РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning asosiy yo'nalishlari bo'yicha

    18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning…

    Batafsil...
  • JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • FORUM

    FORUM

    Batafsil...
  • JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO BAHOLASH TARTIB-TAOMILLARIGA TAYYORGARLIKNING ASOSIY YO’NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

    JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO B…

    Batafsil...
  • TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILADI

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV…

    Batafsil...
  • Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdimoti o’tkazildi

    Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taq…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar-trening

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Batafsil...
  • YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Anglashuv memorandum imzolandi

    Anglashuv memorandum imzolandi

    Batafsil...
  • Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o…

    Batafsil...
  • Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Batafsil...
  • Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’LINMALARINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’

    Batafsil...

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yosh Yetakchilar Kengashi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Andijon viloyati boʻyicha 2018 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi tahlili va amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 11 maydagi buyrugʻiga asosan 2018 yilning 11-12 iyun kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 11 iyun, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli koʻchasi, 1A-uy) oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I. F.I.
1 Ermatov Akmaljon 19 Kozimjonov Komiljon
2 Klimachev Andrey 20 Pirmatov Baxadir
3 Maxmudov Umidjon 21 Turayeva Dilorom
4 Cherezova Yelena 22 Razzakov Ulugbek
5 Salimov Anvar 23 Tilavov Ulashboy
6 Muxitdinov Xusnitdin 24 Isomitdinov Farrux
7 Fazlieva Svetlana 25 Tursunova Nadejda
8 Yakubdjanova Lutfi 26 Asaturov Grigoriy
9 Abdukarimov Davronbek 27 Jabbor Sanjar
10 Kreyman Aleksandra 28 Nasreddinov Shavkat
11 Ergashov Asad 29 Bobomurodov Gafur
12 Shergoziyev Sarvar 30 Xasanova Ziyoda
13 Jurayev Maxamadali 31 Axmedov Nodir
14 Xamrakulova Diana 32 Xasanov Otabek
15 Mustafina Gulfiya 33 Nasurlayeva Elvira
16 Safayeva Zulfiya 34 Raximbayev Umid
17 Raxmanov Kamoliddin 35 Muxitdinov Dilshod
18 Sharipov Nuriddin 36 Lebedinskaya Anna

 

 

Concrete

Joriy yilning 12-may kuni O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir o’rinbosari, moliya vaziri J.Qo'chqorovning Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) direktorining o’rinbosari – Tao Djang janoblari boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Concrete

Joriy yilning 10 may kuni Moliya vazirligi Gʻaznachiligida byudjet tashkilotlariga xizmat koʻrsatishning yangi usullari va horijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini joriy etish masalalari mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqildi.

Yuqoridagi masalalarni muxokama qilishdan asosiy maqsad, byudjet tashkilotlariga “Bir darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish, yaʼni ular faoliyatini samaradorligi va tezkorligini oshirish yoʻlida birmuncha qulayliklar yaratishni koʻzda tutadi.

Xalqaro valyuta fondining (XVF) Boshqaruv Kengashi IV moddaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida 2018 yilning konsultatsiyalarini yakuniga yetkazdi. 

2018 yil 9 may kuni Xalqaro valyuta fondining Boshqaruv Kengashi tomonidan Kelishuv bitimning IV moddasiga binoan xulosalari eʼlon qilindi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylardan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash va to’lash masalalari yuzasidan ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan mazkur savollar bo’yicha tushuntirishlar berish zarur deb hisobladik.

Savollarga o’tishdan oldin aytib o’tishimiz kerakki, hozirgi kunda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash masalalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tartibga solinadi. Endi savollarga o’tsak:

Bizning saytimizdagi "Davlat byudjeti-Axborot va tahliliy sharhlar" bo'limida O'zbekiston Respublikasi Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish konsepsiyasi ilovasi bilan tanishishingiz mumkin.

ConcreteJoriy yilning 23 aprelidan 1 may kuniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo'yicha so'rov o'tkazildi.

So’rov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining www.facebook.com ijtimoiy tarmog’idagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sahifasida, hamda Telegram messendjerining @minfinuzb kanalida joylashtirildi.

ConcreteJoriy yilning 4 may kuni Moliya vazirligi tashabbusi bilan vazirlikning rasmiy saytida avvalroq joylashtirilgan Konsepsiya loyihasi doirasida davlat moliyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari muhokama qilindi.

Muhokamada byudjet jarayonlarida bevosita ishtirok etuvchi tarmoq vazirlik va idoralarining mutaxassislari, shuningdek, mustaqil mahalliy va xalqaro ekspertlar hamda ilmiy xodimlar qatnashishdi.   

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo’linmalari xodimlari uchun “O’zbekiston Respublikasida 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatidagi o’zgarishlar va asosiy yangiliklar” mavzusidagi sayyor o’quv kurslari mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil qilindi va o’tkazilib borilmoqda.

Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprel oyining ikkinchi yarmi (oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni) uchun ish haqlari toʻlanishi yuzasidan tizimli monitoring natijalari yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 1 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida 573,4 mlrd. soʻm miqdorida maqsadli mablagʻlar ajratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari bilan 2017 yil dekabr oyi va 2018 yil 1-choragida Davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimliklari, prokuratura va sud organlarining vazifalari tahlil etilib, ularning tuzilmalari yangidan tasdiqlandi va xodimlar soni ko’paytirildi.

2018 yil 26 may kuni soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihonlari tashkil etish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq maslahatchilarini tayyorlash bo’yicha maxsus o’quv kursida belgilangan tartibda o’qigan shaxslar Moliya vazirligiga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish to’g’risida ariza bilan joriy yilning 14 mayiga qadar tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Concrete2018 yil 30 aprel kuni “O’zbekiston” mehmonxonasida “Auditorlik xizmatlari sifatini yaxshilash va auditorlik tashkilotlari ish faolligini oshirish” mavzusida Respublika konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati,  Ichki ishlar vazirligi, O’zavtotrans agentligi, mutasaddi tashkilotlar va jamg’armalar – sug’urta kompaniyalari ishtirokida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Concrete

2018 yil 27 aprel kuni soat 10:30 da “Poytaxt” biznes markazi binosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni samarali ijrosi, shuningdek, davlat va jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida “Davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimi: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida o’tkazildi. Shuningdek, unda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent moliya instituti hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ham ishtirok etishdi.

2018 yilning 26 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari N.Otajonov raisligida Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ hamda tegishli vazirlik va idoralarining rahbar xodimlari ishtirokida videoselektr yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Daryo.uz” va “Sputnik” sahifalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “O’zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi” ruknidagi ma’lumotlarni  ko’rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi.

2018 yil uchun o’rnatilgan aktsiz soliq stavkalarining o’zgarishi hozirgi kunga qadar  qayta ko’rib chiqilmagan va  ularning qayta oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosli emas.

Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan aktsiz markalarining oshirilishi amalga kiritilgan bo’lib, ular mutlaq summada (har bir birlik uchun so’mda) belgilangan.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash boʻyicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va masʼuliyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5075-sonli farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil  7 iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-sonli qarori qabul qilingan.

Hozirgi kunda respublikamizda investitsion muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish hamda Xalqaro iqtisodiy hamjamiyatda munosib o’rinni egallash bo’yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi xalqaro reyting agentliklarining suveren reytingini olish, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti klasifikatsiyasi bo’yicha kredit reytingini oshirish, shuningdek evroobligatsilarini chiqarish va xalqaro birja savdolariga joylashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning 27 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda “Xalq banki” ATB va “Agrobank” ATB ishtirokida mamlakat kredit salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni samarali tashkil etilishi tahlili to’g’risida amaliy seminar tashkillashtirildi.

Concrete

Joriy yilning 25 aprel kuni Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining (XVF) kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga (k-MTUT) qo’shilish bo’yicha texnik ko’magi doirasida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

k-MTUTga qo’shilish doirasida, 15 ta yo’nalishdan iborat ma’lumotlarni muntazam ravishda tegishli vazirliklarning rasmiy veb saytlarida belgilangan tartibda joylashtirib borish ko’zda tutilmoqda.

Concrete

Joriy yilning 24 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “2019-2021 yillar uchun Davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibi. Davlat byudjetini tuzishda vazirlik, idoralar va boshqa byudjetdan mablag’ oluvchilarning roli” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda tarmoq vazirlik va idoralar (byudjet mablag’lari taqsimlovchilar), respublika byudjeti hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati mahalliy byudjetlaridan mablag’ oluvchi tashkilotlarning moliya xizmati mutaxassislari ishtirok etishdi.

2018 yil 1-maydan boshlab viloyat markazlari va viloyatlarda joylashgan shaharlardagi suv ta'minoti, issiqlik ta'minoti va kanalizatsiya bo'yicha kiritiladigan yangi tariflar bilan bizning saytimizdagi "Narxlar va tariflar" bo'limidan tanishishingiz mumkin.

Concrete

2017 yil davomida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yangi bosqichga o’tishiga erishildi.

Ikki mamlakat rahbarlari o’rtasida do’stona munosabatlarning o’rnatilishi mazkur davlatlarning vazirlik va idoralari o’rtasidagi hamkorlikning jadal sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash imkonini yaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida Memorandum imzolangan bo’lib, unga muvofiq davlat byudjetining daromad qismini ijro qilish, yagona g’azna hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarish, davlat moliyaviy nazorati va audit, byudjet ijrosi jarayonini avtomatlashtirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash nazarda tutilgan edi. Memorandum ijrosi doirasida moliya va g’aznachilik organlari ish tajribasini o’rganish bo’yicha o’zaro xizmat safarlari tashkil etilmoqda hamda muntazam ravishda videokonferentsiyalar o’tkazib kelinmoqda.

Bizning saytda 2018 yil uchun Byudjetnoma joylashtirilgan. Saytning "Davlat byudjeti-Nashriyotlar" bo'limida ushbu ma'lumot bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Concrete

Hammamizga ma’lumki 2017 yilning 19 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Prezidenti Serdar Chamn o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv jarayonida bir qancha strategik hamkorlik bo’yicha kelishuvlar imzolandi.

Mazkur strategik hamkorlik doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va TIKA tashkiloti o’rtasida joriy yilning mart oyida xodimlar malakasini oshirish bo’yicha kelishuvga imzo chekildi.

Concrete

2018 yil 23-27 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligi o’rtasida daromadlarni oshirishda g’aznachilikning ahamiyati, davlat byudjetidan samarali foydanishni ta’minlash, moliyaviy nazorat jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan o’zaro tajriba almashish bo’yicha muloqotlar bo’lib o’tadi.

  20.04.2018 yil holatiga                                                                                   mln. so’m

Hududlar nomi

Joriy yilning aprel oyida to’lab berilgan jami ijtimoiy nafaqalar

Xammasi

122 778,9

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

13 270,6

2

Andijon viloyati

10 059,9

3

Buxoro viloyati

5 419,3

4

Jizzah viloyati

7 076,8

5

Kashqadaryo viloyati

19 309,8

6

Navoiy viloyati

3 157,4

7

Namangan viloyati

13 134,5

8

Samarqand viloyati

16 796,8

9

Surxondaryo viloyati

11 271,9

10

Sirdaryo viloyati

3 067,1

11

Toshkent viloyati

3 226,8

12

Farg’ona viloyati

9 810,5

13

Xorazm viloyati

6 989,2

14

Toshkent shahri

188,5

20.04.2018 yil holatida

 

 

Hududlar nomi

Joriy yilning 1-20 aprel sanalarida amalga oshirilgan to’lovlar %da 

Xammasi

100%

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

100%

2

Andijon viloyati

100%

3

Buxoro viloyati

100%

4

Jizzah viloyati

100%

5

Qashqadaryo viloyati

100%

6

Navoiy viloyati

100%

7

Namangan viloyati

100%

8

Samarqand viloyati

100%

9

Surxondaryo viloyati

100%

10

Sirdaryo viloyati

100%

11

Toshkent viloyati

100%

12

Farg’ona viloyati

100%

13

Xorazm viloyati

100%

14

Toshkent shahri

100%

*Joriy yilning 20 aprel holatida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi to’lovlarining amalga oshirilishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalariga kelib tushgan barcha talabnomalar asosida tegishli tijorat banklariga mablag’lar to’liq o’tkazib berildi.

2018 yil 19 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “O’zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish: yangi moliyaviy dastaklar va moliyalashtirish mexanizmlari” mavzusida qator vazirliklar, idoralar, tijorat banklari hamda sug’urta kompaniyalarining yuqori malakali vakillari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatini o’tkazishdan asosiy maqsad, Moliya vazirligining xalqaro amaliyotga muvofiq, aholining ipotekaga o’sib borayotgan ehtiyojuni to’liq qondirish,  uzoq muddatli moliyalashtirish va investitsiyalar jalb qilish dastaklarini tadbiq qilishdagi jarayonlarni mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirayotgan jarayonlarining takliflari hamda O’zbekistonda ipoteka bozori rivojlanishining turli yo’nalishlarini ishlab chiqish masalalarini muhakamasidan iborat bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 85-moddasiga muvofiq 2019 yil uchun byudjet so’rovini tayyorlash hamda 2020-2021 yillar uchun xarajatlar prognozini tegishli moliya organlariga taqdim etish tartibi ishlab chiqildi.

Ushbu tartibga muvofiq har bir vazirlik va idoralar o’ziga ishonib topshirilgan sohada davlat siyosatini amalga oshirishlarini ta’minlash va byudjet loyihasini shakllantirishda ularning rolini oshirish maqsadida joriy yilda tajriba tariqasida kelgusi davr uchun byudjet so’rovi byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim etishlari ko’rsatildi.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.

O’tkazilgan jami 844 ta nazorat tadbirlaridan 661 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 33,0 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 5,1 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 24,8 mlrd.so’mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag’lar 3,2 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 20,8 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 650 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 21 sentyabrdagi O’RQ-55-son “Soliq maslahati to’g’risida”gi Qonuniga asosan soliq maslahatchisi vakolatli davlat organi belgilagan tartibda o’z malakasini oshirishi shart (14-modda).

Soliq maslahatchilari tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda soliq maslahati bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to’g’risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o’tishi haqida axborot taqdim etishi shart (12-modda).

Moliya vazirligiga hozirgi vaqtda o’qituvchilarning oyligi qanchaligi yuzasidan ko’plab savollar kelib tushmoqda. E’tiboringiz uchun, umumta’lim maktabi o’qituvchilarining o’rtacha oylik ish haqi miqdorlari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim topdik.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining malaka toifaga ega bo’lmagan oliy ma’lumotli boshlang’ich sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 133 700 so’mni, shu toifadagi yuqori sinf o’qituvchisining oylik maoshi 1 004 547 so’mni tashkil etadi.

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami    35
shulardan kelmaganlar 15
2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 9
3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 11
4. Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar    -

 

Xozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirishning amaldagi mexanizmi o’qituvchilarning asosli noroziligiga sabab bo’lmoqda. Gap umumta’lim maktablarining direktor jamg’armasi haqida borayotganini payqagan bo’lsangiz kerak.

Mazkur jamg’arma mablag’laridan foydalanishni o’qituvchilar uchun ham muassasa direktori uchun ham osonlashtirish, bu jarayonda shaffoflikni ta’minlash hamda o’qituvchi faoliyatini aniq me’zonlar asosida baxolash imkonini beruvchi yangi tizimni ishlab chiqish bugungi kun talabidir.

Shu nuqtai nazardan umumta’lim maktablarining direktor jamg’armasi mablag’laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ijtimoiy so’rov o’tkazishni niyat qildik va quyida qo’rsatilgan savollar bo’yicha Sizning fikringizga muhtojmiz.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida Davlat byudjetiga dividendlar va ajratmalar to’lash mexanizmini yanada takomillashtirish masalalarini nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Mazkur hujjat loyihasini tayyorlashdan maqsad, ilg’or xorijiy tajribadan kelib chiqib, davlat ulushi bo’yicha davlat byudjetiga dividendlar to’lanishining mutlaqo yangi mexanizmini joriy qilish, davlat ulushlarini boshqarish samaradorligini yanada oshirish va dividendlar ko’rinishidagi tushumlarni ko’paytirishda davlat organlarining mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

Concrete

2018 yil 28-29 mart kunlari Fransiya Respublikasining Moliya vazirligining Halqaro aloqalar bo’yicha ma’suli janob Jak Orte boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasida Moliya vazirligida uchrashuvlarda qatnashdi.

Jak Orte O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikdagi Davlat moliyasini isloh qilish loyixasi bo’yicha 10 yildan ziyod davr davomida amalga oshirilgan ishlar taxlil qilindi va moliya tizimi oldida turgan ustuvor vazifalar, jumladan mahalliy byudjetlarning vakolatlarini yanada kengaytirish va soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida fikr almashildi.

09.04.2018 yil xolatiga

 

Hududlar nomi

Joriy yilning 2-6 aprel sanalarida amalga oshirilgan toʻlovlar %da 

Xammasi

100%

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

100%

Andijon viloyati

100%

Buxoro viloyati

100%

Jizzah viloyati

100%

Qashqadaryo viloyati

100%

Navoiy viloyati

100%

Namangan viloyati

100%

Samarqand viloyati

100%

Surxondaryo viloyati

100%

Sirdaryo viloyati

100%

Toshkent viloyati

100%

Fargʻona viloyati

100%

Xorazm viloyati

100%

Toshkent shahri

100%

*Joriy yilning 9 aprel holatiga byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi toʻlovlarining amalga oshirilishi boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalariga kelib tushgan barcha talabnomalar asosida tegishli tijorat banklariga mablagʻlar toʻliq oʻtkazib berildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2731-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Concrete O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari ishga tushdi.

Facebook: www.facebook.com/minfinuzb/

Instagram: www.instagram.com/minfinuzb/

Twitter: https://twitter.com/minfinuzb

Telegram-kanali: https://t.me/minfinuzb

Avval xabar berilganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika soliq tizimini isloh qilish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilishga ko’maklashish maqsadida Xalqaro valyuta fondining (XVF) ekspertlari taklif qilingan edi.

XVF Missiyasi tomonidan 2018 yilning 19 fevralidan 28 fevraliga qadar O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi o’rganildi. Missiya faoliyatining yakunida respublika soliq tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha dastlabki tavsiyalar ishlab chiqilib, 2018 yil 28 fevral kuni Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan o’tkazilgan seminar davomida muhokama qilingan edi.

Respublika maqsadli kitob jamg’armasinining 2018 yilga parametri bilan batafsil tanishib chiqish uchun veb saytimizning "Maqsadli va boshqa jamg’armalar" bo'limiga kirishingiz mumkin.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 30 martdagi buyrug’iga asosan 2018 yilning 12-13 aprel kunlari (imtihon boshlanishi 2018 yil 12 aprel, soat 10:00da) O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasida o’tkaziladi (manzil: Toshkent sh., Bodomzor yuli, 1A.).

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

1. Tojiboev Elyor 20. Tuxtasinov Nodirxon
2. Kadirov Djamshed 21. Salimov Anvar
3. Zinnurov Mansurjan 22. Mamatov Zaynidin
4. Madraximov Lazizbek 23. Cherezova Elena
5. Xalkulov Zulfikar 24. Aripov Xabibulla
6. Muxitdinov Xusnitdin 25. Maxmudov Umidjon
7. Fazlo’eva Svetlana 26. Aslanov Ulmas
8. Yakubdjanova Lutfi 27. Klimachev Andrey
9. Abdukarimov Davronbek 28. Astanov Murod
10. Kreyman Aleksandra 29. Ermatov Akmaljon
11. Ergashov Asad 30. Kim Nataliya
12. Shergoziev Sarvar 31. Kubeev Gayrat
13. Juraev Maxamadali 32. Bayburina Venera
14. Jumanov Utkir 33. Nazirkulov Faxridin
15. Mavlonov Dilshod 34. Muzaffarov Alisher
16. Abdusalomov Otaxonbek 35. Xamrakulova Diana
17. Mustafina Gulfiya    
18. Tuychiboev Oybek    
19. Sadriddinov Akram    

 

Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi munosabati bilan suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stantsiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo’naltirilgan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo’yicha kafolatlangan moliyalashtirish manbalarini yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-sonli “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Dasturi to’g’risida”gi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg’armasi tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq respublika bo’yicha ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari uchun  Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg’armasi uchun 584,7 mlrd. so’m limit mablag’lari ajratilgan bo’lib, ushbu mablag’lar 2017 yilga nisbatan 2 martaga ko’pni tashkil etadi.

Joriy yilning 17 martida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi buyrug’i Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Mazkur hujjatda quyidagi asosiy o’zgartirish qa qo’shimchalar kiritildi:

a) markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatida buxgalteriya hisobi yuritilishini belgilovchi normalar;

b) byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi;

v) byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi bo’yicha qo’shimcha normalar aks ettirildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 16 martdagi 359-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Mirzo Anvar» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbus tarzdagi va majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2018 yil 16 martdagi seriyasi AF 00037-sonli litsenziya berildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 15 martdagi 358-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «VOJIB-AUDIT» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 6 fevralda berilgan 00417-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 5 martidan tugatildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan 2018 yilning mart oyida Ijtimoiy nafaqalarning moliyalashtirilganlik holati toʻgʻrisida 

Hududlar nomi

Joriy yilning mart oyida to’lab berilgan jami ijtimoiy nafaqalar

Xammasi

118 627,6

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

13 097,6

2

Andijon viloyati

10 218,4

3

Buxoro viloyati

5 167,6

4

Jizzah viloyati

6 686,8

5

Qashqadaryo viloyati

18 166,8

6

Navoiy viloyati

2 959,1

7

Namangan viloyati

12 740,0

8

Samarqand viloyati

16 584,4

9

Surxondaryo viloyati

10 568,4

10

Sirdaryo viloyati

3 016,3

11

Toshkent viloyati

3 213,1

12

Farg’ona viloyati

9 299,3

13

Xorazm viloyati

6 718,6

14

Toshkent shahri

191,2

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari tomonidan byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag’lari bo’yicha to’lovlarning amalga oshirilishi to’g’risida ma'lumot

Hududlar nomi

Joriy yilning 1-18 mart sanalarida amalga oshirilgan to’lovlar %da 

Xammasi

100%

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

100%

2

Andijon viloyati

100%

3

Buxoro viloyati

100%

4

Jizzah viloyati

100%

5

Qashqadaryo viloyati

100%

6

Navoiy viloyati

100%

7

Namangan viloyati

100%

8

Samarqand viloyati

100%

9

Surxondaryo viloyati

100%

10

Sirdaryo viloyati

100%

11

Toshkent viloyati

100%

12

Farg’ona viloyati

100%

13

Xorazm viloyati

100%

14

Toshkent shahri

100%

*Joriy yilning 18 mart holatida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi to’lovlarining amalga oshirilishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalariga kelib tushgan barcha talabnomalar asosida tegishli tijorat banklariga mablag’lar to’liq o’tkazib berildi.

2018 yil fevral - aprel oylarida Yoqilg‘i-energetika resurslari va kommunal xizmatlar uchun belgilangan tariflar haqida ma'lumotlar bilan saytimizning "Narxlar va tariflar" bo'limida batafsil ko'rishingiz mumkin.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yosh Etakchilar Kengashi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 2018 yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturi muhokamasi va “Terrorizm va diniy ekstremizm - davr muammosi", hamda “Oila muqaddasligi g’oyalarini keng targ’ib qilish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Din ishlari bo’yicha Qo’mita xodimlari, Moliya vazirligi Yoshlar etakchilar kengashi a’zolari, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar moliya, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi va G’aznachilik boshqarmalarining yosh xodimlari ishtirok etdilar.

Concrete

Byudjet tizimining shaffofligi samarali soliq-byudjet siyosatining eng muhim elementi bo’lib, asoslangan qarorlarni qabul qilish, byudjet mablag’larining sarflanishi ustidan monitoringni ta’minlash, shuningdek mamlakat Davlat byudjetini shakllantirish jarayoniga fuqarolarni jalb qilish imkonini yaratadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida, byudjet tizimini qayta ko’rib chiqish, bunda byudjet daromadlari va xarajatlarini xalq uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlanishi zarurligi alohida ta’kidlangan edi. Shuningdek, byudjet sohasidagi qarorlarning qabul qilinishida xalqimiz manfaatlarini qay darajada inobatga olinayotganligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil mart oyi uchun ish haqi bo’yicha avans to’lovlarini to’lanishi yuzasidan monitoring doirasida quyidagilarni ma’lum qiladi. Joriy yilning 14 mart kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga ish haqi bo’yicha avans to’lovlarini o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash maqsadida 100,8 mlrd. so’m miqdorda maqsadli mablag’lar ajratildi.

Natijada hududiy g’azna hisob raqamlarida ish haqi bo’yicha avans to’lovlarini respublika miqyosida o’z vaqtida va to’liq to’lab berilishi uchun etarli miqdorda mablag’lar shakllantirildi.

Shu bilan birga, byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g’aznachilik organlariga taqdim etilgan to’lov hujjatlariga muvofiq joriy yilning 16 mart holatiga mart oyi uchun ish haqi bo’yicha avans to’lovlarining to’lanishi respublika miqyosida 95,9 foizni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 357-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «AUDITOR» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2018 yil 28 fevraldagi seriyasi AF 00742-sonli litsenziya berildi.

2018 yil 9 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari bilan buxgalterlar va auditorlarning professional hamjamiyati vakillari, yirik tashkilotlarning bosh buxgalterlari, auditorlar o’rtasida ochiq muloqot o’tkazildi. Ishtirokchilar bilan uchrashuv do’stona suhbat shaklida o’tkazildi.

G’aznachilik tizimi faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalari yanada keng joriy etilib, byudjet mablag’larining o’z vaqtida va maqsadli sarflanishi, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligi oshirilmoqda.

2017 yildan to’lovlar hamda joriy yildan boshlab, shartnomalar byudjet tashkilotlari tomonidan elektron tarzda yuborilishini hisobiga, 1 amaliyot kuni mobaynida shartnoma va to’lov topshiriqnomalarni ro’yxatdan o’tkazilishini ta’minlash orqali byudjet tashkilotlari va g’aznachilik o’rtasidagi o’zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi imkoniyati yaratildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1358 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!