РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XARID QILISH, PROFESSIONAL ETIKA, BOSHQARUV VA OCHIQLIK (PRIMO) 15 – FORUMI HAQIDA PRESS-HISOBOT (10-12 APREL 2019 YIL, TOSHKENT SHAHRI)

  • SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    Batafsil...
  • 2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA TAHLILI

    2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA…

    Batafsil...
  • HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    Batafsil...
  • ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN YIG’ILISH

    ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN Y…

    Batafsil...
  • ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    Batafsil...
  • Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Batafsil...
  • MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    Batafsil...
  • BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    Batafsil...
  • AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    Batafsil...
  • DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    Batafsil...
  • https://t.me/Eksport_QQS_bot
  • Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun  2 trln. 237 mlrd. so’m mablag’, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so’m byudjet mablag’lari jalb etildi

    Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun…

    Batafsil...
  • “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    Batafsil...
  • DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    Batafsil...
  • Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklikn

    Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti A…

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgarishlar: chaqiriqlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgar…

    Batafsil...
17
Apr 2019
218 marta ko'rildi

XARID QILISH, PROFESSIONAL ETIKA, BOSHQARUV VA OCHIQLIK (PRIMO) 15 – FORUMI HAQIDA PRESS-HISOBOT (10-12 APREL 2019 YIL, TOSHKENT SHAHRI)

Davlat  xaridlarini oqilona va sifatli amalga oshirilishi mamlakatda barqaror rivojlanish natijalariga erishish, shuningdek, iqtisodiy o’sishga ko’maklashish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ijtimoiy ta’minot sohasini jadal rivojlantirishda davlat mablag’laridan unumli foydalanish imkonini yaratuvchi muhim ahamiyatga ega bo’lgan strategik vazifa sifatida tobora keng e’tirof etilmoqda.

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) 15 – Forumi manfaatdor tomonlar uchun davlat xaridlarini samarali boshqarish, jumladan, yirik investitsiya loyihalari doirasida davlat xaridlarini amalga oshirish va bu sohada etakchi horijiy ekspertlarning fikr va mulohazalarini o’rganish hamda tahlil qilish asosida chuqur islohotlarni joriy qilishda tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Evropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon savdo tashkiloti, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu forumda Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat xaridlari bo’yicha 100 dan ziyod mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov, davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga sifatli davlat xizmatlarini ko’rsatish hamda bu sohada mutaxassislarning kasbiy ko’nikmalarini yanada oshirish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab, jumladan, mazkur forum Respublikamizda ushbu sohada amalga oshrilayotgan izchil islohotlarni jadal davom ettirishda alohida o’rin egallashini bildirdi.

Mazkur tadbirning e’tiborga loyiq muhim jihatlaridan biri shundaki, 2019 yildagi 15-Forumda davlat investitsiya loyihalari doirasidagi xaridlar va ularni amalga oshirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasida 2019 yil  «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilinganligi, investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi, tadbirkorlik jadal rivojlanishini ta’kidlab o’tildi. 

Yirik ekspertlar jamoasi ishtirokidagi mazkur Forum samarali uchrashuvlar, namoyishlar uchun yuqori maqomdagi bahs va munozaralar maydoni bo’lib xizmat qiladi. Forumda soha mutaxassislari tomonidan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishda, munosib ta’lim berish, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni yangi bosqichda davom ettirilishida davlat xaridlarining ahamiyatini yanada oshirish borasida fikrlar va takliflar berildi. 

Shuningdek, davlat sektori «narx-sifat»ning o’zaro maqbulligida kerakli miqdorda zarur tovar, ishlar va xizmatlar bilan ta’minlanishi, ya’ni oqilona xaridlar, xaridlarni raqobat asosida amalga oshirishning ochiq va shaffof mexanizmi, va eng muhimi, mazkur jarayonlarda korruptsiyaning oldini olish yo’lida bajarilishi lozim bo’lgan qator takliflar ishlab chiqildi.

Xalqaro ekspertlar, jumladan, Krish Krishnakumar, Jahon banki; Yan Djekxolt, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki; Issa-Modi Ide, Islom taraqqiyot banki; Rubina Shaxin, Osiyo taraqqiyot banki; Xoze-Luis Alfaro, Evropa investitsiya banki va boshqa qator mamlakatlarning mazkur sohadagi etuk mutaxassislari mamlakatimizda davlat xaridlarini boshqarish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.

Forumda davlat xaridlarini tashkillashtirish, murakkab investitsiyaviy loyihalar doirasidagi boshqaruvning huquqiy va axloqiy asoslari bo’yicha tajribalari, bu borada Evropa investitsiya banki, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi mutaxassislari tavsiyalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, davlat investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, davlat investitsiyalari va davlat-xususiy sherikligini boshqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Forum ishi yakunida mamlakatimizning tarixiy va madaniy meroslari bilan yaqindan tanishish maqsadida, madaniy dastur tashkil qilingan bo’lib, unga asosan poytaxtimiz mehmonlari Toshkent va Samarqand shaharlaridagi diqqatga sazovar joylarda bo’ldilar, yirik investitsion loyihalar hamda tarixiy meroslar va obidalar bilan  tanishdilar.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Aprel 2019 15:07

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 374 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!