РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...

Concrete

“Ochiq budjet” (www.openbudget.uz)  portalida tumanlar budjetida shakllangan qo'shimcha mablag'larining aholi takliflariga asosan yo'naltiriluvchi qismi boyicha ovoz berish jarayonlari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Qayd etish joiz, birinchi chorakda, Navoiy viloyati bo'yicha shakllangan qo'shimcha mablag'lar 17,9 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Jumladan, Zarafshon shahar budjetida ushbu davrda 723,3 mln. so'm miqdoridagi qo'shimcha mablag'lar hosil bo’lgan, hamda ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonlarida, bir qator maktabgacha ta’lim muassalarining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash bilan bog'liq takliflar 236 ta ovoz bilan ustunlik qilgan. Natijada, ucshbu takliflarga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun, budjetdan 72,3 mln. so'm yo'naltirilgan. 

Qiziltepa tumani budjetida, birinchi chorak mobaynida 4,77 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar shakllandi hamda aholining eng ko'p ovoz olgan tadbirlarga 477,2 million so'm yo’naltirildi. Natijada, tuman hududidagi ziyoratgoh hamda 14 –sonli umumiy o'rta ta’lim maktabi binolari ta'mirdan chiqarildi.

Viloyatning Navbahor tumani budjetida yuqoridagi davrda 1,65 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar hosil bo'lgan. Ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonida tumandagi tibbiyot birlashmasi atrofini o'rash taklifi ko'pchilik tomonidan maqullanib, ushbu tadbir uchun tuman budjetida qo'shimcha hosil bo'lgan mablag'larning 10 foizi, ya’ni 166 mln so'm yo'naltirildi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari lavozimiga Xaydarov Axadbek Yaxebekovich  tayinlandi.

Xaydarov Axadbek 1971 yilda Fargona viloyatita tug’ilgan. 1994 yil Toshkent Davlat universiteti, 1998 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2001 yili Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti magistratura bosqichi, 2006 yil AQShning Massachusets shtatida Villiams
Kollejini tamomlagan.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga Ergashev Abdimuxtor Ergashevich tayinlandi.

Ergashev Abdimuxtor 1977 yil Surxandaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2000 yil Termiz Davlat Universitetini, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va 2009 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyamiyasini tamomlagan.

Concrete

Moliya vazirligida yangi tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17 sentyabrdagi 780- sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi xuzuridagi Byudjetdan taqshqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori lavozimiga Ashrafxanov Baxrom Baxodirovich tayinlandi.

Baxrom Ashrafxanov 1969 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi buyrugʻiga asosan

2019 yilning 4 oktyabr kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00da) Toshkent shahri, Tallimarjon koʻchasi 1/1 manzilda joylashgan MChJ “NORMA”da (telefon raqami 71-200 00 90) oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.Sh. F.Sh.
1. Umarov Abdurashit 21. Nasirov Yusupjan
2. Tuychiyev Shuxrat 22. Sayidumarova Muazzamxon
3. Sattikulova Shaxnoza 23. Abdiyev Furkat
4. Shayzakov Erbuta 24. Boltayev Oybek
5. Fayziyeva Nigora 25. Gadayev Ilyos
6. Tojiboyev Obidjon 26. Jamilov Alisher
7. Saʼdullayev Abdimanon 27. Glazunov Aleksandr
8. Boysariyev Sabit 28. Lazareva Yekaterina
9. Galimova Mariya 29. Nasirdinova Yorkinoy
10. Toshmatov Shavkat 30. Nasirdinov Muzaffarjon
11. Gravshonkov Andrey 31. Matmuratov Davronbek
12. Xudaybergenov Ruslan 32. Alimuxamedov Shavkat
13. Xaknazarov Bengnazar 33. Ziyatov Oybek
14. Yuldashev Ravshan 34. Urunov Shoxrux
15. Li Tatyana 35. Egamberdiyev Zoxidjon
16. Axmedgaliyeva Elvira 36. Shadaminov Ilgiz
17. Li Yelena 37. Xushiyev Olim
18. Maxramov Baxtiyorjon 38. Djamilov Dilshod
19. Shabanov Artur 39. Ashurov Kobiljon
20. Obidov Abrorbek 40. Sayfulla Shaxzod

 

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustda “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 707-sonli qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish ishlari boshlandi.

Ushbu qarorga asosan birinchilardan boʻlib, litsenziya talabgori sifatida murojaat etgan “DAVR SHAROB” MChJga 2019 yil 9 sentyabrda aroq va likyor aroq mahsuloti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son farmoniga muvofiq Alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda va (yoki) bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn rejimida kuzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan virtual kassalar orqali davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. 

Alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlarida virtual kassalar tizimi 2020 yil 1 yanvardan toʻliq ishga tushiriladi.

Xarid cheklaridagi QR-kod yoki fiskal belgilarni mobil ilova yoki Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy sayti orqali roʻyxatga olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi hamda mahsulotlarni markalash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Concrete

Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolatli ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlik subyektlarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligiga qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to'g'risidagi Prezident qarori loyihasini kiritish bo'yicha topshiriq berildi.

IV Moskva moliya forumi doirasida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiytasi, Rossiya Federal G'aznachiligida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Shaxrux Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh vazirlik bo'linmalari rahbarlaridan iborat .

Xabaringiz bor, 2017-yildan boshlab Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi o'rtasida texnik hamkorlik to'g'risidagi Memorandum amal qilmoqda. Uning doirasida 2018 yil uchun qo'shma reja kelishib olingan edi. O'tgan davr mobaynida, sohani rivojlantirish masalalari bo'yicha tajriba maqsadida o'zaro tashriflar amalga oshirildi.

Mazkur tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi rahbari Roman Artyuxin hamda uning o'rinbosari Aleksandr Mixaylik bilan muzokaralar bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalarida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanmoqda.

Misol uchun, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi ayrim umumta’lim maktablarida 2018 yilda va 2019 yilning o‘tgan davrida umuman ishlamagan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblash va ish haqi to‘lov qaydnomalarining jamiga qo‘shib yozib o‘zlashtirish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida nizom” va “Umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 1534, 2006 yil 3 yanvar) talablariga rioya qilinmasdan jami 633,8 mln.so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari noqonuniy xarajatga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Concrete

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan vazirlikdagi xodimlar orasida vatanparvarlik ruhini oshirish, ma’naviy-axloqiy muhitni yanada kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish maqsadida 2019-yilning 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida taniqli fan arboblari va ijodkorlar bilan “Tinchlik-eng oliy ne’mat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, Yuridik universiteti professori, yurist Firuza Muxitdinova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Ilhom Marupovlar ishtirok etishdi.

Concrete

Joriy yilning 5-6 sentabr kunlari Moliya vazirligida, Oʼzbekiston Respublikasining keyingi yillar boʼyicha budjet siyosatining asosiy yoʼnalishlari, budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, xarajatlarning samaradorligini oshirish, daromadlar bazasini kengaytirish yuzasidan seminar oʼtkazildi. Tadbirda Qoraqalpogʼiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarining mutaxassislari, markaziy apparat boshqarma boshliqlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda kelgusi moliya yilida daromad va xarajatlarning respublika, viloyat, tuman hamda shaharlar budjetlari oʼrtasida taqsimlanishi, soha xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda yangi mexanizmni joriy etish, dasturiy majmualarni, elektron dasturlarini takomillashtirish yoʼnalishlari qizgʼin muhokama qilindi.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomning (ro’yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni 2019 yil 5 sentyabr kuni “NORMA” MChJning kompyuter sinfi bazasida o’tkazildi.

Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan malaka imtihoni komissiyasining qaroriga ko’ra imtihon natijalari quyidagilardan iborat:

Ko’rsatkichlar nomi

Soni,

kishi

1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar, jami

55

shu jumladan, imtihonga kelmaganlar

18

malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

10

malaka imtihonidan o’ta olmagan talabgorlar

27

4. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki o’n yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish stajiga ega bo’lgan auditorlarning malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirilganlar

 

1

Concrete

Sizning e’tiboringizga ilk bora O’zbekiston Respublikasi hududlaridan biri – Toshkent viloyati misolida “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdim etilmoqda. 

Yurtimizda “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini jamoatchilikka taqdim qilinishidan asosiy maqsad aholining keng qatlami uchun axborotning mazmunan qulayligini ta’minlash, byudjet borasida fuqarolar bilan o’zaro hamkorlik qilish mexanizmlarining samaradorligini hamda ularning byudjet sohasidagi savodxonligini oshirishdan iborat.

Toshkent viloyati – mamlakatning yuksak resurs, ishlab chiqarish, infrastruktura va inson salohiyatiga ega bo’lgan yirik hududlaridan biri. Aholi soni jihatidan beshinchi o’rinni egallagan holda O’zbekistonda hududiy jihatdan sakkizinchi, sanoat ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi, yalpi hududiy mahsulot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi.

Concrete

JAHON BANKI GURUHI BILAN ISHLASH SHO‘BASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

MOLIYA VAZIRLIGI G‘AZNACHILIGI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TIJORAT BANKLARINIISLOH QILISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

ISTE’MOL BOZORI TRANSPORT, ALOQA VA TURIZM SOHALARINI MOLIYAVIY TARTIBGA SOLISH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

ARZON UY-JOYLAR QURISH VA DAVLAT MAQSADLI DASTURLARINI MOLIYALASHTIRISH VA MOLIYA BOZORI VOSITALARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

DAVLAT TASHQI VA ICHKI QARZI DEPARTAMENTI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

Concrete

1. MUVOFIQLASHTIRISH VA AXBOROT TAHLIL DEPARTAMENTI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

2. BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT USLUBIYOTI BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

3. DAVLAT BYUDJETI BOSH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

4. XODIMLAR BILAN ISHLASH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

5. DAVLAT ORGANLARI, PROKURATURA VA SUD TIZIMI FAOLIYATINI MOLIYAVIY TA’MINLASH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

6. IJTIMOIY SOHA VA FANNI MOLIYALASHTIRISH BOSH BOSHQARMASI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

7. SOLIQ - BOJXONA SIYOSATI VA DAROMADLARNI PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI (Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting )

Concrete

Hurmatli fuqarolar!

Texnik sabablarga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Soliq kodeksining yangi loyihasi bo'yicha izoh va takliflar qoldirish imkoniyati mavjud emas (https://regulation.gov.uz/uz/document/7232) Yaqin vaqt ichida texnik nosozliklar to’girlanadi va fikr-mulohazalar qoldirish imkoniyati tiklanadi.

Shuni ma’lum qilamizki, o'quvchilar Soliq kodeksining yangi loyihasi bo'yicha taklif va izohlarni Moliya vazirligining veb-saytida, telegram messenjeridagi @minfinuzb kanali orqali, shuningdek, @MoliyaPress sahifasiga va Moliya vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog’idagi @minfinuzb sahifasiga yuborishlari mumkin.

Hurmat bilan
Axborot xizmati

Concrete

Ushbu Soliq kodeksida Oʼzbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasiga muvofiq soliq qonunchiligi normalarining qoʼllanishi maksimal darajada soddalashtirilgan.

Buning uchun:

- soliq va boshqa majburiy toʼlovlar soni qisqartirilgan;

- bozorlar, qishloq xoʼjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar, advokatlik byurolari va firmalari, shuningdek gastrolь-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun maxsus soliq rejimlari bekor qilingan. Soddalashtirilgan soliq rejimlarining umumiy soni 3 tadan 1 tagacha kamaygan;

Concrete

Joriy yilning 30 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O’zbekiston Respublikasining qarzini samarali boshqarish” mavzusida axborot va ommaviy vositalar vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Tadbir boshida moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov va Davlat ichki va tashqi qarzi  Departamenti direktoriJasur Karshibaev tomonidan 2019 yilning birinchi iyul holatiga davlat qarzi to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. 

Ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlari bo’yicha 2019 yil birinchi yarim yilligi hisobotiga asosan, davlat qarzi 18,48 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Shundan,davlat ichki qarzi ulushi 29 foizga ya’ni, 5,4 mlrd AQSh dollariga teng bo’lib, uning 97 foizi hukumat tomondan kafolatlangan qarzni  tashkil qildi.

Concrete

Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan alkogol bozorining barcha ishtirokchilarining (shu jumladan ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan korxonalar va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanuvchi subyektlarning) o'zaro faoliyatini ta'minlaydigan elektron dasturiy mahsulotga texnik topshiriq ishlab chiqish uchun tanlov e'lon qildi.

Dasturiy ta'minot orqali alkogol mahsulotlarini sotib olish uchun buyurtmani faqat elektron tarzda joylashtirilishing ta’minlanishi ko’zda tutilgan (ulgurji savdo bazalari ishlab chiqaruvchulardan, hamda savdo do’konlari va umumiy ovqatlanish tashkilotlari ulgurji savdo bazalardan). Shu bilan birga, murojaat qiluvchilar kerakli hujjatlarni telekommunikatsiya kanallari orqali topshirishlari mumkinligi va taqdim etilgan vaqt qayd etilishi inobatga olinishi kerak.

Concrete

2019-yil 29-avgust kuni Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan, “Mustaqillik – yoshlar taqdirida” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. 

Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi masʼul xodimlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Concrete

Joriy yilning 28 avgust kuni Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аgrar sektorni qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan oʼz vaqtida taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2019 yil 4 apreldagi PQ-4268-sonli qarori ijrosi yuzasidan keng jamoatchilik uchun maʼlumot berish maqsadida press-brifing tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasining departament direktori, Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʼzagrotexsanoatxolding” АJ vakillari ishtirok etib, yigʼilganlarga sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berishdi.

Taʼkidlanganidek, Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud qishloq xoʼjaligi texnikalarining 25 foizidan ortigʼi 15 yildan ortiq muddat mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Shu sababli, Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan moliyaviy qoʼllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidetimizning mazkur qarori qabul qilingan. Ushbu xujjatga asosan, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, gʼalla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq korpusli omochlarni xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari boʼyicha foiz xarajatlari tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplab berish amaliyoti joriy etildi.

Concrete

Bir qator yirik xorijiy tashkilotlar mamlakatda moliyaviy tizimni takomillashtirish va uning shaffofligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Davlat moliya menejmentini takomillashtirish doirasida 2019 yil 23 avgustda Moliya vazirligi Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan birgalikda xalqaro maslahatchilar va davlat moliya ekspertlari bilan IPSAS xalqaro buxgalteriya standartlarini (IPSAS) joriy etish, shuningdek ishlab chiqilgan yo'l xaritasi bilan tanishish bo’yicha o'quv seminarini tashkil etdi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori qabul qilindi (2019-yil 23-avgust, 707-son).

Qaror bilan Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish, faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga ko'ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bo'yicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

 

Concrete

 

Avvalroq, “Ochiq budjet” (www.openbudget.uz) portalida mahalliy budjetlarda shakllangan qo’shimcha mablag’larining aholi takliflariga asosan yo’naltiriluvchi qismi boyicha ovoz berish jarayonlari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Qayd etish kerakki, joriy yilning birinchi choragida mahalliy budjetlarda shaklanngan mablaglar hajmi Respublika bo’yicha 253,4 milliard. so'mni tashkil qilgan. Shundan 28,9 milliard. so’m esa portalga kelib tushgan hamda ovoz berish jarayonida qo’llab-quvvatlangan takliflarga asoslangan tadbirlarga yo’naltirilgan.

