РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning asosiy yo'nalishlari bo'yicha

    18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning…

    Batafsil...
  • JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • FORUM

    FORUM

    Batafsil...
  • JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO BAHOLASH TARTIB-TAOMILLARIGA TAYYORGARLIKNING ASOSIY YO’NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

    JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO B…

    Batafsil...
  • TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILADI

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV…

    Batafsil...
  • Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdimoti o’tkazildi

    Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taq…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar-trening

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Batafsil...
  • YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Anglashuv memorandum imzolandi

    Anglashuv memorandum imzolandi

    Batafsil...
  • Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o…

    Batafsil...
  • Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Batafsil...
  • Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’LINMALARINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’

    Batafsil...

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning fevral oyining II-yarmi uchun ish haqini toʻlab berish uchun hududiy Gʻaznachlik tuzilmalariga taqdim etilgan barcha talabnomalar joriy yilning 7 mart holatida toʻliq oʻtkazib berildi. Ma'lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Concrete

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi va Navoiy viloyati bo’yicha G’aznachilik boshqarmasi Kasaba uyushmasi hamda boshqarmaning “Yoshlar ittifoqi” kengashining 2018 yil uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-25 fevral kunlari Navoiy viloyati bo’yicha G’aznachilik boshqarmasi Kasaba uyushmasi hamda boshqarmaning “Yoshlar ittifoqi” kengashi a’zolari tashabbusi bilan sportning shaxmat va shashka turlari bo’yicha g’aznachilik tizimi xodimlari o’rtasida musobaqalar o’tkazildi.

Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil fevral oyi 2 yarmi uchun ish haqlari to’lanishi yuzasidan monitoring natijali yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 1 mart kunida Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash maqsadida 486,8 mlrd. so’m miqdorida maqsadli mablag’lar ajratildi.

Natijada hududiy g’azna hisob raqamlarida ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida va to’liq to’lanishi uchun etarli miqdorda mablag’lar shakllantirildi.

Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g’aznachilik organlariga taqdim etilgan to’lov hujjatlari asosida joriy yilning 5 mart sanasiga fevral oyning 2 yarmi uchun ish haqi pullarini to’lanishi respublika bo’yicha 94,3 foizni tashkil etdi.

Oʻtgan 2017 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning yangi bosqichga oʻtishiga erishildi. Ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasida doʻstona munosabatlarning oʻrnatilishi mazkur davlatlarning vazirlik va idoralari oʻrtasidagi hamkorlikning jadal surʼatlarda rivojlanishini taʼminlash imkonini yaratdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolangan boʻlib, unga muvofiq soliq siyosati, soliq maʼmurchiligi hamda mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan edi.

ConcreteSamarali tashkil qilingan soliq tizimi biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi, investitsiyalarni jalb qilinishi va mamlakat iqtisodiyotini o’sishining muhim omillaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida, xususan, soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, uzoq davr mobaynida, shu jumladan investorlar uchun, aniq va tushunarli bo’lgan soliq tizimini yaratish zarurligi ta’kidlangan edi.

Murojaat davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bugungi kungacha olib borilgan soliq siyosati tanqid ostiga olinib, natijada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorida ilg’or xorij tajribasini inobatga olgan xolda, shu jumladan byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish Kontseptsiyasini ishlab chiqish zarurligi belgilab qo’yildi.

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1. Malaka imtihoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

34

shulardan kelmaganlar

13

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

4

3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

17

4. Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

-

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 356-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «KK AUDIT-SERVIS» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbus tarzdagi va majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2018 yil 21 fevraldagi seriyasi AF 00728-sonli litsenziya berildi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tegishli mutaxassislari ishtirokida byudjet tashkilotlarining chet el valyutadagi mablag’lariga G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqildi va O’zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarining chet el valyutadagi mablag’larining g’azna ijrosi qoidalari loyihasi muhokama etildi.

Concrete 22-23 fevral kunlari Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan ma’lumotlarini tarqatishning umumiy tizimiga (k-MTUT) qo’shilishida texnik ko’maklashish doirasida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Missiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasida XVFning kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimini joriy etish masalasida ko’maklashish hisoblanadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 22-23 va 28 fevral kunlari Moliya vazirligida uchrashuvlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan. XVFning kengaytirilgan ma’lumotlarini tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)ga ulanish doirasida, 15 ta yo’nalishdan iborat ma’lumotlarni muntazam ravishda tegishli vazirliklarning rasmiy veb saytlarida belgilangan tartibda joylashtirib borish ko’zda tutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017 yil 26 dekabrdagi 182-son buyrug’i bilan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar tasdiqlandi (ro’yxat raqami 2971, 2018 yil 15 fevral).

Ushbu Qoidalar O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi va O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, barcha byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan byudjet mablag’laridan foydalanish jarayonining qulayligi va soddaligi yuzasidan tanqidiy tahlillar olib borilmoqda.

Ushbu masalaga bag’ishlangan yig’ilishda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa pullarining o’z vaqtida to’lanishi va to’lov jarayonining soddalashtirish masalasi qattiq tanqid qilindi.

Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining tumanlardagi bo’linmalari tomonidan nafaqalarning to’lab berilishi bo’yicha ancha yillar avval joriy etilgan, lekin oxirigacha o’ylanmasdan tuzilgan murakkab jarayon jiddiy muhokama qilindi. Ushbu tashkilotlar nafaqalarni to’lab berish uchun tegishli hujjatlarni viloyat boshqarmalari orqali Toshkentga jo’natishlari zarur edi va “ma’lum bir” tahlillardan so’nggina Moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan tasdiqlab berilar edi. Natijada esa, byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug’ish nafaqasini to’lab berish ba’zan 2 oygacha kechiktirilar edi.

ConcreteOʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya federatsiyasi Federal gʻaznachiligi oʻrtasidagi texnik xamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum va 2018 yil uchun xamkorlik rejasi ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari Rossiya federatsiyasiga tashrif buyurdi (2018 yil 19-21 fevral kunlari).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yil 1 fevraldan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar pm.gov.uz manzilidagi veb-sayti orqali o’z murojaatlarini bevosita tegishli davlat organlariga yuborish imkoniyati taqdim etildi.

Veb saytimizning “Buxgalteriya hisobi va audit” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasida 2017 yil bo’yicha auditor xizmatlari bozorining asosiy ko'rsatkichlari joylashtirildi.

Veb saytimizning “Sug‘urta” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorining 2017 yil yakunlari bo'yicha o’tgan davrga nisbatan tahliliy ma'lumotlari joylashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 17 yanvardagi 1-SF-sonli buyrug’iga muvofiq “TEMIRYO’L-SUG’URTA” sug’urta kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga majburiy sug’urta bo’yicha 10-klass (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish) va 13-klass (ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish va Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish) bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga oshirishi uchun 2018 yil 08 fevraldagi seriyasi SF 00224-sonli litsenziya berildi.

Joriy yilning 3 fevral kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hay’atining kengaytirilgan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari-Moliya vaziri J.A.Qo’chqorov olib bordi.

Yig’ilish kun tartibiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2017 yil ijrosi yakunlari hamda 2018 yil Davlat byudjeti parametrlarini so’zsiz bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma yig’ilishida parlamentga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Murojaatnomasida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalari muhokama qilindi.

Respublikaning shaharlarida yashovchi aholiga hamda ijtimoiy soha ob’ektlariga issiqlik ta’minotini yanada yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fransiya davlatining «Veolia» kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi.
Muzokaralar davomida Namangan shahrida issiqlik resurslari va energiya iste’molini boshqarish yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv o’tkazishdan maqsad, Namangan shahrida energiya xizmatlarini boshqarish kompleks tizimini joriy etish mexanizmini aniqlash, shuningdek ko’p qavatli uylarda yashovchi aholixonadonlarini 100 foiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlashdan iborat.

Uchrashuv jarayonida 4-avlod markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarining zamonaviy ishlanmalari hamda monitoring tizimi maksimal darajada avtomatlashgan va masofali boshqariladigan hamda yopiq tizimli past-haroratda ishlovchi uskunalarning qo’llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Resurslarni boshqarishni optimallashtirish sohasida «Veolia» kompaniyasi jahonda etakchi o’rinni egallaydi. Kompaniya ushbu sohada 160 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo’lib, butun dunyo bo’ylab faoliyat yuritayotgan bo’linmalarida 163 000 xodim mehnat qiladi. Kompaniya suv resurslari, chiqindilar va energiya iste’moli sohasini boshqarish bo’yicha qaror ishlab chiqadi va qabul qiladi. Faoliyat sohalarining diversifkatsiyalashganligi tufayli, «Veolia» mavjud resurslarni asrash va optimallashtirish, hamda ularni to’ldirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-sonli qaroriga asosan 2018 yilda paxta to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan tashkilotchilari ro’yxati aniqlandi.

To’qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2018 yil paxta xom ashyosi hosili doirasida sinab ko’rishni hisobga olgan holda hududlarda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish to’g’risidagi takliflari qabul qilindi ushbu 2018 yilda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladigan 13 ta tashkilotlarga hududlardan ushbu ishlab chiqarishni to’qimachilik sanoati korxonalari hamda fermer xo’jaliklari o’rtasida paxta xom ashyosini etishtirish va etkazib berish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri kontraktatsiya shartnomasini tuzish asosida tashkil etish nazarda tutilgan bo’lib, jami 140 901ga er maydoniga ega bo’lgan mavjud fermerlar biriktiriladi.

O’zbekistonda paxta-to’qimachilik ishlab chiqaruvchilari hamda fermer xo’jaliklari o’rtasida paxta xom ashyosini etishtirish va etkazib berish borasida to’g’ridan-to’g’ri kontraktatsiya shartnomasi tuziladigan bo’ldi. Bu Vazirlar Mahkamasining paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida belgilab qo’yildi.

Qarorga ko’ra, O’zbekistonning turli hududlarida 13 ta paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi. Bu tashkilotlar er, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, paxta xomashyosini o’z vaqtida yig’ib terib olishga ko’maklashadi.  Shuningdek, paxtani chuqur qayta ishlash va qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi jami er maydoni 1 gektardan ko’proq er uchastkasiga ega bo’lgan yagona soliq to’lovini to’lovchilari tomonidan 2018 yilda er solig’ini to’g’ri hisoblab chiqarilishini ta’minlash maqsadida qo’yidagilar ma’lum qilinadi.   

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi bir oy muddatda yagona soliq to’lovchilarining er solig’ini hisoblab chiqish va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirilgan.

Shunga ko’ra, jami er maydoni 1 gektardan ko’proq er uchastkasiga ega bo’lgan yagona soliq to’lovini to’lovchilar 2018 yil uchun er solig’i hisob-kitobini yuqoridagi Nizom tasdiqlangandan keyin taqdim etadi.

Concrete

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog’liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berdi.

O’zbekiston Respublikasidagi yoshlar manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bo’lishiga erishish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-kuvvatlash to’g’risida”gi Farmoni hamda 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida ham Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashkillashtirildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha G’aznachilik boshqarmasida tuzilgan O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 2017 yil 23 oktyabrdan o’z faoliyatini boshladi. Boshlang’ich tashkilot Qorakalpog’iston Respublikasi bo’yicha G’aznachilik boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan bo’lib, ushbu dastur asosida faoliyat olib bormoqda.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 07 fevraldagi buyrugʻiga asosan 2018 yilning  22-23 fevral kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 22 fevral, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor  yuli  koʻchasi,   1A-uy) oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

Sh.I. Sh.I.
1. Muxitdinov Xusnitdin 18. Gravshonkov Andrey
2. Fazlo’eva Svetlana 19. Shergoziev Asrorjon
3. Xaknazarov Bengnazar 20. Kreyman Aleksandra
4. Abdukarimov Davronbek 21. Ergashov Asad
5. Jumabaeva Gulxayo 22. Petrova Mariya
6. Isomitdinov Farrux 23. Gulmuratov Askarjon
7. Ergashev Berkin 24. Kubeev Gayrat
8. Shergoziev Sarvar 25. Yakubdjanova Lutfi
9. Gaybulloev Muxidillo 26. Kim Nataliya
10. Juraev Maxamadali 27. Jumanov Utkir
11. Abdullaeva Nargisa 28. Raximdjanov Rashid
12. Xikmatullaeva Nargiza 29. Azizov Anvarbek
13. Mavlonov Dilshod 30. Saydasheva Yana
14. Kodirov Yusupjon 31. Tilavov Ulashboy
15. Usmonov Maxamadali 32. Jabborov Zarif
16. Xolmatov Zakir 33. Prokudina Kristina
17. Abdusalomov Otaxonbek 34. Bobomurodov Gafur

 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2017 yil daromad va xarajatlari ijrosining IV-chorak natijalari bilan batafsil tanishib chiqish uchun veb saytimizning "Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi" bo'limiga kirishingiz mumkin.

Davlat moliyasi tizimini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida boshqarish, bu jarayonda byudjet tashkilotlariga onlayn xizmat koʻrsatish mexanizmalarini joriy qilish davlat organlarining bugunigi kundagi asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan Davlat byudjetning gʻazna ijrosi jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlarni elektron tarzda taqdim etish boʻyicha bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan 2018 yildan boshlab Gʻaznachilik organlari faoliyatini ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasida, shuningdek byurokratiya va korruptsiyaning turli koʻrinishlariga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf qilishni koʻzda tutgan Gʻaznachilikning elektron axborot tizimi joriy etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi 3454-son “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to’lovlarning 2018 yilgi miqdorlari tasdiqlangan.

Har yili ota-onalar tomonidan to’lanadigan to’lovlar miqdori maktabgacha ta’lim muassasasining joylashgan joyi hamda muassasaning ish rejimi davomiyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

To’lov miqdorlari shaharlarda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun SanPin me’yorlari asosida bir bolaga to’g’ri keladigan oylik oziq-ovqat talabidan kelib chiqqan holda, boshqa joylarda esa bir qismini Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni ko’zda tutgan holda hisoblanadi.

Shu bilan birga, kam ta’minlangan oila farzandlarini hamda tasdiqlangan ro’yxati bo’yicha jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarni ota-onalar to’lovidan to’liq ozod etish, bir oiladan ikki va undan ortiq qatnaydigan bolalar uchun to’lovlarni pasaytirilgan holda belgilash kabi imtiyozlar qo’llaniladi.

2018 yil uchun tasdiqlangan ota-onalar to’lovi miqdorlarini tahlil qiladigan bo’lsak, oldingi yillarga qaraganda bir muncha farq qilishini ko’rishimiz mumkin.

Avval xabar berilganidek, Moliya vazirligi tomonidan  byudjet tashkiloti ishchilarining oʻtgan oyning 2-yarmi uchun ish haqlari toʻlanishini kechi bilan 5 ish kunida toʻlanishi nazoratga olingan.

Joriy yilning 1 fevral kunida Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida 499,4 mlrd. soʻm miqdorida maqsadli mablagʻlar ajratildi.

Natijada hududiy gʻazna hisob raqamlarida ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun yetarli miqdorda mablagʻlar shakllantirildi.

Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan gʻaznachilik organlariga taqdim etilgan toʻlov hujjatlari asosida joriy yilning 6 fevral sanasiga yanvar oyning 2 yarmi uchun ish haqi pullarini toʻlanishi respublika boʻyicha 91,3 foizni tashkil etdi.

Concrete

2018 yilning 6 fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻrta muddatga byudjetni tuzish konsepsiyasi hamda “Namangan shahri misolida byudjetni oʻrta muddatga tuzish” uslubiy qoʻllanmasining taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shovkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga boʻlgan murojaati hamda “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 91-bandi, yaʼni Byudjet daromadlari va xarajatlarining xalq uchun ochiq va oshkora boʻlishini taʼminlash, shuningdek davlat moliyasini boshqarishda oʻrta muddatli modeliga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha ijrosini amalga oshirish hisoblanadi.

Moliyaviy resurslar cheklangan sharoitida byudjet siyosatining asosiy vazifasi mabla-lardan samarali foydalanish hisoblanadi.

Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishda byudjetni sifatli rejalashtirishsiz amalga oshirib boʻlmaydi, uni oʻrta muddatli rejalashtirish esa, mamlakatimizda qabul qilingan harakatlar strategiyasi, davlat dasturlari va byudjet mablagʻlari oʻrtasida oʻzaro bogʻlikni taʼminlaydi.

Sug‘urta” bo‘limida 2018 yil 30 yanvar holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi. 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg'armasining 2017 yil daromad va xarajatlar ijrosi  bilan batafsil tanishib chiqish uchun veb saytimizning "Respublika maqsadli kitob jamg'armasi" bo'limiga kirishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida2018 yilning 31 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov rahbarligida vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari ishtirokida ish haqi toʻlovini belgilangan muddatlarda toʻlanishi yuzasidan navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida joriy yilning yanvar oyida Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida jami 588 mlrd. soʻm miqdorda qisqa muddatli byudjet ssudalari va boshqa mablagʻlar ajratilganligi taʼkidlandi.

Shunday boʻlsa-da, respublikamizning ayrim viloyatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlariga 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqini toʻlash muddatlari belgilangan muddatlarga nisbatan kechikishiga yoʻl qoʻyilgan.

2018 yilning yanvar oyi davomida ish haqini toʻlash muddatlariga rioya etilmaganligi yuzasidan respublikaning turli hududlaridan bir nechta murojaat (shikoyat)lar kelib tushganligini taʼkidlandi. Xususan, Toshkent viloyati Ohangaron tumaninida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi G.I. Kimning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali murojaatiga koʻra 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi pullari 2018 yilning 20 yanvarida vazirlikning masʼul xodimlarining bevosita aralashuvi orqali olinganligi aytib oʻtildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 24 noyabrdagi 169-son “Byudjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 6 dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-7.

Mazkur hujjatda quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar uchun tegishli kodlar kiritildi, shu jumladan:

a) byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 may PQ-3003-son qarori);

Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyun PQ-3082-son qarori);

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3225-son qarori);

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek Davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish maqsadida eskirgan va huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 180-son buyrugʻiga asosan Moliya organlarida byudjetdan tashqari mablagʻ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning xarajatlari toʻlovini nazorat qilish tartibi xaqidagi vaqtinchalik nizom (roʻyxat raqami 1475, 2005 yil 25 may).

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 183-son buyrugʻiga asosan Ijtimoiy soha tashkilotlari boʻyicha byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning yillik baza narmativlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1006, 2001 yil 14 fevral).

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 184, 28-2017-son buyrugʻiga asosan 2008 va 2009 yillarda Oliy taʼlim muassasalariga foizsiz byudjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1818, 2008 yil 29 may).

Concrete Rossiya Federatsiyasi Federal Gʻaznachiligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasidagi texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum va 2018 yil uchun hamkorlik rejasi ijrosi doirasida 2018 yil 26 yanvarda videokonferensiya oʻtkazildi.

Videokonferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va Gʻaznachilikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Federal Gʻaznachilikda ichki nazorat va auditni tashkil etish masalalari boʻyicha Ichki nazorat va audit boshqarmasi boshligʻi A.V. Solodov soʻzga chiqdi. U davlat moliyaviy nazorati boʻyicha Federal Gʻaznachilikning huquqlari, funksiyalari va vazifalari, hamda ichki nazorat va auditni tashkil etish va amalga oshirish bosqichlarini toʻgʻrisida aytib oʻtdi.

Concrete Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 91-bandi ijrosini taʼminlash, jumladan  Byudjet daromadlari va xarajatlarini tuzish (mahalliy byudjet) jarayonini xalq uchun ochiq va oshkora boʻlishini taʼminlash, mahalliy byudjetni boshqarishda yangi oʻrta-muddatli modelga bosqichma-bosqich oʻtish maqsadida ushbu “Oʻrta muddatli byudjet. Namangan shahar byudjeti misolida” uslubiy qoʻllanma va Oʻrta muddatli byudjetni rejalashtirish kontseptsiyasi taqdimoti oʻtkaziladi.

Taqdimotni 2018 yilning 6 fevral kuni soat 9-30 da Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik binosining katta zalida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tadbirda ishtirok etishga taklif etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabryadagi PQ-3454-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2018 yil uchun soliq va boshqa majburiy to’lovlar stavkasi bilan batafsil tanishish uchun   “Soliq va bojxona” bo’limiga tanishiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlarini attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha savollarning taxminiy ro'yxati bilan batafsil tanishib chiqish uchun veb saytimizning moliya inspektorlari sahifasining normativ-huquqiy hujjatlar bo'limiga kirishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikni, shu jumladan sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni takomillashtirishni davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori bilan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanktsiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritildi. (roʻyxat raqami 1842-5, 17.01.2018 y., kuchga kirish sanasi 17.01.2018 y.).

Concrete

Joriy yilning 12 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishning zamonaviy va ilgʻor ilmiy-texnikaviy yutuqlarini hamda tajribalarini keng joriy etish” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari – Gʻaznachilik boshligʻi Dilshod Neʼmatovich Sattarov ochib berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 dekabryadagi PQ-3454-son qaroriga asosan, Moliya vazirligi rasmiy veb saytining Davlat byudjeti boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari joylashtirildi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yoʻllangan ilk tarixiy Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliya vazirligi va uning quyi tizimlarida mavjud boʻlgan vakant ish oʻrinlarini toʻldirishda innovatsion gʻoya va fikrga ega boʻlgan xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, halol va fidoyi yangi avlod kadrlarini jalb qilish, ularni masʼul vazifalarga tavsiya etish hamda doimiy yangilanadigan zahirasini yaratish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Ushbu topshiriqning bajarilishini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va respublikamizdagi iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar qatoridan nomzodlar zaxirasini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 4-SF-sonli buyrugʻiga muvofiq “NEW LIFE INSURANCE” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida I, II, III, IV klasslar boʻyicha va umumiy sugʻurta tarmogʻida 1 va 2 klasslar boʻyicha ixtiyoriy va majburiy sugʻurtani amalga oshirish uchun 2018 yil 8-yanvardagi SF 00223-sonli litsenziya berildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2017 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Moliya vazirligi G’aznachiligi binosining majlislar zalida joriy yilning 12 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, O’zbekistonda davlat moliyasini boshqarishni zamonaviy va ilg’or ilmiy texnikaviy yutuqlarni hamda tajribalarni keng joriy qilish” mavzusida davra suhbati tashkil qilinmoqda.

Davra suhbati byudjet jarayonini takomillashtirish, o’rta va uzoq muddatli byudjetlashtirish, natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish, byudjet tizimini nomarkazlashtirish, soliq va byudjet siyosatini takomillashtirish, fiskal risklarni baholash, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, dasturiy tasnif, byudjetni g’aznachilik ijrosini takomillashtirish, ichki audit va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish, pensiya tizimini rivojlantirish kabi mavzularni qamrab olishi ko’zda tutilgan.

Shu munosabat bilan davra suhbatiga yuqoridagi mavzular bo’yicha tajribaga ega bo’lgan nomzodlarni (o’qituvchi, tinglovchi, talabalar va boshqalar) ismi, sharifi va telefon nomeri to’g’risidagi ma’lumotlarni Moliya vazirligiga 2018 yilning 8 yanvariga qadar (Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. yoki Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) elektron manzillariga yo’llashingizni so’raymiz.

Dastur (ko'chirib olish DOC 15KB)

Savolnoma (ko'chirib olish DOC 40KB)

Concrete

2017 yilning 29 dekabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining katta majlislar zalida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yilning 2 martida tasdiqlangan 62-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan videoseminar oʻtkazildi. 

Mazkur tadbir Moliya vazirligi xodimlari hamda respublikamizning barcha hududlardagi Moliya boshqarmalari xodimlari ishtirokida toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn tarzda  oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yilning 2 martida tasdqilangan 62-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari” respublikamiz davlat boshqaruvi organlarida mehnat qilayotgan davlat xizmatchilari tomonidan oʻz vazifalarini bajarishda rioya qilishlari lozim boʻlgan qoidalarni oʻzida jamlagan hujjat hisoblanadi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan 2017 yil uchun ishlab chiqilgan malaka oshirish kurslari oʻquv rejasiga “Davlat boshqaruvi organlari hamda Moliya vazirligi xodimlarining odob-axloq qoidalari” mavzusida oʻquv mashgʻulotlarini kiritildi.  

Joriy yilda mazkur mavzu boʻyicha jami 1411 nafar moliya tizimi xodimlari, shundan vazirlikning rahbarlik lavozimlariga olingan zaxirasining 122 nafar, hududiy moliya idoralarining 518 nafari, hududiy gʻaznachilik idoralarining 442 nafari, pensiya jamgʻarmasining 252 nafari, hududiy Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalarining 73 nafar xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami 40
shulardan kelmaganlar 4
2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar  20
3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 12
4.  Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar 4

 

Bugungi kunda respublikamizda toʻrt mingdan ortiq Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmatlar koʻrsatiladigan 32,4 ming koʻp qavatli uy-joy fondi mavjud.

Koʻp qavatli uylarga tutash hududlarda tozalikni saqlash va ularni obodonlashtirish, uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan samarali foydalanish, shuningdek taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish – ushbu uylarda yashaydigan aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim hayotiy omillardan biri sanaladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tarkibiy islohotlarning mustahkam meʼyoriy-huquqiy bazaga tayangan holda izchil amalga oshirilayotgani uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini tashkil etish imkonini bermoqda.

Ushbu kabi xayotiy muhim vazifalarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi "2017-2021 yillarda koʻp qavatli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qarori qabul qilindi.

Makur qaror bilan, koʻp qavatli uylarga tutash hududlarda tozalikni saqlash va ularni obodonlashtirish, uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan samarali foydalanish, shuningdek taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari qilib belgilandi.

Concrete

2017 yil 9 dekabr kuni Toshkentda “ Yilning eng yaxshi auditori”, “Yilning eng yaxshi buxgalteri”, “Yilning eng yaxshi ichki auditori” unvonlari uchun respublika koʻrik tanlovi natijalari eʼlon qilindi.

 2017 yilning eng yaxshi mutaxassislari va Diplom egalari sifatida quyidagilar topildi:


Yilning eng yaxshi auditori” nominatsiyasi boʻyicha:

I oʻrin - Prokudin Yevgeniy Alekseyevich – “Prokar expert audit” auditorlik tashkiloti direktori;
II oʻrin - Tulayev Umidjon Ibroximovich – MChJ “Fidbucial audit” auditorlik tashkiloti auditori  ;
III oʻrin - Fayziyeva Muxayyo Toirjonovna – MChJ “FTF-Lea-audit” auditorlik tashkiloti auditori.

Concrete 2017 yil 11 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oʻquv markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida byudjet jarayoni samaradorligi va natijadorligini oshirishning muhim omili sifatida, byudjet jarayonining natijaga yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli moliyaviy rejalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish loyihasining natijalari toʻgʻrisida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, oʻrta muddatli moliyaviy rejalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha asosiy erishilgan natijalarni muhokama qilish boʻldi.

Oʻtkazilgan tadbirda Moliya vazirligi, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Moliya vazirligi huzuridagi oʻquv markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.
 

Concrete

Joriy yilning 5 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining katta majlislar zalida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida  videokonferensiya oʻtkazildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish maqsadida joriy yilning 20 iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4969-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishiga asosan bir qator tadbirlarni oʻtkazish  belgilab berildi.

Tashkil etilgan mazkur videokonferensiyada Moliya vazirligining Markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Gʻaznachilik boshqarmasi, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya Bosh boshqarmalari, Gʻaznachilik boshqarmalari, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Konstitutsiyamizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati haqida keng targʻibot ishlarini amalga oshirish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, moliya idoralarida mehnat qilayotgan yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga egadir.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari Abduxafiz  Abduganiyevich Karimov  kirish soʻzi bilan ochib berdi va moliya idoralari xodimlarini Konstitutsiyamizning 25 yillik bayrami bilan tabriklab, mamlakatimizda oʻtgan yigirma besh yil davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan asosiy  tamoyil va qoidalar,  barcha sohalarda amalga oshirilgan samarali islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.

Concrete 2017 yil 4 dekabrda ”Poytaxt” biznes markazida Fuqarolar uchun byudjet (Xalq byudjetini) tayyorlash va chop etish konsepsiyasini muhokama qilishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Moliya vazirligining Oʻquv markazi faol ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbirda manfaatdor tomonlarning keng doirasini ifodalovchi 60 nafardan ortiq ekspert, shu jumladan Oʻzbekiston Respublkasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi, Bank-moliya akademiyasi va Toshkent moliya instituti, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik fondi, Fuqarolik jamiyatini shakllantirish boʻyicha mustaqil institut, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq ochiqlik va oshkoralik Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjetini tayyorlash, koʻrib chiqish va qabul qilish tartibotlari,  tasdiqlangan byudjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishni va ularning ijrosi     jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini nazarda tutadi.  Ushbu tamoyilning amalga oshirilishi ushbu yilda qabul qilingan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi  va 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ayniqsa dolzarblik kasb etadi. Yangi tashabbuslar axborotning ochiq boʻlishini va Davlat byudjeti va davlat maqsadli  jamgʻarmalari byudjetlarini koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish jarayonlarida fuqarolarni jalb etish mexanizmlarini joriy etishni taʼkidlaydi.

 

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 11 noyabrdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 21-22 dekabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 21 dekabr, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I. F.I.
1. Rustamova Adiba 21. Mavlyanov Rustam
2. Ibragimov Azimxuja 22. Xodjayev Muzaffar
3. Ruzimov Mansurbek 23. Osipova Olga
4. Tulakov Avazbek 24. Jabbarov Kamoliddin
5. Muxammadiyev Utkir 25. Xujakulov Azamat
6. Xalkulov Zulfikar 26. Li Yuliya
7. Shabanov Anatoliy 27. Zinnurov Mansurjan
8. Ergashev Berkin 28. Madraximov Lazizbek
9. Raxmonov Baxron 29. Xakimov Faxriddin
10. Mixaylov Aleksandr 30. Ergasheva Gulandon
11. Dadajonov Rustamali 31. Shergoziyev Sarvar
12. Gaybulloyev Muxidillo 32. Sirojiddinov Ikromiddin
13. Ishniyazov Oybek 33. Li Aleksandr
14. Aslanov Ulmas 34. Kabulova Dilnoza
15. Xolmirzayev Anvarjon 35. Prokudina Kristina
16. Askarov Baxodir 36. Anisimova Tatyana
17. Raximdjanov Rashid 37. Mizinets Tatyana
18. Norkabilov Sanjar 38. Xaydarova Shoxida
19. Raximov Odiljon 39. Zulfikorov Xudoyberdi
20. Klichov Maksud 40. Muzaffarov Alisher

 

Concrete

Joriy yilning 14-noyabr kuni Toshkent shahar Poytaxt biznes markazining “Uchquduq” konferensiya  zalida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda Davlat moliyasini isloh etishga koʻmak koʻrsatish” Loyihasi bilan birgalikda “Oʻzbekistonda Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi - Moliya vaziri oʻrinbosari D. Sattarov ochib berdi.

Konferensiyada Xalqaro valyuta fondining fiskal siyosat boʻyicha Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasining maslahatchisi Djon Zaxrob, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining mutaxassisi Fazliddin Raximov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi Davlat xaridlarini nazorat qilish mutaxassisi Akrom Toshpoʻlatov, Toshkentdagi Vestminster universiteti oʻqituvchisi Omon Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh boshqarma boshligʻi o'rinbosari Ismonjon Mamajonov va Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi Alisher Nasriddinov, Bank-moliya akademiyasi oʻqituvchisi Zarina Srojiddinova, Oʻquv markazining prfessor - pedagog xodimlari va boshqa tashkilot va muassasalardan 50 ga yaqin qatnashchilari ishtirok etdilar.

2017 yil 16 dekabr kuni soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihonlari tashkil etish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursida belgilangan tartibda oʻqigan shaxslar Moliya vazirligiga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida ariza bilan joriy yilning 4 dekabriga qadar tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Malaka imtihoniga Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (2007 yil 17 dekabrdagi roʻyxat raq. 1749) talablariga asosan hujjat taqdim etgan daʼvogarlar qoʻyiladi.

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami 33
shulardan kelmaganlar 8
2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 17
3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 8

 

Concrete 2017 yilning 24-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamkorlikda Davlat moliyasini boshqarish masalalarida oʻzaro bilim va tajriba almashish  Hamjamiyati - Ichki audit hamjamiyatining (IAH) yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Ichki audit hamjamiyatining Toshkent shahrida oʻtkazilgan tadbirlarida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi, Frantsiya, Niderlandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Ruminiya, Braziliya, Rossiya Federatsiyasi, Albaniya, Armaniston, Belorussiya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Vengriya, Serbiya, Makedoniya, Ukraina, Qozogʻiston, Gruziya, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Xorvatiya, Chernogoriya va Chexiya kabi davlatlarning 60 dan ortiq moliya organlarining rasmiy vakillari ishtirok etdilar.

Ichki audit hamjamiyati aʼzolari Jahon banki va dunyoning 23 dan ortiq mamlakatlari Moliya vazirliklari va gʻaznachilik organlarining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi mutaxassis va ekspertlaridan tashkil topgan.  

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha videokonferentsiya seminari oʻtkazildi.

Videokonferentsiya seminarida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmalari, Gʻaznachilik boshqarmalari, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining  xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari - Gʻaznachilik boshligʻi Dilshod Neʼmatovich Sattarov ochib berdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish tizimi   yaratilgan. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli  ijtimoiy himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablariga koʻra aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, bunda ijtimoiy adolatlilik printsiplariga qatʼiy rioya qilish, keng miqyosdagi ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, aholining band boʻlmagan qatlamlarini, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ragʻbatlantirish hamda mehnat faoliyatiga jalb qilishning samarali mexanizmlarni joriy qilish koʻzda tutilmoqda.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishlari boʻyicha Xarakatlar strategiyasiga muvofiq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorida aholining kam taʼminlangan qatlamlariga ijtimoiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha va samarali mexanizmlari belgilab berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qaroriga muvofiq, Anvar Rasulovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

A.Karimov soliq va bojxona-tarifi siyosati, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti, narxni shakllantirish va QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarish, agrosanoat majmui moliyasi masalalari hamda sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi faoliyatini nazorat qiladi.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 26-27 oktyabr kunlari (imtihon boshlanishi 2017 yil 26 oktyabr, soat 10:00da) Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Asotsiatsiyasida (manzil: Toshkent sh., Bodomzor yuli koʻch., 1A-uy) oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I.Sh. F.I.Sh.
1. Nazarov Maxamadjon 18. Pak Galina
2. Abduraxmanov Nurmaxan 19. Mixaylov Aleksandr
3. Bell Vera 20. Pulatov Murod
4. Nigmonov Askar 21. Dadajonov Rustamali
5. Usmanov Abrar 22. Gaybulloyev Muxidillo
6. Tsoy Nadejda 23. Xaydarova Shoxida
7. Muxammadiyev Utkir 24. Pulatov Shuxrat
8. Abdukarimov Davronbek 25. Ismayilov Adilbek
9. Yakubova Mastura 26. Ishev Akilbek
10. Jurayev Dilmurod 27. Fisher Mariya
11. Tadjibayev Yerjan 28. Pak Andrey
12. Xalkulov Zulfikar 29. Giyosova Malika
13. Odilov Shoxrux 30. Umirzakov Ergashali
14. Mirxanov Mirkomil 31. Raxmonov Baxron
15. Zulfikarov Xudoyberdi 32. Yusupov Maksudbek
16. Ergashev Berkin 33. Boboyev Sobirjon
17. Ochilov Ulmas    

 

Sug'urta nazorati davlat inspeksiyasi” bo‘limida 2017 yil 11 oktabr holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi.
 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1243 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd