РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

  • SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    Batafsil...
  • 2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA TAHLILI

    2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA…

    Batafsil...
  • HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    Batafsil...
  • ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN YIG’ILISH

    ALKOGOL MAHSULOTLARINI SAVDOSI UCHUN RUXSAT BERISH TARTIBINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARIGA BAG’ISHLANGAN KENGAYTIRILGAN Y…

    Batafsil...
  • ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA EZGU AN'ANA

    Batafsil...
  • Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Alkogolli mahsulotlar chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi subyektlarga

    Batafsil...
  • MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI BOSH ISH O'RINLARIGA TANLOV E'LON QILADI

    Batafsil...
  • BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

    Batafsil...
  • AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    AIIB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

    Batafsil...
  • DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    DAVLAT MABLAG'LARINI QAYERGA SARFLANISHINI BELGILAB BERING! DAVLAT BUDJETIGA BEFARQ BO'LMANG!

    Batafsil...
  • https://t.me/Eksport_QQS_bot
  • Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun  2 trln. 237 mlrd. so’m mablag’, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so’m byudjet mablag’lari jalb etildi

    Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun…

    Batafsil...
  • “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    “Oila - Vatan ichra kichik Vatandir”, “Mustaqillikka shukronalik” mavzusida tadbir o‘tkazildi

    Batafsil...
  • DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    DIQQAT! YANGI TAYINLOV!

    Batafsil...
  • Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklikn

    Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti A…

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgarishlar: chaqiriqlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgar…

    Batafsil...
31
Okt 2018
665 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Xalqaro valyuta jamg’armasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha departamenti bosh iqtisodchisi Albert Eger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari, 2018 yilning ikkinchi yarmida byudjetni ijro etish masalalari hamda kelgusi 2019-yil uchun daromad va xarajatlar prognoz parametrlari muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, XVFning dastlabki baholash natijalariga ko’ra, mamlakat makroiqtisodiy siyosati 2019 va 2020-yillarga mo’ljallangan inflyatsiya darajasining prognoziga mos keladi.

Muhokama chog’ida iqtisodiy vaziyatning rivojlanish istiqbollari, soliq islohotlari va davlat korxonalarini qayta tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi xizmatlar ko’rsatish va telekommunikatsiya kabi sohalarda samaradorlikni oshirish borasida O’zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy qabul baholadi. Shu bilan birga, missiya tomonidan yangi ish o’rinlari tashkil etishda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sektorlarining samaradorligini yanada oshirish zarurligi bildirildi.

Shuningdek, soliq tizimi, energetika sohasini isloh qilish, un va qolipli non narxlarini erkinlashtirish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Missiya a’zolari O’zbekiston hukumati tomonidan narxlarni liberallashtirish davrida ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy imtiyozlarni oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida zarur chora-tadbirlar ko’rilishi zaruriyatini qayd etdi. Ta’kidlandiki, bu davrda davlatning asosiy maqsadlaridan biri kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
 

Concrete

Uchrashuv yakunida joriy yilning 7-noyabriga qadar Toshkentda ishchi tashrif bilan bo’ladigan janob Eger XVF missiyasi rejalari bilan tanishtirdi. Xususan, mamlakatda biznesni yuritish uchun investorlar istiqbollari o’rganiladi.

Moliya vazirligi hozirgi missiya doirasida rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyotda investitsiya muhitini yaxshilashni yanada samarali asosga o’tkazish bo’yicha olib borilayotgan islohotlarni va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilish maqsadida davra suhbati tashkil etishni taklif etdi.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Noyabr 2018 17:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Avgust 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 614 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!