РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2018 YILDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...
06
Fev 2019
930 marta ko'rildi

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN 2018 YILDA O’TKAZILGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Moliya vazirligi Hay’atining 2018 yil yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari muhokama qilinib, Bosh boshqarmaning 2019 yildagi vazifalari belgilab olindi. 

2018 yilda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 7 047 ta nazorat tadbirlari o’tkazildi. Shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlari soni o’tgan yilga nisbatan 2 martaga kamaydi. (2017 yilda – 14 296 tani tashkil etgan).

O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi va 2017 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan (534,1 mlrd.so’m) miqdorga teng bo’ldi.

I. Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag’larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan o’tkazilgan bo’lib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd.so’m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz mablag’lar sarflanishi aniqlanib, 51,1 mlrd.so’mi (75%) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: 

2017 yilda o’tkazilgan 11 510 ta nazorat tadbirlarida byudjet qonunchiligini buzish holatlari 91,1 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 72,2 mlrd.so’mi (79%) byudjetga tiklangan.   

Byudjet qonunchiligini buzish holatlari Davlat byudjeti xarajatlarning 2017 yilda 0,18 foiziga teng bo’lsa, bu ko’rsatkich 2018 yilda 0,09 foizni tashkil etib 2 martaga kamaygan.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko’p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari:

Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 17,1 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 13,1 mlrd so’mi (77%) byudjetga tiklandi;

Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 10,9 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 9,0 mlrd so’mi (83%) byudjetga tiklandi;

Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,6 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 4,5 mlrd.so’mi (68%) byudjetga tiklandi;

Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 5,4 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 4,4 mlrd.so’mi (81%) byudjetga tiklandi.

Mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadigan muassasalarda ko’p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari:

Farg’ona viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonunbuzilish holatlari 6,2 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 3,9 mlrd.so’mi (62%) byudjetga tiklandi;

Andijon viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonunbuzilish holatlari 5,6 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 5,0 mlrd.so’mi (89%) byudjetga tiklandi;

Surxondaryo viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonun-buzilish holatlari 4,3 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 3,7 mlrd.so’mi (83%) byudjetga tiklandi;

Samarqand viloyatida – byudjet tashkilotlaridagi qonunbuzilish holatlari 3,4 mlrd.so’mni tashkil etib, shundan 3,1 mlrd.so’mi (90%) byudjetga tiklandi.

2018 yilda mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijrosi yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasida, Andijon, Buxoro va Navoiy viloyatlarida keng qamrovli nazorat tadbirlari o’tkazildi. 

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanildi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalari tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va byudjet tashkilotlari bevosita ishlaydigan “UzASBO dasturi” ma’lumotlaridan foydalangan holda 1691 ta muassasalarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzilishi yuzasidan kameral nazorati o’tkazildi.

Kameral nazorat o’tkazilgan muassasalardan 1409 tasida me’yoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 26,8 mlrd.so’mlik xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, ushbu muassasalarga kiritilgan taqdimnoma va ko’rsatmalar natijasida 15,7 mlrd.so’m mablag’larning asossiz sarflanishini oldi olindi.

Byudjet intizomini buzilishiga yo’l qo’ygan byudjet tashkilotlarining 201 nafar mansabdor shaxslari qonunchilikda o’rnatilgan tartibda  ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Byudjet tashkilotlarining 2018 yil uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzilishi va ularni me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi yuzasidan o’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 17,6 mlrd.so’m byudjet mablag’larining noqonuniy va asossiz sarflanishini oldi olindi.

Shuningdek, nazorat tadbirlari yakunlari bo’yicha nazorat ob’ektining e’tirozlarini xolisona ko’rib chiqish va baho berish uchun Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarida Nazorat komissiyalari tashkil etildi.

Ushbu Nazorat komissiyalarining 149 ta majlislarida 1068 ta byudjet muassasalarda o’tkazilgan tekshirishlar bo’yicha nazorat ob’ektning e’tirozlari ko’rib chiqilib, ularga xolisona tushuntirishlar berildi.

II. Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg’armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalari mablag’larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o’tkazilgan 1472 ta nazorat tadbirlarida 357,8 mlrd.so’m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo’lib, shundan 236,7 mlrd.so’mni tiklanishi ta’minlandi.  

Shuningdek, Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 205 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy xo’jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari o’tkazilgan bo’lib, aniqlangan 113,4 mlrd.so’m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo’yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko’rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari mablag’larini maqsadli sarflanishi, “Jamoat ishlari” jamg’armasi va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi mablag’larini maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlari o’tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga axborotlar kiritildi. 


 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 11 Iyun 2019 10:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 308 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd