РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...
  • SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO DAVLAT OBLIGATSIYALARI EMISSIYASI RISOLASI BO’YICHA MA’LUMOT

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

    Batafsil...
  • 2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA TAHLILI

    2018 VA 2019-YILLARNING 7 OYI DAVOMIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIGA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAQQOSLAMA…

    Batafsil...
  • HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

    Batafsil...

O’zbekiston Respublikasi davlat qarzi monitoringini yuritish, unga xizmat ko’rsatish, hisob va hisobotlarni avtomatlashtirish maqsadida Moliya vazirligida “DMFAS-6” dasturiy majmuasi o’rnatildi. 

Osiyo taraqqiyot bankining beg’araz texnik ko’magi - “Investitsion loyihalarni va tashqi qarzni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat organlarini salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Moliya vazirligi OTB va BMT Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi (YuNKTAD) bilan hamkorlikda “Qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini joriy etish” komponenti amalga oshirildi.

2018 yilning 10-21 dekabr kunlari Moliya vazirligida YuNKTAD missiyalari tashkil etildi. 

2019 yil 1 yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan aksiz solig’i joriy qilindi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat solig’i hamda benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan atsiz solig’i kiritilmagan holda aniqlanadi. 

Shunday qilib, benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan aktsiz solig’i summasiga qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet mo’ljallari” qaroriga asosan 2019 yil 1 yanvardan quyidagi tartib o’rnatiladi, unga ko’ra:

  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so’mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to’lash tartibi saqlab qolinadi;
  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so’mdan oshgan, biroq bir milliard so’mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to’lovini 4 foiz stavkada to’lashga o’tkaziladi;
  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so’mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to’laydi.

Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to’lash tartibi ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqilgan tartib tasdiqlangandan so’ng soliq to’lovchilarga qo’shimcha ma’lumot tariqasida etkaziladi.

Bu o’zgarishlar bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan o’zi etishtirgan qishloq xo’jaligi mahsuloti va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro’yhatini tasdiqladi. Bularga quyidagi mahsulotlar kiradi:


1. go’sht (mol, qo’y, tovuq), shuningdek, xayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni so’yish mahsulotlari;
2. baliq;
3. kartoshka;
4. piyoz;
5. tuxum;
6. guruch (barcha navlari);
7. shakar, shu jumladan import qilingan;
8. non mahsulotlari (non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda chakana va ulgurji realizatsiya qilishda imtiyoz qo’llaniladi).

Yuqoridagi keltirilgan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilishda qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi. 

Shu bilan birga, konditer maxsulotlari non mahsulotlari tarkibiga kirmaydi.

Joriy yilning 28 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 36 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd.so’mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlar xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 6ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 221,6 mlrd.so’m hajmidagi 216 500 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 204,9 mlrd.so’m miqdoridagi 200 000 dona qimmatli qog’ozlar joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Joriy yilning 27 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd.so’mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlar xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 8ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 229,3 mlrd.so’m hajmidagi 225 760 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ishonch telefoni”ga 2018 yil davomida jami 690 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 2018 yilning 25 dekabr holatida 673 ta murojaatlar ko’rib chiqilgan, 17 ta murojaatning ko’rib chiqish muddatlari mavjud. 

Mazkur murojaatlardan 275 tasi ijobiy hal etilgan (qanoatlantirilgan), 390 ta murojaatga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berilgan hamda  8 ta murojaat ko’rmasdan qoldirilgan (ilgarigi murojaatini qaytarib olish yoki ko’rmasdan qoldirishni so’rash haqidagi arizasiga ko’ra va anonim murojaatlar).

Jumladan, ish haqi bo’yicha masalalar 355 ta, nazorat taftish masalasida 76 ta, ijtimoiy nafaqalar bo’yicha 52 ta, pensiyaga oid masalalarda 38 ta, soliq, sug’urta va boshqa masalalarda 169 ta murojaatlar kelib tushgan.

Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 14 noyabrdagi 144-son buyrug’i bilan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom belgilangan tartibda Adliya vazirligida 2018 yil 21 dekabrda 3105 ro’yxat raqam bilan ro’yxatga olindi (2019 yil 23 martdan kuchga kiradi).

Nizomning asosiy talablari xalqaro standartlar asosida professional sertifikatlash va auditorlar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratishga, auditorlik kasbida tajribali xodimlarni va yosh mutaxassislar manfaatdorligini saqlab qolishga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 19 dekabrdagi 364-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SIFAT-AUDIT” auditorlik tashkilotiga aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbus tarzdagi va majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 29 dekabrda berilgan 00273-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 17 dekabridan tugatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3962-sonli qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 166-sonli buyrugʻiga muvofiq, 2018 yilning 2-30 oktyabr kunlari “mf.ijro.uz” dasturiy taʼminotiga ulandi va vazirlik markaziy apparati “test” jarayonida ishladi hamda joriy yilning 1 noyabrdan boshlab barcha hujjatlar aylanmasi butunlay “mf.ijro.uz” tizimiga oʻtkazildi.

Concrete

Toshkentda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Istanbul xarakatlar rejasi monitoringining toʻrtinchi raundiga bagʻishlangan tadbir davom etmoqda.

2018 yilning 26 – 28 dekabr kunlari Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qog'ozlari (DQQ) bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yo'lga qo'yadi. Qimmatli qog'ozlar bir million so'mlik nominal qiymatida 6 oylik, 1 yillik hamda 3 yillik muddatlar uchun muomalaga chiqariladi.

2018 yil 13 dekabr sanasida “KUN.UZ” saytida e'lon qilingan “Samarqand markazidagi maktab mutasaddilar e'tiboridan chetdami?” nomli maqolaga doir barcha ma'lumotlarni Moliya vazirligi ma'sul xodimlari o'rganib chiqqan holda quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga auditorlik faoliyatini rivojlantirish va auditorlik xizmatlari sifati uchun auditorlik tashkilotlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Concrete

Joriy yilning 12 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot bankiga yordami asosida ishlab chiqilgan "Iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi dasturlar" loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Taraqqiyot Agentligi (bundan keyin - FAR) o'rtasida 150,0 mln. yevro miqdoridagi kredit bitimini imzolash uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda buxgalterlar va auditorlar professional jamoati tomonidan buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi Rossiya va xalqaro auditorlik tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida “Iqtisodiyotning globallashuvi sharotida buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni takomillashtirish: nazariya, amaliyot, istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi.

Concrete

Moliya vazirligida Nodavlat notijorat tashkilotlari, tarmoq vazirliklari, Oliy taʼlim muassalari, professor oʻqituvchilari, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining vakillari, BMTning Traqqiyot dasturi masʼul xodimlari ishtirokida Fuqarolar uchun byudjet axborot nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Concrete

Bugungi kunda, mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari, hususiy sektor va ilm ahli bilan hamkorlikda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, ayniqsa davlat mablagʻlaridan unumli foydalanish va uning nazoratini jahon standartlari talablariga mos ravishda yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Moliya vazirligi 2019 yil 1 yanvardan boshlab www.mf.uz sayti orqali vazirlik va idoralar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro holatini tekshirish moduli joriy qilinadi.

Concrete

Bugungi “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusidagi seminar Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunida, 2017-2018 yillarga moʻljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi doirasida, hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining 4-sonli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida olib borildi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilgan edi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ -4023 son qarori bilan paxta texnik chigiti birja savdolari orqali - mulkchilik shaklidan qat’i nazar paxta chigitini qayta ishlash quvvatlariga va tegishli sertifikatlarga ega bo’lgan barcha mahalliy korxonalarga sotilishi tartibi joriy etildi.

Shuningdek paxta chigiti shroti va sheluxasi birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz erkin realizatsiya qilinishi belgilandi.

 

  1. Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va murojaatlar faoliyatini nazorat qilish bo’limi bosh mutahassisi:

Nomzodga qo’yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

  • Moliya, jurnalistika, pensiya ishi yoki ijtimoiy ish yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Moliya sohasida, ijtimoiy sohada, radio, televidenie yoki nashriyotlarda kamida 2 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lishi;
  • O’zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel, Power Point va boshqa dasturlarini bilishi va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • Ijtimoiy tarmoqlar,shuningdek rassmiy veb-saytlar, nashriyotlar bilan ishlashni bilishi;
  • Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, notiqlikga ega bo’lishi, tezis, maqolalar va boshqa soha oid ruknlarda turli hil nashrlarni chop eta olishi.

Avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarining tahlili, joriy yilning 16 noyabridan boshlab 300-400 so’mga qimmatlashganligi aniqlandi (1700-1800 so’mdan 2000-2200 so’mgacha).

Moliya vazirligi shuni takroran ma’lum qiladiki, avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarini oshirish uchun hech qanday asos mavjud emas.

Ma’lumot uchun: 16 noyabrgacha AGTKShlariga tabiiy gaz 1 kub.metr uchun 789,74 so’mdan sotilgan (narx tabiiy gazni sotishning ulgurji narxi 1 kub.m uchun 289,74 so’m va maxsus investitsiya ustamasi 1 kub.m uchun 500 so’mdan shakllangan).

Concrete

Joriy yilining 21 noyabr kuni Moliya vazirligida G’aznachilik boshlig’i-moliya vaziri o’rinbosari tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Avtomobil transport agentligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining ma’sul xodimlari ishtirok etishdi. 

Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noto’g’ri yoki ortiqcha to’langan to’lovlarni o’z vaqtida qaytarishda qulayliklar yaratish maqsadida soliq va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish bo’yicha vakolatli organlari tomonidan xulosalarni elektron tarzda g’aznachilik organlariga elektron ma’lumotlar almashinuvi yo’li orqali yuborilishi yuzasidan kelishib olindi. Bu esa ortiqcha va noto’g’ri to’langan mablag’larni tezkorlik bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018 yil 20 noyabr kuni Moliya vazirligi G’aznachiligi, Axborot hisoblash markazi, “Fido-biznes” MChJ va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi (O’zRTXB) mas’ul xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-sonli “O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari soxasida elektron ma’lumot almashinuvini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida O’zRTXB va Moliya vazirligi axborot tizimlari o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi yuzasidan yangi yo’nalishlar aniqlanib olindi.

Joriy yilning 5-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi Professional tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limida mavjud bo’sh ish o’rinlariga 3 bosqichdan iborat tanlov o’tkazilishi to’g’risida e’lon qilingan edi.

1-bosqich yakuniy natijalariga ko’ra, mazkur lavozimga zahiraga o’tish istagida 16 nafar nomzodlardan hujjatlar kelib tushgan bo’lib, shulardan quyida keltirilgan nomzodlarning xujjatlari tanlov talablariga mos ravishda (O’zbek va ingliz tillarida CV hamda bayon) berilganligi uchun keyingi bosqichga o’tganligi ma’lum qilinadi.

1. Atamuratov Aziz
2. Abdusalimov Abdulaziz
3. Djalilova Dilnoz
4. Yakubov Matrasul
5. Sultanova Marxabo
6. Barakaev Otabek

1-bosqichdan o’tgan nomzodlar 2018 yil 23 noyabr kuni soat 14:00ga Moliya vazirligi binosiga suhbat o’tkazish uchun taklif etiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy.
Ma’lumot uchun tel: 8(371) 239-88-73. Sh. Do’manov

Hozirgi kunda avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalariga (o’z balansida avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalari mavjud bo’lgan yuridik shaxslar ham kiradi) sotiladigan tabiiy gaz tarifi quyidagilardan tashkil topadi:
“O’ztransgaz” AJ realizatsiya qiladigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxi - 1 kub.m uchun 289,74 so’m;

tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qo’shiladigan maxsus investitsiya ustama haqi - 1 kub.m uchun 500 so’m.

Shunday qilib, ayni vaqtda yuqorida keltirib o’tilgan tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 789,74 so’mni tashkil qiladi.

Concrete

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Serbiya Respublikasi delegatsiyalari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda g’aznachilik tizimida tajriba almashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Serbiya Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi delegatsiyasi Rossiya G’aznachiligi, Serbiya Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilik boshqarmasi va Rossiyaning etakchi universitetlari vakillari ishtirokida Sankt-Peterburgda tashkil etilgan moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini alohida hisobga olish, xarajatlarni shakllantirishning xususiyatlari va ularni mol-mulk (ish, xizmat) qiymatiga joylashtirishning dolzarb masalalariga bag’ishlangan muhokamada ishtirok etdi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi delegatsiyasi 2018 yil natijalarini e’lon qildi va 2019 yilga mo’ljallangan hamkorlikning keyingi yo’nalishlarini belgilab oldi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 363-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «ADAMAS CONSULTING SERVICE» auditorlik tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi hududida barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish  uchun 2012 yil 23 fevralda berilgan 00724-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 30 oktyabridan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o’zgartirish to’g’risida”gi qaroriga asosan, 2018-2019 yillarda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich o’zgarish grafiklari, xamda avtobenzin va dizel yoqilg’isi narxlari tasdiqlangan.

Xozirgi kunda, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar tan narxidan past darajada o’rnatilgan. Shu bilan birga ushbu energoresurslar narx va tariflarining o’zgarishi avvallari amalga oshirilgan narx va tariflarning o’sishidan mutlaqo farqlanadi. Buning sababi neft-gaz tarmog’ini sog’lomlashtirish uchun yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini keskin ko’tarilishi kerakligidir.

Ammo ushbu narxlarning o’zgarishi axoliga ta’sirini oldini olish maqsadida, boshqa iste’molchilar uchun tariflar 44,8% va 2,07 barobar oshirish hisobidan, axoli uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari mos ravishda 9,4% va 10,4%ga oshgan.

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20-oktyabr “Davlat hududiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3980-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligi shtatlarini malakali xodimlar bilan to’ldirish maqsadida bo’sh ig o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi.

1. Davlat va xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va uslubiyoti boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga:
Boshqarma boshlig’i – 1 nafar;
Shu boshqarmaning Davlat va xususiy sheriklik dasturlarini rivojlantirish va  loyihalarini tayyorlash bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:
Bo’lim boshlig’i – boshqarma boshlig’i o’rinbosari -  1 nafar;
bosh mutaxassis – 3 nafar;
Shu boshqarmaning Davlat va xususiy sheriklik uslubiyoti bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:
Bo’lim  boshlig’i – 1 nafar;
Mutaxassis – 1 nafar.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi Ilmiy tadqiqot ishlanmalar byurosi bo’liminig quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
 

I. BYURO BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lish, kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va ilmiy fikrlash, yangicha qarash va izlanish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lonining nomzodlarni tanlash jarayoni 1-bosqichiga o`zgarishlar kiritildi, ya`ni:

CV va yozilgan insholar 16-noyabrgacha o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida e’lon beriladi (CV va bayonlarni belgilangan talablar asosida topshirmagan nomzodlar hujjatlari ko’rib chiqilmaydi va qaytarib berilmaydi).

Maqolada oktyabr oyida Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani adliya bo’limi tomonidan hududda joylashgan 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi ko’rsatilgan. Aniqlangan kamchiliklar, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan aytib o’tilgan bir qator muammolar bo’yicha Moliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

1. 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida elektrik shtati ajratilmaganligi masalasida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son qaroriga asosan tuman maktabgacha ta’lim bo’limlarida maktabgacha ta’lim muassasalari bino va inshootlarini tegishlicha ekspluatatsiya qilish uchun mobil harakatdagi bo’linmalari bilan birga ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limlarini tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun: ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limlarining asosiy vazifalari - maktabgacha ta’lim muassasalarining bino va inshootlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini talab darajasida ekspluatatsiya qilish, joriy ta’mirlash va nazorat qilish, ta’lim muassasalari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini ta’minlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etishdan iboratdir.

Concrete

2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC) vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida gemodializ markazlarini tashkil etish va gemodializ xizmatlarini koʻrsatishni moliyalashtirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 29 oktyabrdagi 6-SF-sonli buyrug’iga muvofiq Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi «EUROASIA - LIFE» sug’urta kompaniyasiga hayotni sug’urta qilish tarmog’ida I, II, III, IV klasslar bo’yicha va umumiy sug’urta tarmog’ida 1 va 2 klasslar bo’yicha ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirish uchun 2018 yil 5 noyabrdagi SF 00235-sonli litsenziya berildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi “Professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi”ning quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

I. BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


•  Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
•  Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga 
ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi);
• Ingliz, rus va o’zbek tillarini mukammal bilishi;
• Kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi buyrug’iga asosan 2018 yilning 28-29 noyabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 28 noyabr, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi binosida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli ko’chasi, 1A-uy) o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

F.I. F.I.
1. Muydinov Erkin 27. Ergashev Xursandbek
2. Barsukova Veronika 28. Xasanova Ziyoda
3. Askarov Axadjon 29. Xakimov Xamidillo
4. Atoullaev A’zamjon 30. Duskobilov Aktam
5. Saidov Jamol 31. Baxromov Sherxon
6. Talipov Doniyor 32. Saidmurotov Shuxrot
7. Nasurlaeva Elvira 33. Ishniyazov Oybek
8. Tuxtasinov Nodirxon 34. Aslanov Ulmas
9. Sharipov Yuldash 35. Maxkamova Aziza
10. Allayarov Azat 36. Yuldashev Maxmudjon
11. Ayrapetyants Svetlana 37. Pak Oleg
12. Xasanov Bobirmirzo 38. Kurbonova Nafisa
13. Ermolenko Anjelika 39. Egamberdiev Zoxidjon
14. Toshtemirov Farrux 40. Ubaydullaev Bekmirza
15. Arutyunov Aleksandr 41. Muydinov Giyosidin
16. Isomitdinov Farrux 42. Saydaxmedov Bekzod
17. Tadjibaev Ilxamjan 43. Jovliev Mustofa
18. Xamrakulova Diana 44. Nazarov Baxodir
19. Badina Raisa 45. Karimov Sarvarxon
20. Raxmanov Jamshid 46. Usmonov Maxamadali
21. Gaipova Zoya 47. Jumankulov Voxid
22. Karimov Ilxom 48. Petryaeva Viktoriya
23. Toshboltaev Azim 49. Kovalenko Nadejda
24. Volosina Nadejda 50. Nasirdinov Mirzoxid
25. Abduxalikov Muxammad 51. Yunusov Maxamadyunus
26. Xudayberganov Bekzod 52. Allanazarov Abdugaffor
    53. Abdullaxodjaev A’loxo'ja

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida va davlat-xususiy hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-noyabrda “PKF International Limited” va “ROLAND BERGER” xalqaro kompaniyalar vakillari bilan birgalikdagi uchrashuv o’tkazdi.

“PKF International Limited” – sifat, to’liqlikga umumiy tarafdorlik va murakkab tartibga solish sohasida aniqlik kiritish birlashtiruvchi huquqiy mustaqil firmalarning xalqaro tarmog’i hisoblanadi. “PKF International Limited” xalqaro tarmog’i 1969-yilda Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSh davlatlaridan to’rtta hamkor konsalting kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan. “PKF International Limited” yuqori sifatli auditorlik xizmatlari, buxgalteriya hisobi, soliq va biznes maslahat hizmatlarini barcha bozorlardagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarga ko’rsatadigan 440 ta a’zo auditorlik va konsalting firmalarni o’z ichiga oladi.

Concrete

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Xalqaro valyuta jamg’armasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha departamenti bosh iqtisodchisi Albert Eger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari, 2018 yilning ikkinchi yarmida byudjetni ijro etish masalalari hamda kelgusi 2019-yil uchun daromad va xarajatlar prognoz parametrlari muhokama qilindi.

Concrete

“Toshkentdagi Aju universiteti texnik bilimlar va innovatsiya markaziga aylanishiga umid qilamiz va ishonamiz”, – deya ta’kidladi Aju universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim.

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Aju universiteti (Janubiy Koreya) vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda Aju universitetining Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim, Xalqaro aloqalar bo’yicha professor Jun Xung Cho, xalqaro aloqalar bo’limi direktori Jay-Yun Xim xonim ishtirok etishdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20-oktyabr “Davlat hududiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3980-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligi shtatlarini malakali xodimlar bilan to’ldirish maqsadida bo’sh ig o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi.

1. Davlat va xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va uslubiyoti boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga:
Boshqarma boshlig’i – 1 nafar;
Shu boshqarmaning Davlat va xususiy sheriklik dasturlarini rivojlantirish va  loyihalarini tayyorlash bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:
Bo’lim boshlig’i – boshqarma boshlig’i o’rinbosari -  1 nafar;
bosh mutaxassis – 3 nafar;
Shu boshqarmaning Davlat va xususiy sheriklik uslubiyoti bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:
Bo’lim  boshlig’i – 1 nafar;
Mutaxassis – 1 nafar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan e’lon qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da vazirlik tizimini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirish yuzasidan bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish to’g’risida”gi F-5017-son farmoyishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Ijro intizomini nazorat qilish yagona tizimi, ya’ni “mf.ijro.uz” elektron dasturiy ta’minoti shakllantirildi.

Concrete

22 oktyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) missiyasi bilan davlat moliyaviy statistikasini yuritish (GFS) va byudjet-soliq ochiqligini baholash (FT) bo’yicha A.Sayedj xonim boshchiligida uchrashuv o’tkazildi. Missiya joriy yilning 2 noyabriga qadar bo’lib turadi.

Joriy yilning iyun oyida XVJ tomonidan byudjet-soliq ochiqligi, davlat moliyaviy statistikasining sifatli tuzilishi va davlat sektorida ochiq ma’lumotlar ishonchliligini baholash o’tkazildi. XVJ ning oldindan baholash natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida byudjet-soliq ochiqligini ta’minlash tajribasi XVJ byudjet-soliq sohasida ochiqlikni ta’minlash tajribasi bo’yicha Kodeks printsiplarining 36 ta bazaviy standartlar yoki yanada yuqori standartlarning faqat 16 tasiga javob berishi aniqlandi. Shu munosabat bilan, xalqaro valyuta jamg’armasi talablariga muvofiq, davlat moliyaviy statistikasini tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbilar o’tkazish zarur.

Joriy yilning 4-oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi Professional tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limida mavjud bo’sh ish o’rinlariga 3 bosqichdan iborat tanlov o’tkazilishi to’g’risida e’lon qilingan edi.

1-bosqich yakuniy natijalariga ko’ra, mazkur lavozimga zahiraga o’tish istagida 17 nafar nomzodlardan hujjatlar kelib tushgan bo’lib, shulardan quyida keltirilgan 11 nafar nomzodlarning hujjatlari tanlov talablariga mos ravishda (O’zbek va ingliz tillarida CV hamda bayon) berilganligi uchun keyingi bosqichga o’tganligi ma’lum qilinadi.

1. Mamatov Bexzod
2. Otajonov Baxtiyor
3. Jo’raev Otabek
4. Ibragimov Javoxir
5. Abdusalomov Otaxonbek
6. Maxkamboev Komil
7. Tursunov Xusniddin
8. Meyliev Laziz
9. Xamraev Zafar
10. Xo’jamberdiev Bexzod
11. Karimkulov Shoxolim

1-bosqichdan o’tgan nomzodlar 2018 yil 22 oktyabr kuni soat 14:00ga Moliya vazirligi binosiga suhbat o’tkazish uchun taklif etiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy.

Ma’lumot uchun tel: 8(371) 239-88-73. Sh. Do’manov. 

Concrete

Auditorlik tashkilotlari ustav kapitali va auditorlar soniga yuqori talablar auditorlik xizmatlari bozoriga kirish hamda yangi auditorlik tashkilotlarini yaratish imkonini chegaralab kelmoqda edi. Shu munosabat bilan auditorlik xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan yangi tartib o’rnatilmoqda va  2019 yil 1 yanvardan boshlab:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi;
  • auditorlik tashkilotlari ustav kapitaliga minimal talablar bekor qilinadi. Bunda auditorlik tashkilotlari ustav kapitali auditorlik faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag’lari bilan shakllantiriladi;
  • auditorlik tashkilotlari asosiy ish joyi hisoblanadigan auditorlarning minimal soni to’rttadan kam bo’lmagan shtatdagi auditorlardan tashkil topadi; 

Joriy yilning 17 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi uchun Ernst & Young – maslahat xizmatlari” ma’suliyati cheklangan jamiyat vakillari tomonidan inson resurslarini rivojlantirish – Human Resources Development – HRD tizimi mavzusida taqdimot tashkil etildi.

Tadbirda HRD tizimining jahonda rivojlanish tajribasi va muvafaqiyat bilan joriy etilgan sohalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, uning ijobiy va salbiy jihatlari to’g’risida nufuzli tashkilotdan ishonchli bo’lgan ma’lumotlar taqdim etilganligi tadbir tashkilotchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Concrete

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Toshkent Moliya institutida “Zamonaviy soliq islohoti” mavzusidagi taqdimot hamda ochiq muloqot o’tkazildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki tomonidan tashkil etildi. Unda Sidney universiteti faxriy professori Li Berns ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimiz soliq siyosatida yangi sahifa ochdi. Unda soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy to’lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish ko’zda tutilgan. Qulay raqobat muhitini yaratish, soliq qonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini ta’minlash, soliq yukini kamaytirish, respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish kontseptsiyaning asosiy maqsadlari deb e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida professional kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish uchun IT-texnologiyalarni jadal rivojlantirishni hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining 9 nafar xodimlarini xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalarida ta’lim olishini tashkil qildi.

Ulardan 7 nafar xodimlari Hindistonning Texnik-iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi bo’yicha yuqori texnologiyalarni rivojlantirish institutida (Noida sh.), hamda 2 nafari-Koreya Xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) yetakchi mutaxassislari uchun AKT siyosatini ishlab chiqish dasturi bo'yicha o’qishni tamomladilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 206 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!