РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR UCHUN XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI

  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...
21
May 2019
1824 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR UCHUN XALQARO REYTING VA INDEKSLARNING AHAMIYATI

Concrete

2019 yilning 17 may kuni “O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati” mavzusida birinchi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Mazkur forum, O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi imidjini yaxshilash, davlatimizning reytinglardagi nufuzini oshirishda xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, respublikada olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reyting va indekslardagi ahamiyatini davlat idoralari va keng jamoatchilikka etkazish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklar, sug’urta tashkilotlari va xususiy sektor vakillari uchun o’quv amaliy seminarlarni tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadbirda xorijiy davlatlar hukumatining vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari, reyting agentliklari, xalqaro investitsiya banklari, xorijiy davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari rasmiylari, vazirlik va idoralarning rahbar va reytinglar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlari, mahalliy tijorat banklari, sug’urta kompaniyalar, xususiy korxonalar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

Concrete

Concrete

Forumning kirish qismida xalqaro reyting va indekslarning so’nggi yillarda mamlakatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda institutsional islohotlarda muhim ahamiyat kasb etishi, O’zbekistonning ushbu ko’rsatkichlarda o’rnini yaxshilash zaruriyatining dolzarbligi, qonunchilikda belgilab o’tilgan ustuvor 24 ta reyting va indekslar va ularda mamlakatimizning o’rinlari hamda mazkur sohada amalga oshirilib kelinayotgan ishlar, erishilgan natijalar, xususan Doing Business indeksida O’zbekistonnning 190 mamlakat ichida 76-o’rinni egallab kelishi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan mamlakatlar xatarlarini tasniflash tizimida 6-guruhdan 5-guruhga yuqorilashi, 2018 yildan boshlab nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan O’zbekistonning ilk suveren kredit reyting ko’rsatkichlarining VV- (barqaror) baholanishi, kelgusi yillarda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida baholanish ishlarini olib borishini ta’kidlab o’tildi.

Concrete

Forumning nufuzli mehmonlaridan biri hisoblangan, Birlashgan Arab Amirliklarining Raqobatbardoshlik va statistika Federal organining bosh direktori – Abdulla Luta janobi oliylarining, xalqaro reyting va indekslarda Birlashgan Arab Amirliklarining tajribasi, Doing Business va Global raqobatbardoshlik indekslarida ularning tajribasi va yutuqlari to’g’risidagi taqdimoti taqdim etildi.

Taqdimot davomida Abdulla Luta janobi oliylari Global raqobatbardoshlik indeksida Birlashgan Arab Amirliklarining 50 yillik yubiley munosabati bilan dunyodagi eng kuchli mamlakatlar qatoriga 2021 yilga qadar kirishi hamda 2071 yilga qadar eng kuchli mamlakat bo’lishi hamda global raqobatbardoshlikni kuchaytirish, hukumat, xususiy sektor va jamoatchilikning asosiy strategik vazifalari etib belgilanganligi va ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirib borishda BAAning Federal raqobatbardoshlik va statistika organining faoliyati bilan tanishtirib o’tdi. 

Tadbirning hozirgi kun uchun dolzarb sohada tashkil etilganligi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarning O’zbekistondagi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 

Jahon bankining O’zbekistondagi vakili - Xideki Mori O’zbekiston Respublikasida va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar, ularning respublikamizda amalga oshirilayotgan asosiy islohotlardagi o’rni hamda xalqaro reyting va indekslar ko’rsatkichlarining ta’sirlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. 

Xelena Freyzer – Birlashgan millatlar tashkilotining O’zbekistondagi doimiy koordinatori uzoq yillar davomidagi o’zaro hamkorlik va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari bo’yicha batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Inson taraqqiyot indeksi yuzasidan ma’lumotlar, uning ahamiyati va O’zbekistonning ushbu indeksdagi o’rni bo’yicha BMTning rivojlanish dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili – Matilda Dimovskaning taqdimoti bo’lib o’tdi. 

Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining elchisi, O’zbekistondagi Missiya rahbari – Djon MakGregor video-xabar orqali forumni tashkil etilganlik munosabati bilan minnatdorchilik bildirib, xalqaro reyting va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash va ular bilan ishlash avvalambor “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ning yo’nalishlarida aks etgani, bu jarayonlar esa mamlakatning yanada rivojlanishida, millat taraqqiyoti uchun muhimligini alohida ta’kidlab o’tdi. 

Djon MakGregor video-xabar so’ngida EXHT va O’zbekiston orasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishini tilab qoldi.

EXHT va O’zbekiston orasidagi o’zaro hamkorlik, ikki tomonlama loyihalar, ularning tadbiq etilishi hamda ularning reyting va indekslardagi ko’rsatkichlarga ta’siri yuzasidan mavzuni O’zbekistondagi Missiyasi rahbarining o’rinbosari - Gans-Ulrix Im davom ettirdi.

“Suveren kredit reyting metodologiyasi” mavzusida dunyo bo’ylab taniqli reyting agentligi – S&P Global reyting agentligining tahlilchisi – Maksimilyan MakGrou O’zbekiston Respublikasi uchun so’nggi yillar davomida dolzarb hisoblangan suveren kredit reytinglar, ularning metodologiyasi, mezonlari va O’zbekistonning ilk suveren kredit reytingi ko’rsatkichlari yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi. 

The Economist Intelligence Unit tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan demokratiya ko’rsatkichlari, metodologiyasi, ushbu indeks ko’rsatkichining boshqa xalqaro reyting va indekslarga ta’siri hamda bog’liqligi yuzasidan doktor Umberto Marengo – The Economist Intelligence Unit tashkilotining bosh konsultanti taqdimot o’tkazdi.

Xalqaro forumning ikkinchi qismi mahalliy vazirlik, idoralarning reyting va indekslar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlari, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, xususiy sektor vakillarining tajriba almashinish maqsadida, taklif etilgan xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan amaliy o’quv seminarlari o’tkazildi.

Seminarlar davomida Biznesni yuritish indeksi, uning metodologiyasini o’rganish, O’zbekistonning mazkur indeksdagi progressi, Logistika samaradorligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksida O’zbekistonning o’rnini yaxshilash usullari, biznesni yuritishdagi islohotlar orqali O’zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq boshqaruv tizimini takomillashtiri, butunjahon boshqaruv indikatorlari, Qonunchilik sifati, boshqaruvning ahamiyati va xalqaro indekslardagi korrupsiyaga qarshi kurashish, korruptsiyaning investitsiyalar kirib kelishiga ta’siri, Global raqobatbardoshlik indeksi, uning metodologiyasi hamda O’zbekistonda amalag oshirilayotgan islohotlar uchun ahamiyati, Global raqobatbardoshlik indeksining ichki raqobat indikatori, Osiyo taraqqiyot bankining investitsion muhitni yaxshilash dasturlari tajribasi, Byudjet ochiqligi va Global innovatsion indekslar, suveren kredit reytinglar, sug’urta va bank sektorlarining kredit reytinglari, ularning metodologiyasini o’rganish masalalari, kredit reytinglarning korporativ sektorlarga ahamiyati, milliy statistikaning ochiqligi va shaffofligi ta’minlash va mamlakatning xatarlarni tasniflash tizimi, Inson taraqqiyoti indeksi, inson kapitalini rivojlantirish masalalari, O’zbekistonda matbuot erkinligini oshirish yuzasidan sa’y-xarakatlar, Demokratiya indeksi, mamlakatimizning xalqaro imidjini shakllantirishda fuqarolik jamiyatining o’rni, davlat qarzining xavfi bilan bog’liq xatar reytingi masalalarini o’rganilib, muhokama qilindi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 21 May 2019 14:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 579 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!