РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI O’Z FAOLIYATINI QAT’IY “KORRUPSIYA VA PORAXURLIKKA QARSHI KURASHISH ICHKI NAZORAT QOIDALARI”NI JORIY QILISH BILAN BOSHLADI

  • YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Anglashuv memorandum imzolandi

    Anglashuv memorandum imzolandi

    Batafsil...
  • Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o…

    Batafsil...
  • Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Batafsil...
  • Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’LINMALARINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi poytaxtimizning talabalari va yosh bitiruvchilariga hamda malaka oshirish istagida bo’lgan yoshlarga vazirlikda amaliyot o’tash imkoniyatini yaratadi va tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi poytaxtimizning talabalari va yosh bitiruvchilariga hamda malaka oshirish istagida bo’lgan yoshlarga vazirlikda a…

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qiladi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • Buxgalter va auditor kasbining rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro Forum

    Buxgalter va auditor kasbining rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro Forum 

    Batafsil...
  • “MHXS va BHMS: transformatsiya boshlanmoqda” mavzusida konferensiya o’tkazildi

    “MHXS va BHMS: transformasiya boshlanmoqda” mavzusida konferensiya o’tkazildi

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi Markaziy apparatning vakant lavozimlariga takror tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi Markaziy apparatning vakant lavozimlariga takror tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • 2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

    2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi…

    Batafsil...
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Harakatlar strategiyasi va yoshlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

    Harakatlar strategiyasi va yoshlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

    Batafsil...
  • Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Batafsil...
05
Fev 2019
560 marta ko'rildi

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI O’Z FAOLIYATINI QAT’IY “KORRUPSIYA VA PORAXURLIKKA QARSHI KURASHISH ICHKI NAZORAT QOIDALARI”NI JORIY QILISH BILAN BOSHLADI

Korrupsiya - taraqqiyot yo’liga jiddiy to’siq bo’lib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug’diradigan asosiy illatdir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni tag-tomiri bilan yo’qotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilib kelindi. Korrupsiya mavjud bo’lgan jamiyatda davlat o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajarish qiyinlashadi, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasi zaiflashadi, shuningdek chet el xalqlari va investorlari uchun bunday jamiyat o’z jozibasini yo’qotadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan kiritilgan va 03.01.2017 yilda qabul qilingan  «Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida»gi qonun ushbu illatga qarshi kurashish yo’lida qilingan muhim qadamdir.

Shuningdek Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 17 yanvar kungi PF-5635-sonli  farmoni bilan “2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” tasdiqlandi. Ushbu dasturda  “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish»da amalga oshiriladigan tadbirlari belgilab berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi 20.10.2018 yilgi №PQ-3980-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan bo’lib, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo’nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo’yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish Agentlikning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun eng avvalo agentlik faoliyatida shaffoflikni, taraflar tengligi, ularning huquq va majburiyatlariga og’ishmay amal qilishni ta’minlash, korrupsiyaga olib keluvchi holatlarni oldini olish, ushbu holatlarga jiddiy choralar ko’rish zarur bo’lib, ushbu maqsadda Agentlik tomonidan xalqaro talablar va mezonlar asosida ishlab chiqilgan “Korrupsiya va poraxurlikka qarshi kurashish ichki nazorat qoidalari” bunga yaqqol misoldir.

“Korrupsiya va poraxurlikka qarshi kurashish ichki nazorat qoidalari”da Agentlikda korrupsiyaga kurashishning asosiy tamoyillari, korrupsiyaga qarshi kurashish usullari, uni oldini olish choralari, korruptsiyaviy faktorlar kelib chiqish sabablari ko’rsatib o’tilgan va har bir xodim ushbu holatlarga yo’l qo’ymasligi uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va targ’ibot-tashfiqot ishlari olib borilgan. Agentlik tomonidan joriy qilingan Mazkur qoidalar respublikaning boshqa davlat idoralariga nafaqat o’rnak va ibrat, balki jahon xamjamiyati va chet-el investorlariga ma’qul bo’lgan bir qadam bo’lib hisoblanadi.

Ushbu qoidalarning maqsadi jamiyat va davlat tomonidan Agentlik zimmasiga qo’yilgan vazifalarni har qanday yot illatlarga og’ishmay, qonuniy, ochiq va shaffof bajarishga qaratishdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 05 Fevral 2019 12:12

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 727 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!