Print this page
01
Iyun 2019
135 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA NOGIRONLAR VA ULARNING JAMOAT TASHKILOTLARI VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL QILINDI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2019 yilning 27 may kuni ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati (O’zKOJ), O’zbekiston karlar jamiyati, O’zbekiston nogironlar uyushmasi a’zolari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlanitirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi va Davlat soliq qo’mitasi vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, moddiy va ma’naviy qullab-quvvatlashga alohida etibor berilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, bu toifa insonlarni soliqqa tortish bo’yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, xodimlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati (O’zKOJ), O’zbekiston karlar jamiyati va O’zbekiston nogironlar uyushmasi a’zolari bilan ochiq muloqotda jamiyatlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj insonlar a’zo jamiyat va uyushmalarga alohida soliq turlaridan, jumladan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar berishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Takidlash kerak, jamiyatlar tuzilmalari tarkibiga kiruvchi korxonalarning barchasi 1991 yilgacha bo’lgan davrda tashkil etilgan. Hamda ular 100 foiz jamiyatlarning mulki hisoblanadi. Uchrashuv doirasida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning mavjud variantlari, jumladan, jamiyatlar tarkibiga kiruvchi korxonalarga soliq imtiyozlari taqdim etish masalasi muhokama qilindi. Jamiyatlarning ishchi-xodimlari tarkibida nogironlar soni kamida 50 foiz bo’lgan va nogironlar uchun ish xaqi fondi jami ish xaqi fondini kamida 50 foizini tashkil etadigan korxonalarga soliqlarning alohida turlarini to’lashdan ozod etish taklifini bildirildi.

Ochiq muloqotda jamiyatlar vazirlik va qo’mita vakillariga davlat xaridlarida to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish bo’yicha kvotalar belgilash yo’li bilan ishtirok etish mexanizmini ishlab chiqishda ko’maklashish masalasida murojat qilishdi.

Moliya vazirligi Jamiyatlar tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro’yxatini o’rganib chiqib, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilishini qayd etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Jamiyatlar tarkibiga kiruvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratilishida ko’maklashish masalasi ham muhokama qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlanitirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan ishtirokchilar bank kreditlari foiz stavkalari bo’yicha kompensatsiyalar olish tartibi bilan tanishtirib o’tildi.

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 01 Iyun 2019 11:07
DMC Firewall is a Joomla Security extension!