Xususan, ushbu davrda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani budjetida 1,62 milliard so'm miqdordagi qo'shimcha mablag'lar shakllangan. Ochiq budjet portalida ko'rsatilgan miqdordan 10 foiz - 162 million so'mni mahalliy aholi tamonidan berilgan takliflarga asosan ajratilinishi to'g'risida e'lon joylashtirilgan. Onlayn-muhokamalarda eng ko’p ovozni o’zbek xalqining atoqli shoiri Hamid Olimjon nomi bilan ataluvchi MFYdagi shoir monumenti joylashgan xududni obodonlashtirish va uning atrofida kutubxona hamda sayilgoh barpo etish taklifi olgan. Tuman hokimining 2019 yil 8 iyundagi 142-F-sonli farmoyishiga binoan hududni obodonlashtirish, xiyobon va kutubxona qurish maqsadida 200 million so'm mablag' ajratildi. Bugungi kunda ishlar muvaffaqiyatli yakunlanib, obyektlar aholiga aziz bayram - mamlakatim Mustaqilligining 28 yilligi arafasida o'ziga xos sovg'a sifatida taqdim etildi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi “Ma’rifat” gazetasida chop etilgan “Prezident farmoni bajarilmasligi mumkinmi?” murojaati bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida keltirib o’tilgan dasturning 12-bandida shaxslar o’rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va nogironligi bo’lgan shaxslar, shu jumladan, katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyat, tuman markazlarida (talablardan kelib chiqqan holda) umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va brayl alifbosini o’rgatish bo’yicha kurslar tashkil etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Concrete

Joriy yilning 23-avgust kuni Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va “Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyida” “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirning asosiy qismi “Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi”da bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar uchun “Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi” direktori, tarix fanlari doktri, professor Baxtiyor Hasanov yurtimizning ozodligi yo‘lida kurashgan insonlarning hayoti haqida so‘zlab berdi. 

II chorak natijalariga ko'ra mahalliy va shahar byudjetlarining qo'shimcha daromadlaridan foydalanish bo'yicha 19 976 ta takliflar kelib tushdi.

Shulardan: yo'llarni ta'mirlash uchun qo'shimcha daromadlarni yo'naltirish bo'yicha 4 mingta taklif, 5 mingta - ta'lim muassasalarini qurish va ta'mirlash uchun, qolganlari kommunal infratuzilmani yaxshilash, sport maydonchalari, ko'priklar, madaniyat bog'lari va boshqalarni qurish uchun.

Eslatib o'tamiz, tuman va shahar byudjetlarining qo'shimcha daromadlarining kamida 10% openbudget.uz axborot portali orqali fuqarolarning takliflari (jamoatchilik fikri) asosida tashkil etiladigan tadbirlarga sarflanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan «PSB Insurance» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sug‘urta kompaniyasiga umumiy sug‘urta tarmog‘ida 17 klass bo‘yicha majburiy sug‘urtani amalga oshirish uchun 2019 yil 16 avgustdagi SF 00248-sonli litsenziya berildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga asosan Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi «IMKON-SUG’URTA» sug’urta kompaniyasiga umumiy sug’urta tarmog’ida 17 klass bo’yicha ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirish uchun 2019 yil 16 avgustdagi SF 00249-sonli litsenziya berildi.

Concrete

Avvalroq AQSh Davlat departamenti dunyoning barcha mamlakatlarida ushbu sohadagi minimal ochiqlik talablariga javob berishini baholaydigan 2018 yilgi soliq va budjet sohasidagi shaffoflik to'g'risidagi hisobotni e'lon qilgan edi. Hujjatda aytilishicha: fiskal shaffoflikni aniqlash mezonlari muntazam ravishda qayta ko'rib chiqiladi, natijada ba'zi davlatlar ushbu talablarga javob bera olmay qolishlari mumkin, hatto ular ilgari erishilgan shaffoflik darajasini saqlab tursalar yoki oshirsalar ham.

Hisobotda, O'zbekiston ko'rib chiqilayotgan davrda ushbu talablarni bajarishda sezilarli yutuqlarga erishgan davlatlar ro'yxatiga kiritilgan. Budjetnoma, tasdiqlangan budjet va yilning oxiridagi budjet ijrosi to'g'risidagi hisobotlarning nashr etilishi ijobiy qayd etildi.

Shuningdek, hujjatda soliq va budjet sohasi shaffofligini yanada kuchaytirish bo'yicha qator tavsiyalar berilgan. Ta'kidlash kerakki, ushbu yo'nalishda faol ish olib borilmoqda, shu jumladan hujjatda ko'rsatilgan barcha bandlar yuzasidan ham.

 Birma-bir ko'rib chiqqanda:

Tavsiya - 1. Qarz majburiyatlari, shu jumladan korxonalarning shartli va davlat qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlarning ochiq bo'lishi.

Concrete

Xalqaro davlat obligatsiyalari emissiyasi risolasi huquqiy hujjat bo'lib, unda emitent to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, obligatsiya egasi va emitent o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tavsiflaydi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining emissiya risolasi moliyaviy va ijtimoiy xavf omillari, mamlakatning tarixidan tabiiy muhitigacha bo'lgan sharhlar kabi bir nechta ma'lumot qismlaridan iborat. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya, ishsizlik darajasi va boshqalar kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar keltirilgan. Risolada byudjet-soliq va pul-kredit siyosatiga oid, davlatning ichki va tashqi qarzlari, shu jumladan hukumat tomonidan kafolatlangan qarzlar haqida ma’lumotlar mavjud.

Ma'lumki, Moliya vazirligi davlat byudjetining shaffofligini ta'minlash va uni barcha fuqarolar uchun ochiq ko'rinishda taqdim etish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Asosiy maqsad - aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va davlat xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan bir qatorda keng jamoatchilik vakillarini davlat boshqaruvi jarayoniga jalb qilish. Openbudget.uz elektron portali buning amaliy timsolidir. Ushbu platforma davlat byudjetining ijrosi, uning parametrlari, tarkibiy qismlari va prognoz ko'rsatkichlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarni taqdim qiladi. Shuningdek, portal fuqarolarga mahalliy byudjetlar xarajatlari yo'nalishini belgilashda bevosita qatnashish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Axborot xizmati mas'ul bo’limlar bilan birgalikda vazirlikning rasmiy sahifalarida quyidagi muhim yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlarni joylashtirib borishi ko'zda tutilgan:

Har kuni (ish kunlarida):

-    davlat byudjetining daromad va xarajatlari to'g'risida;
-    davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalar to'g'risida.

Oylik:

-    vazirliklar va idoralarga ajratilgan mablag'lar to'g'risida hisobot;
-    shuningdek, turli sohaga ajratilgan mablag'lar to'g'risida ma'lumot beriladi.

Siz ushbu ma'lumotlarni quyidagi sarlavhalar orqali kuzatib borishingiz mumkin: Kun raqami; Hafta raqami; Oy raqami.

Hurmatli fuqarolar, sizlardan davlat byudjetini shakllantirishda faol ishtirok etishingizni so'raymiz. 

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʼlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʼgʼrisida nizom” talablari asosida haq toʼlanadigan jamoat ishlari uchun ajratilgan mablagʼlarni maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

Joylarda jamoat ishlarini tashkil etishda ayrim Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʼarmasi dan ajratilgan mablagʼlarni maqsadli sarflanishida qonun buzilish holatlariga yoʼl qoʼyilayotganligi aniqlandi.

Misol uchun, Surxondaryo viloyati Shoʼrchi tumani АBKM tomonidan Jamgʼarmadan jamoat ishlari uchun ajratilgan 73 mln.soʼm miqdoridagi mablagʼlar asossiz sarflab yuborilgan, jumladan: 

Concrete

Toshkent shahar hokimligida alkogolli mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanish huquqini beradigan ruxsatnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Moliya vazirligi va Shahar hokimligi tomonidan o'tkazilgan tadbirda Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yong'in xavfsizligi boshqarmasi, Prokuratura organlari, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqa bir qator davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Muhokama markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" gi  PQ-605-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 martdagi "Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi. 89 sonli qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish boyicha qaror loyihasi bo’ldi.  Ishtirokchilar alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish bilan bog'liq ba'zi qiyinchiliklar mavjudligini ta'kidladilab o’tdilar. Xususan, ruxsat olish muddati uzoq ekanligi qayd etildi.

Concrete

Xalqimiz mentalitetining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu obodonlashtirish hamda  atrof-muhitning ozodaligini va tozaligini ta'minlashdir. Eng aziz bayram – Mustaqillik kuni arafasida o'tkazib kelinuvchi  umumxalq xayriya hashari esa bu borada yaxshi an'anaga aylangan.


Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi alkogol mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shug'ullanadigan "Sharobsavdo" ulgurji bazalarining faoliyatini o'rganmoqda.

Concrete

Joriy yilning 14 avgust kunida Moliya vazirligida Davlat byudjetining 2019 yil I yarim yillik ijrosi va 2019 yilgi byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay'at yig‘ilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) o‘tkazildi. Markaziy apparatning boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, G‘aznachilik boshqarmalari boshliqlari, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmalari boshliqlaridan iborat jami 96 nafar rahbar hodimlar bevosita Respublika studiyasida, 712 nafar rahbar hodimlar esa tashkil etilgan hududiy studiyalarda ishtirok etdi.

Hay'at yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A.Kuchkarov tomonidan olib borildi.

Concrete

            O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
AXBOROT-HISOBLASH MARKAZI

Innovatsion texnologiyalar va loyiha yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘limi mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari va ularga qo‘yilgan talablar
 

1. BO‘LIM BOSHLIG‘I 

Talablar:

1. Boshqaruv lavozimlarida 2 yildan kam bo‘lmagan malaka.
2. Komanda bo‘lib ishlay olish, proyekt menejerlik qilish.
3. Proyektlash bilan bog‘liq texnologiya va instrumentlardan foydalana olish, xususan UML2, Jira/Trello/Redminelardan foydalana olish.
4. HTML5/CSS3/Lsass
5. Dasturlash tillari va freymvorklardan:
   - Php5.6, php7.x / Yii1.x, Yii2.x / Laravel 5.x.  
   - Python 3.x / Django
   - Javascript / Ajax / NodeJs /Express / VueJS / Angular / React
   - Java/Sprin / hibernate / J2EE / EJB / JSPlarni bilish va  ishlay olish.
6. Git tizimlarida ishlay olish. BDni migratsiya qilish.
7. SUBD: Mysql, Postgresql, MongoDb.
8. JSON/XML SOAP/RestApi
9. Kodni testdan o‘tkazish
10. Informatsion tizimlarni yangidan loyihalay va qura olish. Eskilarini modernizatsiya qilish, boshqalar kodini tahlil qila olish qobiliyati.
11. O‘zbek,  rus tillarini bilish. Ingliz tilini kamida texnik qo‘llanmalarni tushuna oladigan va unlardan foydalana biladigan darajada bilish.

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablagʼlarini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yoʼl qoʼyilayotganligi aniqlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi homiladorlik va tugʼish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʼlarining asossiz hisoblanishi va toʼlanishi natijasida byudjet mablagʼlarini noqonuniy sarflanishiga yoʼl qoʼyilgan.

Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumtaʼlim maktabida haqiqatda ishlamaydigan 11 nafar fuqarolar nomiga homiladorlik va tugʼish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʼlarining asossiz hisoblanishi va toʼlanishi natijasida

448,2 mln.soʼm byudjet mablagʼlari asossiz sarflab yuborilgan.

Concrete

Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari-moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki prezidenti Jin Litsun bilan uchrashuv bo’lib o`tdi.

Uchrashuv boshida  Jin Litsunga 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi doirasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning borishi to'g'risida ma'lumot berildi. Infratuzilmani rivojlantirish, energetika va soliq kodeksini isloh qilish, OTB va Jahon banki ko'magida qit'alararo transport yo'laklarini rivojlantirish uchun "Yo'llarni rivojlantirish strategiyasi" ni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 12 avgustdagi buyrug’iga asosan 2019 yilning 5 sentyabr kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00da) Toshkent shahri, Tallimarjon ko’chasi 1/1 manzilda joylashgan MChJ «NORMA»da (telefon raqami 71-200 00 90) o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

I.Sh. I.Sh.
1 Nekbaev Xusan 30 Ergashev Jaxongirbek
2 Umarov Sanjar 31 Egamova Gulchexra
3 Xolboeva Lola 32 Burxonov Zafar
4 Xasanov Normurod 33 Gadaev Ilyos
5 Kim Svetlana 34 Jamilov Alisher
6 Nodirov Asilbek     35 Turdiev Gayratjon
7 Axmedov Zokirbek 36 Glazunov Aleksandr
8 Karimov Sidikjon 37 Amirkulov Toshturdi
9 Usmanov Otabek 38 Ibragimov Abdunazar
10 Ashurbaev Baxrom 39 Dergacheva Svetlana
11 Mirzaeva Maxsudaxon 40 Karimova Shoista
12 Parmanov Murodjon 41 Tajibaev Ulmas
13 Toshmatov Shavkat 42 Petrihev Filipp
14 Ni Yuliya 43 Abdiev Furkat
15 Ni Olga 44 Boltaev Oybek
16 Ibragimova Fatima 45 Raximov Bobur
17 Xoshimov Abdullo 46 Temirxanova Maxbuba
18 Tilavov Ulashboy 47 Chernenko Raisa
19 Gulmurodov Erkin 48 Piven Lidiya
20 Mamatov Zafar 49 Yuldashev Farxodjon
21 Soliev Sanjarbek 50 Ortikov Ergashjon
22 Boltaev Inomjon     51 Xujaev Baxtiyor
23 Nosirov Otabek 52 Sariev Taxlimat
24 Sayidumarova Muazzamxon 53 Lazareva Ekaterina
25 Xudoyberdiev Baxtiyor 54 Nasirdinov Boburjon
26 Turaev Komil 55 Yuldashev Maxmudjon
27 Salibaeva Dilnoza 56 Ravshanov Ilxom
28 Isomuxamedov Akbarjon 57 Nikolenko Svetlana
29 Karimov Shavkatbek    

 

Concrete

Xodimlar - bu tashkilotning muvaffaqiyatini bevosita belgilovchi asosiy manba. Bu sohada nafaqat iqtidorli mutaxassislarni to'g'ri tanlab olish, shu bilan bir qatorda ularga yo'nalishni aniqlashda va martaba oshirishda ko’maklashish, o'sish va rivojlanish uchun qulay muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliya vazirligining kadrlar bo'limi xodimlarning ustun tomonlarini namoyish etish va faoliyat uchun eng yaxshi yo'nalishlarni aniqlashga alohida e'tibor qaratadi. Bu borada, turli xil tadbirlar, masalan, mahorat darslari, seminarlar, suhbatlar, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar testlari o'tkaziladi. Ulardan maqsad ma'lum bir mutaxassis qaerda o'zini eng yaxshi tomondan namoyon qilishi va o'z salohiyatini ochib berishidini aniqlashdir. Shuningdek, ichki korporativ ruhni yaratish uchun doimiy ravishda turli xil jamoaviy birlashishlar va treninglar tashkil etiladi.

Sohadagi eng ilg’or xalqaro tajribani, baholash usullarini, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini o'rganish bo'yicha doimiy ravishda ishlar olib boriladi. Xodimlarning samarali faoliyat olib borishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida etakchi mutaxassislar bilan tajriba almashiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi farmoyishiga asosan moliya va soliq organlari tomonidan iste’mol spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda qalbaki va sifat ko’rsatkichlariga javob bermaydigan alkogol mahsulotlarini aholiga etkazilishini chek qo’yish maqsadida monitoring o’tkazildi. 

Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tgazilgan monitoringda Kitob tumanida 8 857 dona va Nishon tumanida 7 807 dona alkogol mahsulotlarga markalangan aktsiz markalarining haqiqiyligi shubha uyg’otdi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 433 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd