayyorligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, «UzASBO» dasturiy ta’minoti amaldagi qonun hujjatlarida belginlangan ko’rsatkichlar va me’yorlar kiritilgan xolda kamchiliklarsiz ishlayotganligini ma’lum qilamiz.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’rindoshlik asosida mehnatga soatbay haq to’lash tartibi bo’yicha batafsil tushuntirishlar va ko’rsatmalar ishlab chiqilib, xalq ta’limi bo’limlariga ishda foydalanish va amal qilish uchun etkazilishini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan “O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qo’shma qarorning 2-bandida o’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash 2018 yil 1 noyabrdan boshlab mazkur qarorga ilovada ko’rsatilgan miqdorlarda amalga oshirilishi belgilangan, 2018 yil 1 noyabrdan boshlab o’qituvchilarga oylik ish haqlarini qayta hisoblash tegishli muassasalar tomonidan amalga oshirilishi lozim.


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 30 Iyul 2019 17:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 363 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd