РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya vazirligida "Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi" (DMFAS-6) joriy etildi

  • YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Anglashuv memorandum imzolandi

    Anglashuv memorandum imzolandi

    Batafsil...
  • Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o…

    Batafsil...
  • Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Batafsil...
  • Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’LINMALARINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi poytaxtimizning talabalari va yosh bitiruvchilariga hamda malaka oshirish istagida bo’lgan yoshlarga vazirlikda amaliyot o’tash imkoniyatini yaratadi va tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi poytaxtimizning talabalari va yosh bitiruvchilariga hamda malaka oshirish istagida bo’lgan yoshlarga vazirlikda a…

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qiladi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • Buxgalter va auditor kasbining rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro Forum

    Buxgalter va auditor kasbining rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro Forum 

    Batafsil...
  • “MHXS va BHMS: transformatsiya boshlanmoqda” mavzusida konferensiya o’tkazildi

    “MHXS va BHMS: transformasiya boshlanmoqda” mavzusida konferensiya o’tkazildi

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi Markaziy apparatning vakant lavozimlariga takror tanlov e’lon qiladi

    Moliya vazirligi Markaziy apparatning vakant lavozimlariga takror tanlov e’lon qiladi

    Batafsil...
  • 2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

    2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi…

    Batafsil...
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Harakatlar strategiyasi va yoshlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

    Harakatlar strategiyasi va yoshlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi

    Batafsil...
  • Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Xalqaro va ichki davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari oshishni davom etmoqda

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV!

    Moliya vazirligida YANGI TAYINLOV! 

    Batafsil...
  • Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik

    Batafsil...
07
Yan 2019
1657 marta ko'rildi

Moliya vazirligida "Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi" (DMFAS-6) joriy etildi

O’zbekiston Respublikasi davlat qarzi monitoringini yuritish, unga xizmat ko’rsatish, hisob va hisobotlarni avtomatlashtirish maqsadida Moliya vazirligida “DMFAS-6” dasturiy majmuasi o’rnatildi. 

Osiyo taraqqiyot bankining beg’araz texnik ko’magi - “Investitsion loyihalarni va tashqi qarzni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat organlarini salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Moliya vazirligi OTB va BMT Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi (YuNKTAD) bilan hamkorlikda “Qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini joriy etish” komponenti amalga oshirildi.

2018 yilning 10-21 dekabr kunlari Moliya vazirligida YuNKTAD missiyalari tashkil etildi. 

“DMFAS-6” DMni o’rnatish va texnik xizmat ko’rsatish” missiyasi “DMFAS-6” DMni o’rnatish va texnik kuzatuvni o’rgatishni o’z ichiga olgan bo’lib, 2018 yil 10-19 dekabr kunlari YuNKTADning tizim-dasturchisi janob Jon Barrozo tomonidan o’tkazildi. 

“DMFAS-6” DMdan foydalanish bo’yicha boshlang’ich vazifaviy tayyorgarlik” missiyasi dasturiy majmua bilan tanishish, o’rganish, tekshirish va dasturga ma’lumotlarni kiritish bilan bog’liq bo’lgan savollarga echim topishni o’z ichiga olgan bo’lib, 2018 yil 10-21 dekabr kunlari YuNKTADning mustaqil vakili janob Artak Marutyan tomonidan o’tkazildi. Mazkur seminarlarda Moliya vazirligining xodimlari qatnashib, unda Moliya vazirligi va YuNKTAD xodimlari o’rtasida o’zaro tajriba almashildi. 

Ma’lumot uchun: «DMFAS-6» DM “Qarzni boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi”- BMTning Savdo va taraqqiyot konferentsiyasi (YuNKTAD) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bu davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni integratsiyalash imkonini beradi hamda uning holatini yuqori darajada tahlil qilishni o’z ichiga olib, asosan Moliya vazirligi va Markaziy bankda qo’llaniladi. Qayd etish joizki, «DMFAS-6» DM jahonning 57 davlati va 84 dan ziyod moliyaviy-iqtisodiy institutlarida keng foydalaniladi. So’nggi yillarda «DMFAS-6» DM davlat qarzini boshqarish, davlat qarzi portfelini tahlil qilish va hisobini yuritishda ko’plab hukumatlarga o’z imkoniyatlarini yaxshilashda muvaffaqiyatli yordam berdi. Shuningdek, «DMFAS-6» DM o’z foydalanuvchilariga davlatning ichki va tashqi, qisqa, o’rta va uzoq muddatli qarzlari bo’yicha hamda qayta kreditlash operatsiyalarini monitoring qilish imkoniyatini ta’minlab beradi. Qo’shimcha ravishda, tizim doirasida xususiy qarz va grantlarni ham hisobini yuritish mumkin. Davlat xarajatlariga kelsak, «DMFAS-6» DM byudjet ijrosi bo’yicha davlat moliyaviy tizimiga ham ulanishi mumkin. 

Bajarilgan ishlar davomida mutaxassislar shuni ta’kidladilarki, ushbu tizim mamlakatning qarzdorlik portfelini batafsil tahlil qilish uchun asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi, bu esa Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasini sifatli amalga oshirish imkonini beradi. 

Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan amaldagi kreditlar to’g’risidagi ma’lumotlar davlat qarzini to’liq nazorat qilish va avtomatlashtirish, shuningdek, davlat qarz portfelini xalqaro standartlarga javob beradigan darajada batafsil tahlil qilish maqsadida «DMFAS-6» DM ga kiritilmoqda.

Tashkil etilgan missiyalar mehmondo’st va konstruktiv muhitda o’tkazilib, qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini mukamallashtirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Yanvar 2019 11:46

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 610 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!