РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • 18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning asosiy yo'nalishlari bo'yicha

    18 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashining 2019-2021 yillarga mo`ljallangan O'zbekiston Respublikasida tizimli islohotlarning…

    Batafsil...
  • JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO'YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • FORUM

    FORUM

    Batafsil...
  • JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO BAHOLASH TARTIB-TAOMILLARIGA TAYYORGARLIKNING ASOSIY YO’NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

    JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH MILLIY TIZIMINI O’ZARO B…

    Batafsil...
  • TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    TELEKOMMUNIKATSIYA SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    MOLIYA VAZIRLIGIDA ALOXIDA DAVLAT XARIDLARI BO’YICHA СALL CENTER FAOLIYATINI BOSHLADI. 

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    MOLIYA VAZIRLIGIDA HODIMLARI O’RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV E'LON QILADI

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI YARATILINAYOTGAN IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV…

    Batafsil...
  • Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdimoti o’tkazildi

    Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taq…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Moliya vazirligi xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat qarzi hisobini yuritish va monitoring qilishni avtomatlashtirmoqda

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar-trening

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun “Davlat xaridlari” mavzusida Sirdaryo viloyatida o’tkazilayotgan seminar…

    Batafsil...
  • Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Moliya vazirligida “Yoshlar kuni”

    Batafsil...
  • YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    YTTB PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • Anglashuv memorandum imzolandi

    Anglashuv memorandum imzolandi

    Batafsil...
  • Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Toshkent hamda Samarqand viloyatlarida kitob aksiyalari davom etmoqda

    Batafsil...
  • DIQQAT! E'LON!

    DIQQAT! E'LON!

    Batafsil...
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi

    O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligida mavjud bo’lgan bo’sh ish o…

    Batafsil...
  • Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Davlat xarajatlarini boshqarish bo'yicha seminar (DXB)

    Batafsil...
  • Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Pensiya jamg’armasi rahbariyati kitobxonlikni targ’ib qilmoqda

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’LINMALARINING BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI HUDUDIY BOSHQARMA VA TUMAN (SHAHAR) BO’

    Batafsil...

“BYUDJET HISOBI VA BYUDJETNI G’AZNA IJROSI METODOLOGIYASI, BUXGALTER - EKSPERTLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH” BO’LIMI BOSHLIG’I LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Byudjet hisobini yuritish, buxgalter ekspert bo’yicha yuqori tajribaga ega bo’lish.

BYUDJETNI TUZISH VA G’AZNACHILIK IJROSI, ICHKI AUDIT VA MOLIYAVIY NAZORAT USLUBIYOTI BOSHQARMASI

Bosh boshqarma boshlig'i o’rinbosari - byudjetni tuzish va g’aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat uslubiyoti boshqarmasi boshlig’i

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Iqtisodiyot, moliya, soliq, sug’urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Moliya, bank, audit va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlar qo’llab-quvvatlanadilar.
• Byudjet hisobi, moliyaviy nazorat va audit uslubiyoti masalalari bo’yicha yuqori darajada bilimlarga ega bo’lish;
• Davlat boshqaruvi va xo’jalik organlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

DAVLAT MOLIYAVIY STATISTIKASINI 
YURITISH VA BYUDJET OCHIQLIGINI 
TA’MINLASH BO’LIMI

BOSH MUTAXASSIS

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, soliq, sug’urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Davlat moliyaviy statistikasini yuritish va byudjet ochiqligini ta’minlash va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.
• Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo’yicha yuqori darajada bilimga ega bo’lish;
• Moliyaviy statistika sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

BYUDJET SIYOSATI VA KONSOLIDATSIYALASHGAN 
BYUDJETNI SHAKLLANTIRISH BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Moliya, bank, iqtisodiyot, shuningdek, oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi va ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.

DAVLAT BYUDJETI BOSH BOSHQARMASI

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’INING BIRINCHI O’RINBOSARI 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariyani bilish va iqtisodiy tahlil qila olish malakasiga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Byudjet tizimi byudjetlari bilan ishlash bo’yicha zarur bilimlar va yuqori malakaga egaligi.

TANLOVDA ISHTIROK ETUVCHI BARCHA NOMZODLARGA 
QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA 
SHAXSIY TALABLAR

1. NOMZODLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
2. Ingliz va o’zbek tillarini bilish (ingliz tili bo’yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
3. Kompyuterda ishlash ko’nikmlariga ega bo’lish, jumladan Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarini bilishi;
4. Vatanparvarlik, sodiqlik;
5. Professional etiket, hamkasblarni hurmat qilish;
6. Og’ir mehnatdan qochmaslik;
7. Muomala madaniyati, Sales mentalıty;
8. Jamoada ishlash qobiliyati;
9. Har bir lavozim uchun boshqa qo’shimcha mos talablar quyida alohida ko’rsatib o’tilgan. 

TANLOVDA ISHTIROK ETUVCHI BARCHA NOMZODLARGA 
QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA 
SHAXSIY TALABLAR

1. NOMZODLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

1. O’z yo’nalishlari bo’yicha jumladan, iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
2. Ingliz va o’zbek tillarini bilish (ingliz tili bo’yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan nomzodlar qo’llab-quvvatlanadi);
3. Kompyuterda ishlash ko’nikmlariga ega bo’lish, jumladan Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarini bilishi;
4. Vatanparvarlik, sodiqlik;
5. Professional etiket, hamkasblarni hurmat qilish;
6. Og’ir mehnatdan qochmaslik;
7. Muomala madaniyati, Sales mentalıty;
8. Jamoada ishlash qobiliyati;
9. Har bir lavozim uchun boshqa qo’shimcha mos talablar quyida alohida ko’rsatib o’tilgan. 

Concrete

20 fevral kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg’armasining (keyingi o’rinlarda XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha departamenti bosh iqtisodchisi Albert Eger boshchiligidagi missiyasi hamda davlaе vazirlik va idora mutasaddi vakillari ishtirokidagi uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Muhokamalar diqqat markazi XVJ nizomining IV moddasiga muvofiq 2019 yil uchun missiya tomonidan mamlakatimizga beriladigan maslahatlarga qaratildi. 

Ma’lumot uchun: XVJ kelishuvining moddalari xalqaro pul-kredit muammolari bo'yicha maslahatlashuv va hamkorlik qilish, xalqaro savdoni kengaytirish va muvozanatli o'sishga yordam berish uchun doimiy mexanizm orqali xalqaro pul-kredit hamkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish va shu bilan birga, valyuta barqarorligini ta'minlash va yana bir qancha shu kabi masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun qabul qilingan. XVJ har bir kelishuvga a'zo mamlakat bilan har yili maslahatlar almashinuvi o'tkazadi. "IV modda maslahatlari" deb nomlanuvchi bu aloqalar orqali XVJ har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligini baholashga va kelgusida moliyaviy muammolarni oldini olishga harakat qiladi.

Concrete

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha vitse-prezidenti Jorjina Beyker boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Jahon banki Guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xususiy sektorga yo'naltirilgan eng yirik global rivojlanish tashkiloti hisoblanadi. XMK O'zbekistonda 1993 yildan beri faoliyat yuritmoqda.

Jorjina Beyker samimiy qabul uchun o'z minnatdorchiligini izhor etib, xalqaro bozorda katta talab bilan qayd etilgan suveren obligatsiyalar chiqarilishi bilan tabrikladi.

Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining topshiriqlarini Respublikamiz yoki dunyoning istalgan joyidan turib so’zsiz ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo’yicha yagona idoralararo elektron “mf.ijro.uz” ijro nazorat dasturi yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish to’g’risida”gi F-5017-son farmoyishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda 2018 yilning avgust-oktyabr oylarida Ijro intizomini nazorat qilish yagona tizimiga (keyingi o’rinda “mf.ijro.uz” dasturiy ta’minoti) o’tish yuzasidan yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yuqori turuvchi organlari tomonidan berilgan topshiriqlar, vazirlikka kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari va boshqa tashkilotlar bilan yozishmalar hisobini olib borish va ularning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring qilib borish bo’yicha elektron dastur shakllantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3962-sonli qarori ijrosi yuzasidan vazirlik va idoralar ichida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparatining 2018 yilning 1 noyabridan boshlab barcha hujjatlar aylanmasi to’laligicha “mf.ijro.uz” tizimiga o’tkazish yo’lga qo’yildi.

Concrete

Joriy yilning 18-19 fevral kunlari Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari D.Pulatov boshchiligidagi Gʻaznachilik xodimlaridan iborat ishchi gurux tomonidan Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlarida byudjet tashkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari hamda fermer xoʻjaliklari rahbar va xodimlari ishtirokida sayyor yigʻilish oʻtkazildi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Yaponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti vitse-prezidenti Mutsumi Nakao rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tashrifning maqsadi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yuqori lavozimli mulozimlari uchun Yaponiya hukumatini o'rganish bo'yicha maxsus amaliyot dasturini muhokama qilishdan iborat bo'ldi.

Joriy yilning 19 fevral kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 60 mlrd.so’mlik 60 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion savdolari o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 8ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 123,3 mlrd.so’m hajmidagi 122 039 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 60 000 dona qimmatli qog’ozlar 60,9 mlrd.so’m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Concrete

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish agentligi Jahon banki guruhi bilan birgalikda " Davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish: xorijiy tajriba va O'zbekiston Respublikasi istiqbollari" mavzusida xalqaro seminar tashkil etdi. Unda vazirliklar va idoralar, Oliy Majlis Senati a'zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, hozirgi vaqtda mamlakatimizda davlat-xususiy sektorni rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Xususan, " Davlat-xususiy sherikligini hamkorligi to'g'risida" gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun taqdim etildi. Uni amalga oshirish uchun tegishli qoidalarga muvofiq tayyorlanadi.

Concrete

19 fevral kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Fitch Ratings konferensiyasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Bosh vazir o’rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov, Moliya vaziri maslahatchisi Odilbek Isoqov, Markaziy bank raisi o’rinbosari Ilhom Norqulov hamda bir qator xalqaro moliya institutlarining O’zbekistondagi rahbarlari, jumladan, Jahon bankining O’zbekistondagi rahbari Hideki Mori, Osiyo Taraqqiyot bankining O’zbekistondagi rahbari SIndi Malvichinilar ishtirok etishdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Etim bolalar hamda ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4185-sonli qarori qabul qilingan. 

Qarorga muvofiq “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy turdagi bolalar uylarining rahbar xodimlari va tarbiyachilarining oylik ish haqi miqdorlarin 2019 yilda ikkita boskichda o’rtacha 2 barobarga oshirish ko’zda tutilgan.

Bunda, quyidagilar nazarda tutilgan:

2019 yil 1 martdan «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta’lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;

2019 yil 1 oktyabrdan «Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish. 

Xo’sh, mazkur o’zgarishlar yuqorida qayd etilgan muassasalar xodimlarining ish haqi to’lovi miqdorlariga qanday ta’sir ko’rsatadi degan haqli savol tug’ilishi mumkin. “Mehribonlik” uylari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari tarbiyachilarining amaldagi ish haqi to’lovi miqdorlarini ushbu qarordan keyingi ish haqi to’lovi miqdorlari bilan taqqoslash orqali ushbu savolga oydinlik kiritish mumkin bo’ladi. 

Concrete

Murodbek Davlatov 1978 yilda Xorazm viloyati, Xozarasp tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Urganch davlat universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2006 yilda O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini bank ishi va moliya mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

1999 – 2007 yillarda Bog’ot tumani banklarida va tuman moliya bo’limlarida,

2007 – 2012 yillarda Xorazm viloyati G’aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmalarida,

2012 -2015 yillarda Bog’ot tuman hokimligi moliya bo’limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2015 – 2017 yillarda Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i.

2015 – 2018 yillarda Xorazm viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig’i.

M. Davlatov budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yaxshi biladigan va o’z o’rnida hududlar moliyasi tizimini rivojlantirishda o’z hissasini qo’sha oladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi.

Concrete

Jamshid Abruev 1979 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand qishloq xo’jaligi institutini, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini moliya mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

2000 – 2004 yillarda Samarqand shahar Temir yo’l tumani Xalq ta’limi bo’limi hamda tuman hokimliklarida hisobchi, iqtisoqchi lavozimlarida;

2004 – 2012 yillarda Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, bo’lim boshlig’i muovini lavozimlarda;

2012 – 2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o’rta va maktabgacha ta’limni moliyalashtirish bo’limi yetakchi iqtisodchisi, keyinchalik bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishlagan

2017 – 2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari.

2018 – 2019 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari.

Concrete

“Vatanimga byudjet sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida oʻz oʻrnimni topganim, shuningdek xorijda toʻplagan bilim va tajribalarimni ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarida foydali boʻlishi men uchun katta baxt, deb hisoblayman” Yunusov Moxir Muratjanovich 1981 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bakalavr, 2002 yilda Germaniyaning Bremen universitetini magistr darajalarini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 

Mexnat faoliyatini 2003 yilda Germaniyaning Berlin shahridagi telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha T-Systems Nova GmbH, Entwicklungszentrum korxonasida stajer sifatida boshlagan.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rajasining 1-bandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi qarori ijrolarini ta’minlash maqsadida  “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Dastavval Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keng muhokama qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga auditorlik faoliyatini rivojlantirish va auditorlik xizmatlari sifati uchun auditorlik tashkilotlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib va joylashtirilgan (ID-1436, muhokama davri 2018 yil 10-25 dekabr). Qonun loyihasida O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, “UzASBO” dasturiy majmuasida mol etkazib beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar uchun (huquqiy-mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) byudjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma va ular bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rish imkonini beruvchi dasturiy modul yaratildi.

Endilikda, tashkilotlar hech bir qiyinchiliksiz byudjet tashkiloti bilan o’zaro tuzgan shartnomalari hamda byudjet tashkiloti to’lovlarining holatini masofaviy (interaktiv xizmat) ko’rish imkoniyati mavjud. 


O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’ini O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiqlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019 yil 23 yanvardagi 10-son Buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritildi. Buyruqqa kiritilgan o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi (ro’yxat raqami 1209-10, 2019 yil 15 fevral).

Ushbu Buyruqqa o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan kelib chiqadigan o’zgartirishlar asosida kiritildi.

Concrete

Fuqarolarga mehnat davrini tasdiqlash jarayonida moliyaviy va vaqt sarf-xarajatlarini kamaytirish imkonini berish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish juda muhim qadamdir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha xalqaro interfaol seminar-yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi va Rossiya Federatsiyasi Pensiya jamg'armasi o'rtasida fuqarolarning ish tajribasini tasdiqlash uchun murojaatlarni qabul qilishda rasmiy kanallar orqali elektron hujjat aylanishiga o'tish bo'yicha kelishuvga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 1 fevraldagi 365-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “IFAT-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzdagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 22 fevralda berilgan 00205-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 25 yanvaridan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi  «Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3877 sonli Qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlikning Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari  va davlat qarzi boshqarmasida (keyingi o’rinlarda “Davlat qarzi boshqarmasi” yoki “DQB” )mavjud quyidagi vakant lavozimlarga qaytadan tanlov e’lon qiladi.

1.    «STATISTIK VA MAKROIQTISODIY AXBOROTLAR BILAN ISHLASH» BO’LIMI BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i uchun qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.
3. Statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

2019 yil 11-12 fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi vakillari BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha Boshqarmasining (BMT NJB) Markaziy Osiyodagi regional vakolatxonasi va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura qoshidagi iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish Departamenti bilan birgalikda tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etishdi. 

Seminarda tabrik so’zi bilan Ashita Mittal honim (BMT NJB) va Departament boshlig’i o’rinbosari Zoxid Xotamov so’zga chiqishdi, ular O’zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida tashkiliy – xuquqiy va metodologik bazani shakillantirishda maqsadli va keng qamrovliy ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o’tishdi.  

Professional mutaxassis – tahlilchilar Elena Shershneva (Avstriya), Olga de Trushi (Frantsiya), Xamiza Liliya (Qozog’iston) tomonlaridan noqonuniy pul aylanmasi sxemasi, “O’zingni mijozingni bil” tamoyili asosida mijozni o’rganish va riskka asoslangan yondashuvni amaliy qo’llash bilan bog’liq savollar bo’yicha seminar qatnashchilariga master – klaslar o’tkazishdi.

Concrete

Moliya Vazirligi qoshidagi Pensiya jamg’armasi va Moliya Vazirligi AHM vakillari Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ko'magida, Rossiya Federatsiyasi Pensiya Fondi va Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan AKT Xalqaro interaktiv va ijtimoiy himoya seminarida ishtirok etishmoqda.

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

38

shulardan kelmaganlar

10

2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

15

3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

11

4.    Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

2

Concrete

Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G'arbiy Osiyodagi Bosh direktori Verner Lipak boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv o'tdi. Uchrashuv Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh), energetika, transport, qishloq xo'jaligi va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va davlat xaridlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar kabi sohalarda hamkorlikni va texnik yordamni yanada mustahkamlashga bag'ishlandi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov va vazirlikning mas’ul xodimlar 2019-2023 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari va strategiyasini muhokama qildilar.

Verner Lipak Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning muhimligini ta'kidlab, investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha foydali tadbirlarni joriy etishni hamda Moliya vazirligi huzuridagi yangi tashkil etilgan Davlat-xususiy sherikchikliginini rivojlantirish agentligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tashkil etilgan Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi Toshkent shahrida joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makroG’mikro), bank ishi, statistika va shunga yaqin yo’nalishlari bo’yicha *bakalavriaturaning kunduzgi bo’limi so’nggi ikki kursida hamda magistraturaning 1-2-kurslarida ta’lim olayotgan talabalarni boshqarmada amaliyot o’tash uchun taklif etadi:
 

Xalqaro reyting agentliklari, moliya va yuridik konsultantlar bilan o’zaro munosabatlar bo’limi -1 nafar
Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash bo’limi -1 nafar
Davlat qarzi hisobi va hisoboti bo’limi -4 nafar

Moliya vazirligi Hay’atining 2018 yil yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari muhokama qilinib, Bosh boshqarmaning 2019 yildagi vazifalari belgilab olindi. 

2018 yilda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 7 047 ta nazorat tadbirlari o’tkazildi. Shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlari soni o’tgan yilga nisbatan 2 martaga kamaydi. (2017 yilda – 14 296 tani tashkil etgan).

O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi va 2017 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan (534,1 mlrd.so’m) miqdorga teng bo’ldi.

I. Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag’larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan o’tkazilgan bo’lib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd.so’m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz mablag’lar sarflanishi aniqlanib, 51,1 mlrd.so’mi (75%) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.

Korrupsiya - taraqqiyot yo’liga jiddiy to’siq bo’lib, jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug’diradigan asosiy illatdir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni tag-tomiri bilan yo’qotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilib kelindi. Korrupsiya mavjud bo’lgan jamiyatda davlat o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajarish qiyinlashadi, aholining ijtimoiy-huquqiy himoyasi zaiflashadi, shuningdek chet el xalqlari va investorlari uchun bunday jamiyat o’z jozibasini yo’qotadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan kiritilgan va 03.01.2017 yilda qabul qilingan  «Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida»gi qonun ushbu illatga qarshi kurashish yo’lida qilingan muhim qadamdir.

Shuningdek Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 17 yanvar kungi PF-5635-sonli  farmoni bilan “2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” tasdiqlandi. Ushbu dasturda  “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish»da amalga oshiriladigan tadbirlari belgilab berildi. 

O’zbekiston Respublikasining ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va muvaffaqiyatli joylashtirishni ta’minlash maqsadida, 2019-yilning 7-14 fevral kunlari, AQShning Nyu-York hamda Boston, Buyuk Britaniyaning London shaharlarida “Roud-shou” (investorlar bilan uchrashuvlar) bo’lib o’tadi. 

Uchrashuvlardan so’ng, jahon moliya bozorlaridagi sharoitlardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini 5 va/yoki 10 yil muddat bilan chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

 “Roud-shou” davomida O’zbekiston Respublikasining delegatsiyasi yirik investorlar bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Bunday uchrashuvlar natijasida, respublikamizning ilk bor jahon moliya bozorlariga ilk qadami qo’yiladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global ko-ordinator hamda qo’shma bukranner, Citi va Gazprombank – qo’shma lid-menejer va bukrannerlar etib tayinlanganlar.  

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevral PQ 4144-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga Ashrafxanov Baxrom Baxodirovich tayinlandi.

Concrete

30 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va Rossiya Federatsiyasi Federal Soliq xizmati (FSX) xodimlari o'rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Ko'chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish va ularning kadastr qiymatini aniqlash uchrashuvning asosiy masalalari sifatida belgilab olindi. Mutaxassislar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalari va mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash bo'yicha tavsiyalar berildi. FSX boshlig'i o'rinbosari Aleksey Overchuk, FSX boshlig'i o'rinbosari Svetlana Bondarchuk, FSXning Mulkni soliqqa tortish boshqarmasi boshlig'i Aleksey Lashyonov va FSXning Xalqaro hamkorlik va valyuta nazorati boshqarmasi boshlig'i Dmitriy Volvach bu sohada o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 oktyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi PF-5553-son Farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 yanvariga qadar mehnatga haq to’lashning Yagona tarif setkasini qayta ko’rib chiqish vazifasi yuklatilgan. 

Xususan kam ish haqi olib ishlovchi xodimlar ish haqini sezilarli darajada oshirish maqsadida, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlib eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari o’rtacha 10 foizga oshirildi.

Jumladan; 

- 1 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (farroshlar, qoravullar, ishchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,15 barobarga;

- 2 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (engil avtomobil xaydovchilari, bog’bonlar, ish yurituvchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,1 barobarga;

- 3 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (elektriklar, santexniklar, kassirlar, laborantlar va boshqalar) ning ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.

Concrete

29 yanvar kuni poytaxtimizda sog'liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchiliпш bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) agentligi, Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hamda Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv soha rahbarlari va mutaxassislari nutqlari uchun, shuningdek barcha ishtirokchilar o'rtasida munozaralar uchun qulay zamin yaratdi.

Seminarning kirish qismida Moliya vaziri o'rinbosari – Davlat-xusisy sherikchiligi agentligi direktori Golib Xoljigitov, Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov, O'zbekistondagi Xalqaro moliya korporatsiyasi boshlig'i Zafar Hashimov, Markaziy Osiyodagi Jahon bankining ijtimoiy loyihalar bo'yicha menejeri Susanna Ayrapetyan va Shveysariya elchixonasining xodimi Dildora Abidjanova so’zga chiqishdi.

Concrete

Joriy yilning 28 yanvar kunida Moliya vazirligida Davlat byudjetining 2018 yilgi ijrosi va 2019 yilgi byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bag’ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi o’tkazildi.

Hay’at yig’ilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) o’tkazildi. Markaziy apparatning boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, G’aznachilik boshqarmalari boshliqlari, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi boshqarmalari boshliqlaridan iborat jami 96 nafar rahbar hodimlar bevosita Respublika studiyasida, 656 nafar rahbar hodimlar esa tashkil etilgan hududiy studiyalarda ishtirok etdi.


Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Axborot hisoblash markazi bilan birgalikda Davlat byudjeti ijrosi jarayonini yanada avtomatlashtirish, byudjet tashkilotlari va moliya organlari o’rtasidagi elektron hujjatlar almashuvini ta’minlash va qog’oz shakldagi hujjatlardan bosqichma-bosqich voz kechish yuzasidan quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda.

1.    “UzASBO” dasturiy majmuada byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalarini elektron shaklda shakllantirish va moliya organlariga taqdim etish moduli ishga tushirildi. 

2019 yil uchun vaqtinchalik xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari tomonidan elektron shaklda tasdiqlanib, moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazildi. Bunda ushbu jarayon tashkilotlarning moliya organlariga kelmasdan to’liq elektron aloqa orqali amalga oshirildi.

Bunda Dasturning o’zi avtomatlashgan tarzda vaqtinchalik xarajatlar smetalarida nazarda tutiladigan mablag’lar miqdorini Byudjet kodeksining 104 moddasiga muvofiq o’tgan moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar miqdoridan ortib ketmasligini nazorat qiladi.

Natijada moliya organlari tomonidan xarajatlar smetasini dasturiy majmuaga kiritish (15-20 minut), tashkilotlarning moliya organlariga kelib ketishi va boshqa jarayonlar qisqardi.

2019 yilgi doimiy xarajatlar smetalari ham shu tartib asosida elektron shaklda shakllantirish va ro’yxatdan o’tkaziladi.

Concrete

Yig’ilishda Moliya vazirligi, Axborot-hisoblash markazi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig’ilishda buyurtmachilar va etkazib beruvchilar o’rtasida Tovar-xom ashyo birjasi orqali tuzilgan shartnomalarda qo’shilgan qiymat solig’ini yuritilishi hamda elektron hisob-fakturalarni davlat xaridlarida joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Elektron hisob-fakturalarini Davlat xaridlarida joriy etilishi natijasida etkazib beruvchilar tomonidan tovar (ish, xizmat)larni elektron shaxsiy kabinetlari orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda byudjet tashkilotlariga yuborish imkoniyati yaratiladi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shuni maʼlum qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 dekabrdagi 1100-f-sonli farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan tijorat banklari soʻrovnomalari asosida zaxira uchun chetdan isteʼmol kartoshkasi va guruch mahsulotlarini keltirish maqsadida tijorat banklariga 2019 yilning 1 mayiga qadar yillik 7 foiz stavkada depozitga mablagʻlar joylashtirilishi belgilangan. Mazkur farmoyishning ijrosini taʼminlash maqsadida, tijorat banklari tomonidan depozitga jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisida soʻrovnomalarni taqdim etishilishini soʻraymiz hamda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi mablagʻlarni depozitga joylashtirish boʻyicha depozit shartnomasini tuzishga tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Concrete

2019 yil 15 yanvar kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish agentligi  va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan tashkil etilgan "Energetika va transport sohasidagi Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH)" mavzusidagi ikki kunlik davra suhbati o'z ishini boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maslahatchisi Remir Mukumov, IFCning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Xashimov, Yevropa va Markaziy Osiyoda DXSH maslahat xizmatlari menejeri Georgi Petrov va Shveytsariya elchixonasining vakili tadbirning kirish qismida so'zga chiqishdi. Tadbirda soha vazirliklarining mas'ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida davlat va xususiy sektor hamkorligining mexanizmlari va investitsiya vositalariga asoslangan holda energetika va transport sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mahalliy mutaxassislar havo transporti, yo'llar va energiya sohasida DXSH loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishda jahon tajribasining eng yaxshi misollari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Buning uchun huquqiy asoslar, turli xil loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida keng tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar taklif etilgan.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Moliya vazirligi, O’zbekiston soliq maslahatchilari palatasi, “Dori-darmon” AK tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar ishtirokida soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning mazmun va mohiyatiga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. 

Seminarning asosiy maqsadi 2019 yil uchun belgilangan soliq qonunchiligining yangi normalarini amaliyotda qo’llashni muhokama qilish bo’ldi.

Seminarda soliq siyosatining 2019 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari va soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida Moliya vaziri o’rinbosari D.Sultanov, hamda soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish masalalari va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar bo’yicha Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi bo’lim boshlig’i Sh.Haydarov ma’ruza qildi. 

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 4-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari, jismoniy shaxslarning murojaatlari hamda reja asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 969 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi. 

O’tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 717 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 29 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 6 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 23 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 18,5 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’larni belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 871 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 59,8 mln.so’m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi buyrug’iga asosan 2019 yilning 6-7 fevral kunlarida (imtihon boshlanishi 2019 yil 6 fevral, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi binosida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli ko’chasi, 1A-uy) o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

I.F. I.F.
1. Petrova Mariya 20. Nasirdinov Mirzoxid
2. Murodov Faxriddin 21. Usmonov Maxamadali
3. Kasimova Anora 22. Muydinov Giyosidin
4. Tilavov Ulashboy 23. Pak Oleg
5. Axmedov Ibraximjon 24. Toshboltaev Azim
6. Xujakulov Azamat 25. Volosina Nadejda
7. Raxmanov Kamoliddin 26. Badina Raisa
8. Abdukarimova Rumiya 27. Allayarov Azat
9. Ten Din Xo’n 28. Baxromov Sherxon
10. Suyundikova Gulnora 29. Xasanov Bobirmirzo
11. Kozimjonov Komiljon 30. Isomuxamedov Akbarjon
12. Perepelova Marina 31. Muxammadiev Abduvaxob
13. Nuraliev Raxim 32. Muxitdinov Xusnitdin
14. Agafonova Irina 33. Norkobilov Abdigaffar
15. Shergoziev Asror 34. Yulchiev Nodirjon
16. Ovsyanikova Natalya 35. Golosova Svetlana
17. Tsoy Oleg 36. Xakimov Faxriddin
18. Abduraxmonova Toxira 37. Mirzakarimova Dildora
19. Yuldasheva Sevara 38. Sattorov Nodirbek

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20 oktyabr “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3980-sonli Qaroriga binoan tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligi shtatlarini yuksak malakali xodimlar bilan to’ldirish maqsadida bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi.

1. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va metodologiya boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga:

Boshqarma boshlig’i – 1 nafar;

Shu boshqarmaning Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish bo’limi bo’sh ish o’rinlariga:

Bo’lim boshlig’i – Boshqarma boshlig’i o’rinbosari -  1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar;
Etakchi mutaxassis – 2 nafar;
1-darajali mutaxassis – 1 nafar.

Shu boshqarmaning Davlat-xususiy sheriklik metodologiyasi sho’’basi bo’sh ish o’rinlariga:
Sho’’ba mudiri – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar.

2. Iqtisodiy ekspertiza va tavakkalchiliklarni baholash boshqarmasi bo’sh ish o’rinlariga;

Boshqarma boshlig’i o’rinbosari – 1 nafar;
Bosh mutaxassis – 1 nafar;
Etakchi mutaxassis – 2 nafar;
1-darajali mutaxassis – 1 nafar.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-yanvardagi 4098-sonli qaroriga asosan Golib Ablakulovich Xoljigitov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – O’zbeksiton Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari lavomizimiga tayinlandi. 

Golib Xoljigitov 1979 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQSh) tamomlagan. 

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori. 2016-2018 yillarda “UBS Global Wealth Management” korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo’yicha loyihalar menedjeri (AQSH). 

2018-yildan hozirgi kungacha Golib Xoljigitov “Bank of America Merril Lynch” korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo’yicha loyihalar menedjeri (AQSh) lavozimida ishlagan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga muvofiq «MOI Insurance Brokers Asia» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun 2018 yil 27-dekabrda SF 00239-sonli litsenziya berildi.

Concrete

Yig`ilishda Moliya vazirligi G`aznachilgi boshlig`ining birinchi o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Toshkent shahri bo`yicha Soliq, Moliya va G`aznachilik boshqaramalari mas`ul xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig`ilishning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasi byudjet va soliq kodekslariga O`zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O`ZQ-508-sonli “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston  Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchlar kiritish to`grisida” gi Qonunga muvofiq kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi davlat qarzi monitoringini yuritish, unga xizmat ko’rsatish, hisob va hisobotlarni avtomatlashtirish maqsadida Moliya vazirligida “DMFAS-6” dasturiy majmuasi o’rnatildi. 

Osiyo taraqqiyot bankining beg’araz texnik ko’magi - “Investitsion loyihalarni va tashqi qarzni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat organlarini salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Moliya vazirligi OTB va BMT Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi (YuNKTAD) bilan hamkorlikda “Qarzni boshqarish va moliyaviy holat tahlili tizimini joriy etish” komponenti amalga oshirildi.

2018 yilning 10-21 dekabr kunlari Moliya vazirligida YuNKTAD missiyalari tashkil etildi. 

2019 yil 1 yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan aksiz solig’i joriy qilindi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat solig’i hamda benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan atsiz solig’i kiritilmagan holda aniqlanadi. 

Shunday qilib, benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog’ida to’lanadigan aktsiz solig’i summasiga qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet mo’ljallari” qaroriga asosan 2019 yil 1 yanvardan quyidagi tartib o’rnatiladi, unga ko’ra:

  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so’mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to’lash tartibi saqlab qolinadi;
  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so’mdan oshgan, biroq bir milliard so’mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to’lovini 4 foiz stavkada to’lashga o’tkaziladi;
  • kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so’mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to’laydi.

Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to’lash tartibi ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqilgan tartib tasdiqlangandan so’ng soliq to’lovchilarga qo’shimcha ma’lumot tariqasida etkaziladi.

Bu o’zgarishlar bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan o’zi etishtirgan qishloq xo’jaligi mahsuloti va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro’yhatini tasdiqladi. Bularga quyidagi mahsulotlar kiradi:


1. go’sht (mol, qo’y, tovuq), shuningdek, xayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularni so’yish mahsulotlari;
2. baliq;
3. kartoshka;
4. piyoz;
5. tuxum;
6. guruch (barcha navlari);
7. shakar, shu jumladan import qilingan;
8. non mahsulotlari (non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda chakana va ulgurji realizatsiya qilishda imtiyoz qo’llaniladi).

Yuqoridagi keltirilgan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilishda qo’shilgan qiymat solig’i hisoblanmaydi. 

Shu bilan birga, konditer maxsulotlari non mahsulotlari tarkibiga kirmaydi.

Joriy yilning 28 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 36 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd.so’mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlar xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 6ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 221,6 mlrd.so’m hajmidagi 216 500 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 204,9 mlrd.so’m miqdoridagi 200 000 dona qimmatli qog’ozlar joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Joriy yilning 27 dekabr kuni Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd.so’mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlar xar chorak amalga oshiriladi.

Auktsionda 8ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 229,3 mlrd.so’m hajmidagi 225 760 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ishonch telefoni”ga 2018 yil davomida jami 690 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 2018 yilning 25 dekabr holatida 673 ta murojaatlar ko’rib chiqilgan, 17 ta murojaatning ko’rib chiqish muddatlari mavjud. 

Mazkur murojaatlardan 275 tasi ijobiy hal etilgan (qanoatlantirilgan), 390 ta murojaatga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berilgan hamda  8 ta murojaat ko’rmasdan qoldirilgan (ilgarigi murojaatini qaytarib olish yoki ko’rmasdan qoldirishni so’rash haqidagi arizasiga ko’ra va anonim murojaatlar).

Jumladan, ish haqi bo’yicha masalalar 355 ta, nazorat taftish masalasida 76 ta, ijtimoiy nafaqalar bo’yicha 52 ta, pensiyaga oid masalalarda 38 ta, soliq, sug’urta va boshqa masalalarda 169 ta murojaatlar kelib tushgan.

Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 14 noyabrdagi 144-son buyrug’i bilan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom belgilangan tartibda Adliya vazirligida 2018 yil 21 dekabrda 3105 ro’yxat raqam bilan ro’yxatga olindi (2019 yil 23 martdan kuchga kiradi).

Nizomning asosiy talablari xalqaro standartlar asosida professional sertifikatlash va auditorlar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratishga, auditorlik kasbida tajribali xodimlarni va yosh mutaxassislar manfaatdorligini saqlab qolishga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 19 dekabrdagi 364-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SIFAT-AUDIT” auditorlik tashkilotiga aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbus tarzdagi va majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 2008 yil 29 dekabrda berilgan 00273-sonli litsenziyaning amal qilishi 2018 yilning 17 dekabridan tugatildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1406 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd